Dixotomik shoxlanish – Ayri shoxlanish – o’sish konusi ikkita o’sish nuqtasiga ajralib, ikkita bir xil shox hosil qilib rivojlanish.
Dominantlik, ustunlik – allel irsiy belgilar – genlarning o’zaro munosabati; bunda allelning biri ikkinchisiga nisbatan kuchliroq ta’sir ko’rsatadi.
Dozimetriya – nurlanish darajasini o’lchash. O’simlik, hayvon va inson organizmiga radioaktiv nurlarning tasirini, radioaktiv ifloslanish darajasini, ion xosil qiluvchi nurlarning dozasini aniqlashda qo’llaniladigan usullar yig’indisi.
Egizaklar usuli, odam organizmi belgilarining rivojlanishiga irsiy va muhit omillarining ta’sirini o’rganish usullardan biri. Bunda bir tuxumli (monozigotali), ikki tuxumli (dizigotali) va boshqa egizaklardagi o’xshashlik yoki farqlar tadqiq etiladi.
Ekoiqlim, muhit iqlimi – birmuncha katta hududlardagi nisbiy iqlim
Do'stlaringiz bilan baham: |