Hujayra nazariyasi – biologiyaning eng muhim nazariyalaridan biri bo’lib, unga ko’ra barcha tirik organizmlar hujayra va uning hosilalaridan tashkil topgan. 1838-1839 yillarda M.Shleydin va T.Shvann ishlab chiqqan.
Hujayra seleksiyasi – seleksiya (tanlash) yo’li bilan mutant hujayralar va undan hosil bo’lgan klon variatsiyalarni ajratib olish usuli.
Hujayralararo aloqalar – plazmatik membranalarning maxsus qismlari hisobiga hosil bo’ladigan tirik hujayrlar o’rtasidagi tolalar (q.Plazmodesmalar).
Hujayralararo suyuqlik (q.To’qima suyuqligi).
Idiogamiya, o’zidan changlanish-gulli o’simliklarning changlanish xilidan biri.
Idiotip, maxsus tip- organizm barcha irsiy omillarning yig’indisi bo’lib, genotip, plazmon va plastomni qamraydi.
Ignabarg – ko’pchilik ochiqurug’li o’simliklar bargi.
Ikki jinsli gul – urug’chi va changchilarga ega bo’lgan gul.
Do'stlaringiz bilan baham: |