Davolash pedagogikasi- kasalmand yoki davolash muassasalarida muolaja olayotgan bolalarni o’qitish , ularga tibbiy-pedagogik yordam berish masalalari bilan shug’ullanadigan pedagogika fanining aloxida tarmog’i.
Damanlar – Jiryaklar – sut emizuvchi hayvonlar turkumi. Osiyo va Afrikada keng tarqalgan. Ko’rinishi kemiruvchilarga o’xshaydi. Yerda va daraxtlarda yashaydi.
Danakli meva – etli yoki yumshoq shirador qavat va qattiq danakdan tashkil topgan meva. Masalan, shaftoli, olcha va boshqalar
Dandon tishlar – fil, morj, yovv oyi cho’chqa, kabi sutemizuvchi hayvonlarning kuchli rivojlangan qoziq yoki kurak tishlarining umumiy nomi.
Dekapitatsiya, chilpish, boshsizlantirish – 1) poyaning uchki o’sish nuqtasini olib tashlash; 2) fiziologik va biokimyoviy tadqiqotlar maqsadida hayvonlarni boshsizlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |