Izobarik, izoxorik va izotermik jarayonlar
Reja:
Izoxorik jarayon va uning Pv va Ts - diagrammasi.
Izobarik jarayon va uning Pv va Ts - diagrammasi.
Izotermik jarayon va uning Pv va Ts - diagrammasi.
Mavzu bo’yicha glossariy
Izoxorik jarayon – o’zgarmas xajmda kechayotgan jarayon.
Izobarik jarayon – o’zgarmas bosimda kechayotgan jarayon.
Izotermik jarayon – o’zgarmas temperaturada kechayotgan jarayon.
Boyl–Mariott qonnui - o’zgarmas temperaturada gazning berilgan massasi uchun absolyut bosimning hajmga ko’paytmasi o’zgarmas kattalikdir.
Sharl qonuni - hajm va massa o’zgarmas bo’lganda gaz bosimi absolyut temperaturalarning o’zgarishiga to’g’ri proportsional ravishda o’zgaradi.
Gey-Lyussak qonuni - bosim va massa o’zgarmas bo’lganda gaz xajmi absolyut temperaturalarning o’zgarishiga to’g’ri proportsional ravishda o’zgaradi.
Mol - gazning molekulyar og’irligiga son jixatdan teng bo’lgan kilogrammlar miqdori
1. Izoxorik jarayon
Izoxorik jarayonga yopiq idishda gazning isishi yoki sovishi misol bo’la oladi.
O’zgarmas hajmda kechadigan jarayonga izoxorik jarayon (d =0, yoki =const) deb aytiladi. Jarayon egri chizig’i izoxora deb aytiladi. 1-rasmda jarayonning P - va Ts- diagrammalari tasvirlangan.
Ideal gazning holat tenglamasi: P =RT dan
v=const uchun P/T = R/ =f( )=const
Izoxorik jarayonda bosimlar nisbati absolyut temperaturalar nisbatlariga teng bo’ladi, ya’ni bosim o’zgarishi bu jarayondagi absolyut temperatura o’zgarishiga to’g’ri proporsionaldir.
P1/P2=T1/T2 (1)
1-rasm. Gaz holatini izoxorik jarayonda o’zgarishining Pv - va Ts - diagrammalari
Izoxorik jarayonda gaz hajmining o’zgarishi d =v1- 2=0 , bo’lganligidan
(2)
Ya’ni, izoxorik jarayonda gaz ish bajarmaydi. Termodinamikaning birinchi qonunini d =0. hol uchun yozamiz:
(3)
Sig’im o’zgarmas bo’lganda:
(4)
Demak, tizimga berilgan dq issiqlik miqdori shu tizim ichki energiyasining o’zgarishiga sarflanar ekan.
Sig’im o’zgaruvchan bo’lganda:
(5)
1-rasmdan ko’rinib turibdiki, izoxorik jarayon bosim ortishi bilan kechsa, demak tizimga issiqlik keltiriladi va ishchi jismning ichki energiyasi va temperaturasi ortadi.
Agar izoxorik jarayonda bosim kamaysa, u holda issiqlik olib ketiladi va ichki energiya hamda temperatura kamayadi.
Izoxorik jarayon uchun entropiyaning o’zgarishini quyidagi tenglamadan aniqlaymiz.
lekin v=const uchun ln v2/v1=0.
SHuning uchun
(6)
Demak, izoxorik jarayonda gaz ish bajarmaydi. Unga uzatilgan dq issiqlik miqdori termodinamik tizim ichki energiyasining o’zgarishiga sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |