Izobar. Izoxor, izotermik, adiabatiк va politropik jarayonlar. Reja: Termodinamik jarayonlarni o‘rganish yo‘llari



Download 275,5 Kb.
bet5/6
Sana07.04.2022
Hajmi275,5 Kb.
#533839
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Izobar.Izoxorik,

Adiabatik jarayon




5-rasm. Gaz holatini adiabatik jarayonda o‘zgarishining Pv - va Ts - diagrammalari

Ish moddasi tashqi muhit bilan issiqlik almashmagan holda kechadigan termodinamik jarayon adiabatik jarayon deyiladi. Jarayonning egri chizig‘i adiabata deyiladi (4.5-rasm).


Tashqaridan tizimga issiqlik uzatilmaydi va undan chiqarilmaydi, ya’ni dq=0. Real sharoitda real jarayonlar muvozanatda bo‘la olmaydi, shuning uchun adiabatik jarayon bo‘lishi mumkin emas.
Ammo tez kechadigan jarayonlarni adiabatik jarayon deb qarash mumkin.
Tashqaridan tizimga kiritilgan issiqlik miqdori dqA=0 bo‘lganligi uchun, shu tizim entropiyasining o‘zgarishi ds=dqA/T=0 bo‘ladi. Demak, tizimda kechadigan jarayon adiabatik bo‘lsa, bunday termodinamik tizimning entropiyasi o‘zgarmasdir, ya’ni s=const. Adiabata tenglamasini keltirib chiqaraylik. Termodinamikaning birinchi qonuni tenglamasidan dq=0 bo‘lganda:

cpdT-vdp=0 va cvdT+pdv=0.


Birinchi tenglamani ikkinchisiga bo‘lib, quyidagini hosil qilamiz:


yoki

Oxirgi tenglamani k=const (cp=const va cv=const) deb hisoblab integrallaymiz:


va
yuqoridagi tenglamani potentsirlasak:

(v2/v1)K=p1/p2 yoki p1v1K=p2v2K


hosil bo‘ladi.
U holda adiabata tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:

pvk=const. (20)


Bunda k=cp/cv – izobarik solishtirma issiqlik sig‘imini izoxorik solishtirma issiqlik sig‘imidan necha marta kattaligini ko‘rsatuvchi koeffitsient bo‘lib, u adiabata ko‘rsatkichi deyiladi. (20) munosabat Puassonning adiabata tenglamasi deb aytiladi.


Adiabata tenglamasi (20) dan gaz holatining parametrlari orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi adiabatik jarayon tenglamalarini keltirib chiqarish mumkin:
p va v o‘rtasida
(21)
T va v o‘rtasida:
(22)
p va T o‘rtasida
(23)
Adiabatik jarayonda gazning bajargan ishi ichki energiyaning o‘zgarishiga teng, ya’ni

du+pdv=0 yoki du= –pdv (24)


Gaz hajmining ortishi natijasida uning bosimi va temperaturasi kamayadi, siqilganda esa aksincha. Bunday jarayon faqat gaz ichki energiyasining ortishi yoki kamayishi hisobiga sodir bo‘la oladi. Adiabatik jarayonda bajarilgan ishni termodinamikaning birinchi qonunidan keltirib chiqarish mumkin.

q=u+ =0.


cv=const da = – u=cv (T1-T2)


yoki (25)


cv /R =cv (cp-cv)=1/(k-1) ekanligidan


hosil qilamiz. (26)

Ushbu tenglamada p1v1=RT1 va p2v2=RT2 ekanligidan


(27)
lekin
u holda (28)
Endi Pv- va Ts- diagrammalarda izoterma va adiabataning joylashuviga e’tibor beraylik (5-rasm). Izotermik jarayon bo‘yicha gaz kengaysa, uning bosimi adiabataga nisbatan sekinroq, gaz siqilganda esa, adiabatik jarayondagiga nisbatan yana ham sekinroq o‘zgaradi. Adiabatik jarayon grafigining tikligiga asosiy sabab, o‘rganilayotgan gaz kengayganda uning ichki energiyasi va temperaturasi kamayadi, agar gaz siqilsa, uning hajmini kamayishi natijasida ichki energiyasi va temperaturasi ortadi.

Download 275,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish