Изланувчилар online илмий-амалий


DVIGATELNING ISH SIKLLARINI O’CHIRISHDA BOSHQARISH



Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/275
Sana24.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#239485
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   275
Bog'liq
Anjuman 16-17 30.11.2020

 
DVIGATELNING ISH SIKLLARINI O’CHIRISHDA BOSHQARISH 
XARAKTERISTIKALARINI SHAKLLANTIRISH 
N.I.Otaboyev, A.S.Xusanjonov 
FarPI YUTT va E kafedrasi assistentlari 
 
Kichik yuklamalar va salt holat rejimlarida avtomobillar ichki yonuv 
dvigatellari silindrlarining bir qismini o’chirish orqali uning quvvatini boshqarish 
usuli ba’zi bir dvigatellarda qo’llanib kelinmoqda. Olti silindrli benzinli 
dvigatellarning yoqilg’i purkashni taqsimlash tizmiga ega silindrlar guruhining bir 
qismini o’chirish usulini misol sifatida keltirish mumkin. Bu sohada ham bir 
qancha izlanishlar davom etmoqda [1]. Biroq, dvigatellarni boshqarishda 
aylanishlar soniga mos holda uni boshqarish xarakteristikalarini shakllantirish 
orqali boshqarish usullarini ishlab chiqarishda qo’llangani haqidagi misollari hali 
noma’lum.. Ushbu usul bilan ishlaydigan ko’p silindrli dvigatellarda silindrlardagi 
yuklamalar kamayganda ish sikllarining o’chirilishi “sekingina” ta’minlanadi 
(misol uchun Rolls–Royce ning 12 silindrli benzinli dvigateli) [2, 3]. Elektron 
boshqaruvga ega zamonaviy dvigatellarda barcha ish rejimlarini taminlashga 
elektron boshqaruv blokining (EBB) mikroprotsessoriga kiritilgan boshqarish 
dasturi mas’ul. Bunday avtomatik boshqaruv tizimini yaratishdagi qiyinchilik, 
asosan, yuklamaning kattaligiga qarab siklni o’chirib qo’yuvchi elektron 
boshqaruv dasturining zarurligi hisoblanadi [2]. 
Bunday tizimlarning ishlash sxemasi anchayin oddiy. Drossel zaslonkasi 
maksimal uzatish uchun ochiladi. Dvigatel elektr tarmog’i – generatordan yoki 
aylanishlar sonini aniqlaydigan datchikdan yuklama kamaygani haqidagi signali 
bo’yicha EBB qisman yoki kichik yuklamani, yohud yuklamani to’la p asayishida 
salt holat rejimlarini ta’minlaydigan aylanishlar sonini aniqlaydi. Bunda dvigatelni 
boshqarishning yana bir vazifasi silindrlardagi yuklama va dvigatel tomonidan 
ishlab chiqarilayotgan quvvat o’rtasidagi moslikni ushlab turishni ta’minlash 
hisoblanadi [3]. 
Silindrlarning bir qismi o’chirilganda odatdagidan ko’proq ammo, nomaqbul 
solishtirma yoqilg’i sarfini ko’rish mumkin (ya’ni, bu ro’y berayotgan holat 
o’chirilgan silindrlarning soniga va ular o’chirilayotgandagi quvvatga bo’gliq). 
Shuning uchun, silindrlarning o’chirilishida ishlayotgan faol silindrlar kamayishiga 


65 
mos ravishda belgilangan aylanishlar chastotasiga yaqinroq bo’lgan tezlanish – 
sekinlashish yo’li bilan qisman yuklanishlar rejimiga o’tilishi taklif etiladi [4]. 
Bundan tashqari, drossel zaslonkasi doimiy to’la ochiq holatiga keltirilishi kerak 
(boshqacha aytganda, ushbu usulni amalga oshirilganda, to’la yuklamada maksimal 
tejamkorlikka erishish uchun dvigatelni qayta sozlash kerak bo’ladi). Amalda 
maksimal tejamkorlikka to’la yuklamaning taxminan 90 % atrofida erishiladi. 
Ushbu usulni amalga oshirishni osonlashtirish uchun drosselning 100% ochiqligini 
ta’minlanadi. Ushbu usulni qo’llanganida, dvigatelni boshqarish drossel 
zaslonkasini burish bilan emas, faqatgina ish sikllarini sonini o’zgartirish orqali 
amalga oshiriladi. Ya’ni bu holda zaslonka doimiy 100% ochiq holda bo’ladi. 
Aylanish chastotasini boshqaruvchi regulyator (agar u mavjud bo’lsa) hattoki 
zaslonkani ochish–yopishni amalga oshirmaydi, faqat alohida silindrlar yoki siklni 
ishlatadi yoki o’chiradi. Bunday yo’l bilan haydovchi dvigatel quvvatini 
boshqarishi mumkin bo’ladi. Rolls–Royce avtomobilining 12 silindrli dvigatelida 
drossel zaslonkasi bo’lmagan, ya’ni u to’la ochiq holda bo’lgan. Turlicha silindrlar 
soni yoki sikllarni o’chirish va ishlatish bilan dvigatel ish hajmini o’zgartirish 
orqali dvigatel quvvati boshqariladi. Bu rejimda ishlayotgan dvigatelning iqtisodiy 
yutuqlarini baholash uchun faol ishlayotgan silindrlar soniga mos holda tezlanish –
sekinlashish paytidagi dvigatelning ish vaqtini aniqlash talab etiladi. Buning uchun 
tizimning dinamik muvozanat tenglamasini yechishga asoslangan tezlanish–
sekinlashish rejimlarining matematik modelini qo’llash mumkin [5]. Bunga 
oldindan aniqlangan dvigatelning tezlik xarakteristikalarini kiritish kerak bo’ladi. 
1–rasm. Benzinli dvigatellarning boshqaruvchi xarakteristikalari. 

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish