qo„llaniladi. Masalan, tuproqni ishlash, o„g„itlar solish, ekish normasi va usullarini
qo„llash kabi boshqa agrotexnik tajribalar kiradi. Bularga yangi navlarni sinab
o„tkazilayotgan tajribalar kichik uchastkalarda o„tkaziladi. Shu bilan birga ishlab
chiqarish tajribasi ham dala tajriba usullaridan biri hisoblanadi. Bunda katta
maydonlarda yangi sortlar yoki yangi agrotexnik usullar sinab ko„riladi. Ishlab
27
2.
Vegetatsion tajriba ishlari - bu usul o„simlikshunoslikda biologik,
fiziologik, agrokimyoayiy va boshqa masalalarni hal qilishda qo„llaniladi. Bu usul
yordamida ayrim faktorlarning ta‟sirini bevosita aniqlasa bo„ladi. Masalan,
o„simliklarga mineral moddalarning ta‟sirini nishonlangan atomlar yordamida
aniqlash mumkin. Vegetatsion tajribalar maxsus xonalarda, masalan, issiqxonalarda,
tuproq bilan to„ldirilgan chelaklarda (sosud), eritmalarda o„simliklarni o„stirish yo„li
bilan o„tkaziladi.
O„simliklarga tashqi faktorlarning ta‟sirini o„rganishda tajribalar maxsus
sun‟iy sharoitlar yaratilgan xonalarda (fitotronlar) olib boriladi. Bunda sharoit
avtomatik ravishda boshqarilib turiladi.
Dala va vegetatsion tajribalarda olib borilgan ishlarga baho berish uchun
ko„pincha tuproq unumdorligi va namligi, hosilning miqdori va sifatini aniqlash
kerak bo„ladi.
O„simlikshunoslik qishloq xo„jaligining asosiy va muhim tarmoqlaridan biri
hisoblanadi. O„simliklarni ekishdan maqsad ulardan inson uchun kerakli oziq-ovqat
mahsulotlari, sanoat uchun xom ashyo, chorvachilik uchun yem-xashak
yetishtirishdir.
Inson va hayvonlar uchun kerakli ozuqalarning asosiy qismini oqsillar tashkil
etadi. Oqsillarning 80% i o„simliklardan, asosan don va dukkakli don o„simliklaridan
olinadi. Dunyoda ekiladigan ekinlarning eng asosiy qismini, ya‟ni 70% ini donli
ekinlar tashkil qiladi. Shu bilan birga g„o„za, kartoshka, soya, zig„ir va kanop
ekinlari ham katta maydonlarda ekiladi.
O„simliklardan yuqori hosil olishni ta‟minlaydigan texnologiyalar
o„simliklarning biologik xususiyatlariga asoslanib yaratiladi. O„simlikning tashqi
sharoitga bo„lgan talabi o„rganilganda, uning issiqlik, yorug„lik, suv, oziq
elementlariga va tuproqqa bo„lgan talabi hisobga olinadi. O„simlik turlari ma‟lum bir
tuproq va iqlim sharoitida shakllanadi va shu jarayonda o„simlikda ma‟lum biologik
xususiyatlar vujudga keladi. Shuning uchun o„simlikning biologiyasini bilish uchun
uning kelib chiqqan mintaqalarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Olimlar
tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib, o„simliklarning 12 ta kelib chiqish
markazlari aniqlangan :
1. Xitoy-Yaponiya markazi - soya, yumshoq bug„doy, marjumak.
2. Indoneziya-Janubiy Xitoy - suli, shakarqamish, meva va sabzavot ekinlari.
3. Avstraliya markazi - sholi, g„o„za, sebarga, tamaki.
4. Hindiston markazi - sholi, hind bug„doyi, g„o„za turlari, qovun, ko„p yillik
o„simliklar.
5. O„rta Osiyo markazi - ko„k no„xat, mosh yasmiq, no„xat, nasha, g„o„za turlari,
qovun, ko„p yillik o„simliklar.
6. Old Osiyo markazi - bug„doy turlari, arpa, suli, javdar, ko„k no„xat, beda, zig„ir,
sabzavot va va meva ekinlari.
7. O„rta yer dengizi markazi - suli, arpa, bug„doy turlari, zig„ir, karam, lavlagi, sabzi,
sholg„om, piyoz, sarimsoq, ko„knori, oq xantal.
8. Afrika markazi - jo„xori turlari, tariq, kanakunjut, sholi, bug„doy turlari, dukkakli-
don ekinlari.
28
9. Ovropa-Sibir markazi - tolali zig„ir, duragay sebarga, beda turlari, meva va
sabzavot ekinlari.
10. Markaziy Amerika - makkajo„xori, loviya, qovoq, kartoshka, maxorka, qalampir,
ko„p yillik o„simliklar.
11. Janubiy Amerika - madaniy kartoshka, tamaki, pomidor, makkajo„xori turlari.
12. Shimoliy Amerika - arpa turlari, lyupin, kungaboqar, sabzavot va rezavor
o„simliklar.
O„simliklarning kelib chiqish markazlarini bilish asosida shu o„simliklardan
yuqori hosil yetishtirishni boshqarish va yangi navlarni yaratish uchun yordam
beradi.
Dunyo bo„yicha 1500 ga yaqin madaniy o„simlik turlari ma‟lum, ular o„zining
morfologik belgilari va biologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Bulardan
90 ga yaqini dala o„simliklari bo„lib, ularning alohida navlari o„sishi va rivojlanishi,
tashqi muhitga bo„lgan talabi va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi
Bu o„simliklarni o„rganish uchun ular guruhlarga bo„linadi. Dala ekinlarining
tasnifi ulardan olinadigan mahsulotni ishlatilish xarakteriga qarab tuziladi. Bu tasnif
bo„yicha dala ekinlari quyidagi guruhlarga bo„linadi:
1. Donli ekinlar, bu ekinlar o„zaro 3 ta biologik guruhlarga bo„linadi: a) haqiqiy
don ekinlari (bug„doy, arpa, javdar, suli, tritikale); b) tariqsimon don
ekinlari (makkajo„xori, jo„xori, tariq, sholi, marjumak); v) don-dukkakli ekinlar
(ko„k no„xat, mahalliy no„xat, loviya, soya, yasmiq, burchoq).
2. Tuganak mevali, ildiz mevali va poliz ekinlar, bu guruh 3 ta biologik guruhlarga
bo„linadi: a) tuganakmevali ekinla (kartoshka, topinamur, batat); b) ildizmevali
ekinlar (qand lavlagi, xashaki lavlagi, xashaki sabzi, xashaki sholg„om); v) poliz
ekinlari (qovun, tarvuz, qovoq).
3. Moyli ekinlar 2 ta biologik guruhga bo„linadi: a) seryog„li o„simliklar
(kungaboqar, maxsar, kunjut, yer-yong„oq, moyli zig„ir, raps); b) efirmoyli
ekinlar (oq zira, qora zira, kashnich, arpabodiyon).
4. Tolali ekinlar, bu guruh 3 ta biologik guruhga bo„linadi: a) tola urug„da
rivojlanadi (g„o„za turlari). b) tola poya po„stlog„ida rivojlanadi (kanop, jut, zig„ir,
rami). v) tola bargda rivojlanadi (tolali banan, Yangi Zellandiya zig„iri).
5. Narkotik o„simliklar (tamaki va maxorka).
6.Yem-xashak o„tlar, bu guruh 4 ta biologik guruhlarga bo„linadi: a) ko„p yillik
dukkakli o„tlar (beda, sebarga, bargak, qashqarbeda); b) ko„p yillik qo„ng„irbosh
o„tlar (mastak turlari, oqso„xta, erkak o„t, yaltirbosh, ajriqbosh); v) bir yillik dukkakli
o„tlar (shabdar, bersim, vika); g) bir yillik qo„ng„irbosh o„tlar (sudan o„ti, qo„noq,
mastak).
Do'stlaringiz bilan baham: