Ызбекистон Республикаси Олий ва



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/80
Sana01.01.2022
Hajmi0,83 Mb.
#282782
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
Bog'liq
Tuproqshunoslikvaosimlikshunoslikasoslari.oquvqollanma.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-QISM.    O‘SIMLIKSHUNOSLIK   ASOSLARI 

 

KIRISH 



 

O‘simlikshunoslik fanining ahamiyati, maqsad va vazifalari va boshqa fanlar 

bilan  bog‘liqligi.  Tadqiqot  usullari.  Madaniy  o‘simliklar  tasnifi.  O‘simlikshunoslik 

fanining rivojlanish tarixi.  

 

 

O„simlikshunoslik  fani  qishloq  xo„jaligining  asosiy  tarmog„i  bo„lib  madaniy 

o„simliklarning o„sish va rivojlanish qonuniyatlarini o„rganadi. Ana shu qonuniyatlar 

asosida madaniy o„simliklardan yuqori va sifatli hosil olish imkoniyatini beradigan 

samarali agrotexnikaviy tadbirlarni ishlab chiqadi.  

 

O„simlikshunoslik  fanining  vazifasi-asosiy  qishloq  xo„jalik 



ekinlarini  rayonlashtirish,  ularni  xalq  xo„jaligidagi  ahamiyatini,  biologik 

xususiyatlari, rivojlanishi va hosil to„plash qonuniyatlarini o„rganish hamda ekinlar 

hosildorligini oshiruvchi samarali usullarni topishdan iborat. 

 

Qishloq xo„jaligi oldida turgan katta vazifalarni bajarishda, o„simlikshunoslik 



fani muhim ahamiyatga ega. 

 

Qishloq xo„jalik 2 ta tarmoqdan: o„simlikshunoslik va chorvachilikdan iborat. 



O„simlikshunoslik sohasining asosiy predmeti - bu yashil o„simliklardir. 

 

Qishloq  xo„jalik  o„simliklari  boshqa  qurollar,  mashinalar  singari  jamiyatning 



ishlab  chiqarish  kuchlarini  rivojlanishida  muhim  rol  o„ynaydi.  Masalan:  qand 

lavlagini  va  moyli  o„simliklarning  paydo  bo„lishi  bilan  (XIX  asrning  2-  yarmida) 

Rossiyada qand va moy ishlab chiqarish sanoati paydo bo„ldi. 

 

O„simlikshunoslikning  muhim  xususiyatlari  bu  mavsumiylikdir.  Oddiy 



sharoitda dala ekinlari faqat qorsiz bo„lgan davrlarda hosil beradi. 

 

Insonlar  o„simlik  yetishtirish  jarayonida  turli  sharoitlarga  duch  keladi. 



O„simliklarga kerakli bo„lgan hayotiy faktorlarning to„la bo„lishi uchun albatta atrof-


 

26 


muhit  sharoitini  o„zgartirish  kerak  bo„ladi.  Masalan,  sho„rtuproqlarning  sho„rini 

yuvish, kislotali tuproqni ohaklash kerak. 

 

O„simliklarning  yaxshi  o„sishi, rivojlanishi uchun, qulay sharoitlarni yaratish 



uchun  dala  ishlarini  o„z  vaqtida  sifatli  bajarish  katta  ahamiyatga  ega  (tuproqni 

ishlash, o„g„itlar solish, ekish, hosilni yig„ib terish). Bu ishlarni kechiktirib bajarish 

hosilni  kamaytirishga  olib  keladi  va  mahsulotning  sifatini  buzadi.  Dala  ekinlari 

agrotexnikasida  yo„l  qo„yilgan  xatolarni  tuzatish  qiyin  yoki  umuman  tuzatib 

bo„lmaydi.  Shuning  uchun  o„simlikshunoslikda  hamma  sharoitlar  qat‟iy  hisobga 

olinadi. 

 

O„simlikshunoslik chorvachilik bilan chambarchas bog„liq bo„lib, unga ozuqa 



mahsulotlarini yetkazib beradi va ulardan o„simliklar organik o„g„itlar oladi. 

 

Kam  unumdor  yerlarga  organik  o„g„itlar  solish  muhim  ahamiyatga  ega. 



Insonlar  o„simliklarni  qadimdan  yetishtirib  kelgan.  Eng  qadimiy  dehqonchilik 

mintaqalariga - Hindiston, Xitoy, Siriya, Misr, Meksika, Peru va boshqa mamlakatlar 

kiradi. 

 

Eng qadimiy dehqonchilik rayonlariga O„rta Osiyo ham kiradi. 



 

Dehqonchilik  tarixi  insoniyatning  umumiy  progressi  bilan  bog„liq. 

Insonlarning  oziq  mahsulotlariga  bo„lgan  talabi,  sanoatning  esa  o„simliklar 

mahsulotiga bo„lgan talabi oshib bormoqda. 

 

Ilmiy  fan  sifatida  o„simlikshunoslik  fani  faqat  dala  ekinlarini:  donli  ekinlar, 



dukkakli-don ekinlari, kartoshka, tolali o„simliklar, sabzavot ekinlarini o„rganadi. 

 

Yer  sharida  20  mingdan  ortiq  qishloq  xo„jalik  o„simlik  turlari  mavjud. 



Bulardan eng muhimlari 640 ta bo„lib, ulardan 90 tasi dala ekinlariga kiradi. 

 

Dunyo  dehqonchiligida  katta  maydonlarga  don  ekinlari  ekiladi. 



Ular  yer  yuzidagi  ekin  maydonini  70%  ini  egallaydi.  Don  ekinlarining  o„rtacha 

hosildorligi 19,5 s ga teng.  

O„zbekistonda qadimdan beri bug„doy, arpa, beda, tariq, jo„xori ekib kelinadi. 

Keng tarqalgan o„simliklardan g„o„za turlari, meva-sabzavot va poliz ekinlari ekiladi. 

Respublikamiz  dehqonchiligida  g„o„za  1,5  mln.  ga,  donli  ekinlar  sug„oriladigan 

yerlarda 1 mln. ga, lalmikor yerlarda 300 ming ga yerga ekilmoqda.  

Boshqa  fanlar  kabi  o„simlikshunoslik  fani  ham  o„zning  tadqiqot  usullariga 

ega. Bularga: dala va vegetatsion tajriba uchastkalari kiradi. 




Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish