gacha yog„, 35% dan ortiq oqsil bo„ladi. Yer yong„oq yog„i konserva, margarin
tayyorlash uchun, sovun tayyorlash sanoatida va meditsinada ishlatiladi. Moyi
olingandan keyin tayyorlanadigan massada 48% oqsil va 8% yog„ bo„ladi uni xolva,
tort va boshqa konditer mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Dukkagi tabiiy holda
ham ishlatiladi. Poyasi hayvonlar uchun ozuqa. Shulxasidan (dukkagini po„sti)
keyinchalik Yaponiya, Xitoy, Xindistonga keltirilgan. Yevropaga XVI asrda
54
Xitoydan keltirilgan, shuning uchun ham uni Xitoy yong„og„i deb atashgan. Dunyo
bo„yicha ekin maydoni 18,3 mln. ga yerni tashkil etadi. Asosiy ekin maydonlari
Indoneziya, Hindiston va Xitoyda joylashgan. Bizning mamlakatimizda XIX asrning
boshlarida ekila boshlangan. O„rta Osiyoda keng tarqalgan. O„zbekistonda kam
ekiladi.
Hosildorligi 15-18 s
ga. Sug„orib ekiladigan yerlarda 35-40 s
ga ni tashkil
etadi. Andijon sortlarini sinash uchastkasida gektaridan 61 s gacha hosil olingan.
Yer yong„oqni quyidagi navlari: Perzuvan 46
2, Jelud, Zakatali 294
1, Gruzinskiy
mestno„y ekiladi.
Yer yong„oq - Arachyus hypogae vulgaris - bir yillik o„tsimon o„simlik.
Dukkakdoshlar Fabaceae oilasiga kiradi. Yer yong„oqning tik o„sadigan va yotib
o„sadigan formalari bor. Bizning mamlakatimizda tik o„sadigan formasi tarqalgan,
poyasini uzunligi 50-60 sm. Ildizi kuchli rivojlangan, 1,5 m chuqurlikgacha kirib
boradi.Barglari juft patsimon formada, bargini ustki qismi silliq bo„ladi. Barg
qo„ltig„ida 1 yoki 2-3 ta gul rivojlanadi. Gulini rangi sariq yoki qovoq rang. Yer
ustki gullari chetdan ham changlanishi mumkin. Yer ostki gullari o„z-o„zidan
changlanadi. Yer ustki gullari changlangandan so„ng tuguncha yoki urug„donni
pastki qismi uzunlashib gipofor (poyacha) hosil qiladi. U 5-6 kun yuqoriga qarab
o„sadi, keyin qayrilib o„sib tuproqqa kiradi, 8-10 sm chuqurlikka yetgach tuguncha
yoki urug„dondan meva hosil bo„ladi. Mevasida 3-5 dan don bo„ladi. Urug„i
uzunchoq oval yoki yumaloq formada to„q qizil yoki och pushti rangda bo„ladi. 1000
ta urug„ining og„irligi 300-500 g.
Yer yong„oq issiqsevar o„simlik. Urug„lari 12
0
S da unib chiqadi. Maysalari
sovuqga ta‟sirchan, 1
0
S da nobud bo„ladi. O„sishi, rivojlanishi uchun optimal harorat
25-28
0
S. 12
0
S dan past harorat mevalari hosil bo„lmaydi.
Yer yong„oq suvga talabchan, ayniqsa gullash davridan meva hosil
bo„lgungacha suvni ko„p talab etadi. Shu davrda suvni yetarli bo„lmasligi gullashni
va meva hosil bo„lishini to„xtatadi, natijada dukkaklar hosili keskin kamayib ketadi.
Yer yong„oqni sug„orish me‟yori-800-1000 kub.m
ga teng.
Yer yong„oq kuzgi bug„doy, makkajo„xori, kanakunjut, kunjutdan keyin
ekiladi. Yer yong„oqni o„zi ko„pgina dala ekinlari uchun yaxshi o„tmishdosh ekin
hisoblanadi.
Oziq elementlariga talabchan. 1 s urug„ va shunga muvofiq vegetativ massa
bilan tuproqdan 6,2 kg N, 1,1 kg R
2
O
5
va 4 kg K
2
O olib chiqib ketadi.
Gektaridan 15-18 s hosil olish uchun yer yong„oqga 10-15 t go„ng solinadi.
O„g„itlash me‟yori: azot-50-100 kg, fosfor-90-120 kg, kaliy-50-75 kg hisobida
solinadi. Azotli-fosforli o„g„itlar ekish oldidan va gullashdan oldin oziqlantirishda
solinsa va meva hosil bo„lish davrida berilsa yaxshi natijalarga erishiladi.
Yer yong„oq ekiladigan tuproqlar kuzgi shudgor vaqtida 25-30 sm
chuqurlikda haydaladi. Erta bahorda boronalanadi va 2-3 marta kultivatsiya qilinadi.
Ekish muddati-aprel-may oyi hisoblanadi.
Ekiladigan yer yong„oq urug„ining tozaligi 90% dan kam, unuvchanligi 85%
kam bo„lmasligi kerak.
55
Yer yong„oq ko„proq tozalangan urug„dan ekiladi. Bunda hosildorlik ezilgan
dukkagiga ko„ra 2-6 s
ga yuqori bo„ladi. Yirik urug„lar serhosil bo„ladi.Mayda va
puch urug„lar ekish uchun ishlatilmaydi. Urug„larni ekishdan oldin 80% li TMTD ( 1
s urug„ga 600 g miqdorida) bilan purkaladi. Yer yong„oqni tuproq temperaturasi 10
sm chuqurlikda 14-15
0
S bo„lganda ekiladi. Ekish usuli keng qatorlab, qator orasi 60-
70 sm qilib ekiladi. 1 gektarda 40-60 ming tup bo„ladi. Ekish chuqurligi 6-8 sm.
Ekish me‟yori - gektariga 200-250 ming.dona urug„ ekiladi. Har 15 kunda 5-6 marta
sug„oriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: