Ызбекистон Республикаси Олий ва



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/80
Sana13.09.2021
Hajmi0,83 Mb.
#173520
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
Tuproqshunoslikvaosimlikshunoslikasoslari.oquvqollanma.

Sinov savollari: 

1.  Xalq xo„jaligidagi ahamiyati, hosildorligi. 

2.  Kelib chiqishi va tarqalishi.  

3.  Navlari. 

4.  Kanop agrotexnikasi. 

 



 

64 


TUGANAK VA ILDIZ MEVALI EKINLAR.    

 

Kartoshka 



 

Xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati,  kelib  chiqishi,  tarqalishi,  hosildorligi.  Botanik 

va biologik tavsifi. Agrotexnikasi. 

 

Kartoshka  xalq  xo„jaligida    oziq-ovqat,  yem-xashak,  texnik  ahamiyatga  ega. 

Dunyo dehqonchiligida kartoshka sholi, bug„doy va makkajo„xori bilan bir qatorda 

yetakchi o„rinni egallaydi. Kartoshka tuganagi tarkibida 25% gacha quruq moddalar, 

shu  jumladan,  kraxmal  14-22%,  oqsil  1,4-3,0%,  kletchatka-1,0,  yog„-0,3%  va  0,8-

1,0% kul moddalari bo„ladi. Kartoshka vitamin S va V gruppa vitaminlariga boy. 

Kartoshka  tarkibida  kraxmal,  sifatli  oqsil  va  vitaminlar  bo„lganligi  uchun 

insonning  eng  muhim  oziq-ovqat  mahsulotlari  hisoblanadi.  Shuning  uchun  u 

ikkinchi  non  deyiladi.  Kartoshkadan  200  dan  ortiq  yevropacha  ovqat  tayyorlash 

mumkin.  

Kartoshkaning  po„sti  va  yashil  rangga  kirgan  tuganaklari  tarkibida  zaharli 

modda-solanin  (0,005-0,1%) bo„lib, kartoshka  pishirilganda  u  qisman  parchalanadi. 

Shuning uchun yashil rangga kirgan va ko„kargan (o„simta chiqargan) tugunaklarni 

yaxshilab pishirmasdan oziq-ovqatga ishlatish va mollarga berish mumkin emas.  

Kartoshka  tugunagi  spirt,  kraxmal,  glyukoza,  kauchuk  olishda  va  sanoatning 

boshqa  tarmoqlarida  ishlatiladi.  Kartoshka  mollar  uchun  yaxshi  oziq  hisoblanadi. 

Organik  moddasining  hazm  bo„lishiga  (83-97%)  ko„ra,  hashaki  lavlagi,  turneps  va 

boshqa  ildiz  mevalar  kabi  barcha  o„simliklar    orasida  birinchi  o„rinda  turadi. 

Tugunaklari xomligicha, bug„latib, shuningdek, siloslangan holda mollarga beriladi. 

Agrotexnikaviy  va  agroiqtisodiy  ahamiyatga  ham  ega.  U  ko„pgina  ekinlar-

barcha  don  ekinlari  uchun  yaxshi  o„tmishdosh  ekin  hisoblanadi. Mamlakatimizning 

ko„pgina rayonlarida shudgorni band qiladigan ekin sifatida ekiladi va kuzgi g„alla 

ekinlari uchun yaxshi o„tmishdosh hisoblanadi. 

Kartoshkani  vatani  Janubiy  Amerika  hisoblanadi,  bu  mintaqada  kartoshka 

bizning  eramizdan  1-2  ming  yil  avval  ekib  kelingan  va  uning  ko„pchilik  yovvoiiy 

turlari  madaniylashtirilgan.  Kartoshka  XVI-asrda  Yevropaga,  ya‟ni  Ispaniyaga 

keltirilgan va undan boshqa Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Rossiyaga kartoshka 

Gollandiyadan  keltirilgan.  XX-asr  boshlarida  va  undan  keyingi  yillarda  ko„proq 

ekilaboshlandi. Kartoshkani tashqi muhitga tez moslashishi dunyoda tez tarqalishiga 

va asosiy oziq-ovqat ekini bo„lishiga sabab bo„ldi.  

Hozirgi  vaqtda  kartoshka  dunyoning  hamma  qit‟alarida  ekiladi.  Dunyo 

bo„yicha    FAO  ma‟lumotlariga  qaraganda  (1994-yil)  da  kartoshka  18  mln  gektar 

yerga ekilgan. 

Yevropa mamlakatlarida kartoshka ko„p ekiladi. Dunyo ekin maydonini 35% 

ini  tashkil  qiladi.  Ko„proq  Polsha  (2,26  mln.ga),  Germaniya  (yaqin  1  mln.ga)  va 

boshqa mamlakatlarda ekiladi. Kartoshka AQSH da ham ko„p ekiladi. Hamdo„stlik 

mamlakatlaridan  kartoshka  Rossiya,  Urkayina,  Belorussiya  va  Boltiq  bo„yi 



 

65 


mamlakatlarida  ekiladi.  O„zbekistonda  oxirgi  yillari  kartoshkani  ekish  maydoni 

ancha kengaygan va 1998-yil 13,4 ming gektar yerga ekilgan. 

Kartoshka yuqori hosilli ekin. O„zbekistonda 1998-yilda o„rtacha hosildorligi 

100,3 sentnerni tashkil etgan.  

Kartoshkaning  navlari  morfologik  va  biologik  belgilari  bilan  farq  qiladi. 

O„zbekistonda  kartoshkani  quyidagi  navlari  ekiladi:  Akrab,  Zarofshon,  Lorx, 

To„yimli, Pikasso, Diamant, Voltman. 

Kartoshka  ituzumdoshlar  (Solanaceae)  oilasiga  va  yovvoyi  hamda  madaniy 

turlarni birlashtiradigan-Solanum L. avlodiga kiradi. Ulardan  Solanum tuberosum L. 

eng ko„p tarqalgan.  

Kartoshka  poyasining  ko„pchiligi  tik,  ba‟zilari  egilib  o„sadi.  Bo„yi  sharoitga 

qarab keskin (30 dan 150 sm gacha) o„zgaradi. Kartoshka o„simligi tupining asosiy 

qismi  4-8  serbarg  poyadan  iborat.  Tupdagi  poyalar  soni  naviga,  ekiladigan 

tuganaklarning yirik-maydaligiga bog„liq bo„ladi. Yirik tuganaklardan o„sib chiqqan 

o„simliklar  mayda  tuganaklardan  o„sib  chiqqan  o„simliklarga  qaraganda  serpoya 

bo„ladi.  Tupdagi  poyalar  soni  ma‟lum  darajada  tuganak  hosili  ko„p  yoki  kam 

bo„lishini ifodalaydi.  

Kartoshka  poyasining  yer  ostki  qismidagi  qo„ltiq  kurtaklaridan  novdalar-

stolonlar  rivojlanadi,  ularning  uchi  yo„g„onlashadi  (tuganaklar  hosil  bo„ladi). 

Stolonlar ertagi navlarda qisqaroq, kechkilarida uzunroq bo„ladi. 

 Kartoshka  barglari  oddiy,  cheti  tekis  bo„ladi.  Poyaga  birikadigan  joyda  barg 

o„qi  barg  bandiga  aylanadi.  Oxirgi  barg  bo„lagi  odatda,  qolganlardan  yirikroq 

bo„ladi.  

Guli to„pgulga yig„ilgan bo„lib, turli uzunlikdagi gulpoyada tutash joylashgan. 

Gulbandi  qismlarga  ajralgan.    Guli  beshtalik  tipda.  Har  xil  rangda  oq,  ko„k,  to„q 

ko„k, binafsha rang, qizg„ish-binafsha rangda bo„lib, turli tusda tovlanadi. Gulining 

o„rtasida 5 ta changchisi bor. Kartoshka o„zidan changlanadi. Mevasi yumaloq, ikki 

uyali  sersuv  rezavor  meva  bo„lib,  juda  ko„p  mayda  yassi  urug„i  bor.  1000  dona 

urug„ining vazni 0,5 g keladi. Ammo hamma navlari meva tutmaydi.  

Tugunakdan  ekilgan  kartoshkaning  ildiz  sistemasi  popuk  ildiz.  Kartoshka 

ildizlari yerga uncha chuqur kirmaydi. Ularning yarmiga yaqini tuproqning haydalma 

qismida joylashadi, 22-38 % gacha qismi yerga chuqur kirib boradi. Kartoshka past 

temperaturaga  mutlaqo  chidamaydi.  7-8

0

  S  dan  past  haroratda  yaxshi  o„smaydi. 



Tuproq harorati 18-20

S eng qulay harorat hisoblanadi.   



Kartoshkaning  butun  o„sish  davri  uch  bosqichga  bo„linadi.  Birinchi  bosqich 

maysa  paydo  bo„lgandan  gullashgacha.  Bu  davrda  asosan  poya  o„sadi,  ko„k  massa 

ko„payadi.  Tuganaklari  sekin  o„sadi.  Ikkinchi  bosqich-gullash  davridan  poyaning 

o„sishi  to„xtaguncha  davom  etadi.  Bu  davrda  intensiv  ravishda  tuganak  mevalar 

paydo bo„ladi. Uchinchi davr poyaning o„sishi tugagandan tabiiy so„lish davrigacha 

davom etadi. Bu davrda tuganak mevalar paydo bo„lishi  davom etadi. Lekin ikkinchi 

davrga nisbatan sekinlashadi. Bu bosqichlarni o„tish muddati kartoshkani navi va ob-

havo sharoitiga bog„liqdir. Shunday qilib, ikkinchi bosqich tuganaklar shakllanishida 

eng muhim davr hisoblanadi.  



 

66 



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish