Ызбекистон Республикаси Олий ва



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/80
Sana13.09.2021
Hajmi0,83 Mb.
#173520
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
Bog'liq
Tuproqshunoslikvaosimlikshunoslikasoslari.oquvqollanma.

Yer yong‘oq 

 

Xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati.  Botanik  va  biologik  tavsifi.  Navlari. 

Agrotexnikasi. 

 

Yer  yong„oq  qimmatli  moyli  ekin  hisoblanadi.  Urug„ining  tarkibida  60% 

gacha  yog„,  35%  dan  ortiq  oqsil  bo„ladi.  Yer  yong„oq  yog„i  konserva,  margarin 

tayyorlash  uchun,  sovun  tayyorlash  sanoatida  va  meditsinada  ishlatiladi.  Moyi 

olingandan keyin tayyorlanadigan massada 48% oqsil va 8% yog„ bo„ladi uni xolva, 

tort  va  boshqa  konditer  mahsulotlari  tayyorlashda  ishlatiladi.  Dukkagi  tabiiy  holda 

ham  ishlatiladi.  Poyasi  hayvonlar  uchun  ozuqa.  Shulxasidan  (dukkagini    po„sti) 

izolyatsion materiallar tayyorlashda va yoqilg„i sifatida ishlatiladi. 

Yer  yong„oqning  vatani  -Janubiy  Amerikadir.  Avval  Fillipin  orollariga, 

keyinchalik  Yaponiya,  Xitoy,  Xindistonga  keltirilgan.  Yevropaga  XVI  asrda 




 

54 


Xitoydan keltirilgan, shuning uchun ham uni Xitoy yong„og„i deb atashgan. Dunyo 

bo„yicha  ekin  maydoni  18,3  mln.  ga  yerni  tashkil  etadi.  Asosiy  ekin  maydonlari 

Indoneziya, Hindiston va Xitoyda joylashgan. Bizning mamlakatimizda XIX asrning 

boshlarida  ekila  boshlangan.  O„rta  Osiyoda  keng  tarqalgan.  O„zbekistonda  kam 

ekiladi. 

Hosildorligi  15-18  s

ga.  Sug„orib  ekiladigan  yerlarda  35-40  s 



ga  ni  tashkil 

etadi.  Andijon  sortlarini  sinash  uchastkasida  gektaridan  61  s  gacha    hosil  olingan. 

Yer  yong„oqni  quyidagi  navlari:  Perzuvan  46

2,  Jelud,  Zakatali  294



1,  Gruzinskiy 

mestno„y ekiladi. 

Yer  yong„oq  -  Arachyus  hypogae  vulgaris  -  bir  yillik  o„tsimon  o„simlik. 

Dukkakdoshlar  Fabaceae  oilasiga  kiradi.  Yer  yong„oqning  tik  o„sadigan  va  yotib 

o„sadigan  formalari  bor.  Bizning  mamlakatimizda  tik  o„sadigan  formasi  tarqalgan, 

poyasini  uzunligi  50-60  sm.  Ildizi  kuchli  rivojlangan,  1,5  m  chuqurlikgacha  kirib 

boradi.Barglari  juft  patsimon  formada,  bargini  ustki  qismi  silliq  bo„ladi.  Barg 

qo„ltig„ida  1  yoki  2-3  ta  gul  rivojlanadi.  Gulini  rangi  sariq  yoki  qovoq  rang.  Yer 

ustki  gullari  chetdan  ham  changlanishi  mumkin.  Yer  ostki  gullari  o„z-o„zidan 

changlanadi.  Yer  ustki  gullari  changlangandan  so„ng  tuguncha  yoki  urug„donni 

pastki  qismi  uzunlashib  gipofor  (poyacha)  hosil  qiladi.  U  5-6  kun  yuqoriga  qarab 

o„sadi, keyin qayrilib o„sib tuproqqa kiradi, 8-10 sm chuqurlikka yetgach tuguncha 

yoki  urug„dondan  meva  hosil  bo„ladi.  Mevasida  3-5  dan  don  bo„ladi.  Urug„i 

uzunchoq oval yoki yumaloq formada to„q qizil yoki och pushti rangda bo„ladi. 1000 

ta urug„ining og„irligi 300-500 g. 

Yer  yong„oq  issiqsevar  o„simlik.  Urug„lari  12

0

S  da  unib  chiqadi.  Maysalari 



sovuqga ta‟sirchan, 1

0

S da nobud bo„ladi. O„sishi, rivojlanishi uchun optimal harorat 



25-28

0

 S. 12



0

S dan past harorat mevalari hosil bo„lmaydi.  

Yer  yong„oq  suvga  talabchan,  ayniqsa  gullash  davridan  meva  hosil 

bo„lgungacha suvni ko„p talab etadi. Shu davrda suvni yetarli bo„lmasligi gullashni 

va meva hosil bo„lishini to„xtatadi, natijada dukkaklar hosili keskin kamayib ketadi. 

Yer yong„oqni sug„orish me‟yori-800-1000 kub.m

ga teng. 



Yer  yong„oq  kuzgi  bug„doy,  makkajo„xori,  kanakunjut,  kunjutdan  keyin 

ekiladi.  Yer  yong„oqni  o„zi  ko„pgina  dala  ekinlari  uchun  yaxshi  o„tmishdosh  ekin 

hisoblanadi. 

Oziq  elementlariga  talabchan.  1  s  urug„  va  shunga  muvofiq  vegetativ  massa 

bilan tuproqdan 6,2 kg N, 1,1 kg R

2

O



5

 va 4 kg K

2

O olib chiqib ketadi. 



Gektaridan  15-18  s  hosil  olish  uchun  yer  yong„oqga  10-15  t  go„ng  solinadi. 

O„g„itlash  me‟yori:  azot-50-100  kg,  fosfor-90-120  kg,  kaliy-50-75  kg  hisobida 

solinadi.  Azotli-fosforli  o„g„itlar  ekish  oldidan  va  gullashdan  oldin  oziqlantirishda 

solinsa va meva hosil bo„lish davrida berilsa yaxshi natijalarga erishiladi. 

 Yer  yong„oq  ekiladigan  tuproqlar  kuzgi  shudgor  vaqtida  25-30  sm 

chuqurlikda haydaladi. Erta bahorda boronalanadi va 2-3 marta kultivatsiya qilinadi. 

Ekish muddati-aprel-may oyi hisoblanadi. 

Ekiladigan yer yong„oq urug„ining tozaligi 90% dan kam, unuvchanligi 85% 

kam bo„lmasligi kerak. 



 

55 


Yer yong„oq ko„proq tozalangan urug„dan ekiladi. Bunda hosildorlik ezilgan 

dukkagiga  ko„ra  2-6  s

ga  yuqori  bo„ladi.  Yirik  urug„lar  serhosil  bo„ladi.Mayda  va 



puch urug„lar ekish uchun ishlatilmaydi. Urug„larni ekishdan oldin 80% li TMTD ( 1 

s urug„ga 600 g miqdorida) bilan purkaladi. Yer yong„oqni tuproq temperaturasi 10 

sm chuqurlikda 14-15

0

S bo„lganda ekiladi. Ekish usuli keng qatorlab, qator orasi 60-



70  sm  qilib  ekiladi.  1  gektarda  40-60  ming  tup  bo„ladi.  Ekish  chuqurligi  6-8  sm. 

Ekish me‟yori - gektariga 200-250 ming.dona urug„ ekiladi. Har 15 kunda 5-6 marta 

sug„oriladi. 

 


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish