Ызбекистон Республикаси Олий ва



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/80
Sana13.09.2021
Hajmi0,83 Mb.
#173520
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80
Bog'liq
Tuproqshunoslikvaosimlikshunoslikasoslari.oquvqollanma.

Kungaboqar 

 

Moyli  o„simliklar  ichida  kungaboqar  ekiladigan  maydon  va  umumiy 

hosildorligi bo„yicha birinchi o„rinda turadi. Urug„ida yog„ni miqdori yuqori bo„lib 

52-57% tashkil etadi. Uning yog„i och sariq  rangli, yaxshi sifatli bo„lib, oson hazm 

bo„ladi.  Yog„i  oziq-ovqatda,  konserva  ishlab  chiqarishda,  lak-bo„yoq  sanoatida 

qo„llaniladi.  Kungaboqarning  kunjarasidan  hayvonlar  uchun  oziq  tayyorlanadi. 

Gullash  davrida  silos  tayyorlanadi.  Poyasi  o„tin  sifatida  ishlatiladi.  Kungaboqar 

urug„ining tarkibida 29-60% moy va 16% oqsil bo„ladi.  

Kungaboqar  donli  ekinlarga  qaraganda  yosh  ekin  hisoblanadi.  Uning  vatani 

Shimoliy  Amerikaning  Janubiy  g„arbiy  rayonlaridir.  Yevropaga  XVI asrda ispanlar 

olib  kelishgan.  Rossiyada  XVIII  asrda  Ukrayinada  dekorativ  ekin  sifatida  ekila 

boshlangan.  Kungaboqardan  dunyoda  birinchi  bo„lib  1829-yilda  Rossiyada 

krepostnoy dehqon Bokorev D.S yog„ ajratib olgan (qo„lda siqib olish bilan), 1965 

yilda  esa  Rossiyada  yog„  zavodi  qurilgan.  Shunday  qilib,  kungaboqarni  ikkinchi 

vatani Rossiya bo„lib qolgan. Amerikada XX asrning 20-yillarida ekila boshlashgan, 

urug„ini Rossiyadan olib borishgan.  

Dunyoda  9,4  mln.ga  yerga  ekiladi.  Hosildorligi    o„rtacha  14  s

ga  teng  ilg„or 



xo„jaliklar 29 s dan hosil yetishtirishgan. 

Kungaboqar bir yillik o„simlik bo„lib, Asteraceae oilasiga mansub o„simlik. U 

ikki  turga  bo„linadi:  madaniy  kungaboqar  va  yovvoiy  kungaboqar.  Madaniy 

kungaboqar  yana  2  turga  bo„linadi:  madaniy  kungaboqarga  va  dekorativ 

kungaboqarga. 

Madaniy kungaboqarning ildiz tizimi o„q ildiz bo„lib, uzunligi 2,5-4 m bo„lib, 

yoniga 1,0-1,2 m ga taraladi. Poyasi silindrsimon bo„lib, ichi oq po„kak massa bilan 

to„lgan bo„ladi, ustki qismi qattiq tuklar bilan qoplangan bo„lib, uzunligi 0,6-2 mm ni 

tashkil  etadi.  Silosli  sortlari  2,5-4,5  m  bo„ladi.  Bargi  yuraksimon-oval  shaklida 

bo„ladi.  Pastki  3-4  par  barglari  suprotiv,  keyingilari  ketma-ket  joylashgan.  Barglar 

soni  har  xil  bo„ladi,  tez  pishar  navlarda  15-25  ta,  kech  pishar  navlarda  25-35  ta 

bo„ladi. To„pguli ko„p gulli korzinkadan iborat. Korzinkani diametri har xil (10-20 

sm,  35-40  sm)  bo„ladi.  Gulli  ikki  jinsli.  Bitta  korzinkani  gullashi  7-10  kun  davom 

etadi.  Kungaboqar  tipik  chetdan  changlanuvchi  o„simlik.  Changlanishi  asalarilar 

yordamida,  kamroq  shamol  bilan  boradi.  Kungaboqar  dalalariga  asalari  uyalari  olib 

kelinsa  changlanish  yaxshi  boradi.  Mevasi-siqiq  tuxumsimon  formada  bo„ladi. 




 

52 


Urug„ining rangi qora, kulrang, oq. 1000 ta urug„ining massasi 45 dan 125 g gacha 

bo„ladi. 

Kungaboqarning  urug„i  4-6

0

  S da  una  boshlaydi, lekin  sekin o„sadi. 13-15



0

 S 


da  maysalari  11-13  kundan  keyin  paydo  bo„ladi.  Maysalangandan  so„ng  15-20  kun 

dan  keyin  yoki  2-3  par  barg  hosil  qilish  fazasida  to„pguli  hosil  bo„la  boshlaydi. 

Gullash maysalar hosil bo„lgandan 50-60 kundan boshlanib 20-27 kun davom etadi. 

Kungaboqarni o„sish va rivojlanishi uchun eng optimal temperatura 20-24

0

S,  gullash 



fazasida  25-26

0

S,  pishish  yetilish  davrida  26-28



0

  S,  30


0

  S  dan  yuqori  temperatura 

salbiy ta‟sir etadi. 

Kungaboqar  yorug„sevar  o„simlik,  o„suv  davri  70-140  kun  davom  etadi. 

Unumdor  toza  tuproqlarda,  tuproq  muhiti  rN  6,0-6,8  bo„lganda  yaxshi  rivojlanadi. 

Kungaboqar suvga talabchan o„simlik. Ammo ildiz sistemasi yaxshi rivojlanganligi 

uchun qurg„oqchilikga chidaydi. Suvga eng ko„p talabi intensiv o„sish davriga to„g„ri 

keladi.  Har  bir  o„simlik  vegetatsiya  davrida  200  kg  dan  ortiq  suv  sarf  qiladi. 

Transpiratsiya  koeffitseinti  450-560.  Ildiz  sistemasi  juda  yaxshi  rivojlangani  uchun 

suvni  tuproqning  chuqur  qatlamlaridan  olish  xususiyatiga  ega.  Qoratuproq,  kashtan 

tuproq va bo„z tuproqlarda yaxshi o„sadi.  

Ozuqaga talabchan, 1 tonna urug„ yetishtirish uchun 50-60 kg azot, 20-25 kg 

fosfor  va  120-160  kg  kaliy  sariflanadi.  Azotni  korzinka  rivojlanishidan  gullash 

fazasini  oxirigacha  ko„p  talab  qiladi,  fosforni  unishidan  gullashgacha,  kaliyni 

korzinka hosil bo„lishidan mum pishish davrigacha talab etadi. Azot haddan tashqari 

ko„p  berilsa  urug„  tarkibidagi  yog„ning  miqdori  kamayib  ketadi,  vegetatsiya  davri 

uzayib,  oqsilni  miqdori  ortib  boradi.  O„g„it  tarkibida  fosfor  va  kaliyni  ko„proq 

bo„lishi  yog„ni  miqdorini  oshiradi.  Kungaboqarning  eng  ko„p  tarqalgan  navlaridan 

Milyutinskiy 114 navi ko„p ekiladi. 

Almashlab ekishda kungaboqar uchun eng yaxshi o„tmishdosh ekinlar-kuzgi, 

bahorgi don ekinlari, don-dukkakli ekinlar va makkajo„xori hisoblanadi. 

Kungaboqar  ekish  uchun  tuproqga  sifatli  ishlov  beriladi,  begona  o„tlardan 

tozalanadi.  Kungaboqar  erta  bahorda  keng  qatorlab  qator  orasi  60-70  sm  qilib 

ekiladi.  Ekish  chuqurligi  6-8  sm,  ekish  me‟yori  6-10  kg  (100-150  ming  dona 

  ga) 


bo„ladi.  Ekilgandan  keyin  qatqaloqga  qarshi  choralar  ko„riladi,  qator  orasiga  2-3 

marta  ishlov  beriladi.  Begona  o„tlarga  qarshi  nitran  va  treflan  gerbitsidlardan 

foydalaniladi. O„suv davrida 3-4 marta sug„oriladi, sug„orish me‟yori 800-1000 kub. 

m. 


  ga. Hosil don kombaynlar yordamida yig„ib olinadi. Kombayn faqat korzinkani 

o„rib yanchiydi. Poyasi o„rib olinadi. Urug„i 7-9% namlikda yaxshi saqlanadi.        


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish