miqdorini bilmasdan turib, uning unumdorlik darajasini agrotexnika tadbirlarini
Gumus murakkab kimyoviy tarkibli azot saqlovchi yuqori molekular modda
kompleksi hisoblanib u tuproqning mineral qismi bilan bir tekisda aralashib ketgan
o„simlik qoldiklari 10 foiz, mikrofauna (zamburug„lar, suv o„tlari, bakteriyalar va
Chirindi deganda biz - tuproqqa tushgan o„simlik va hayvonot qoldiqlarini
15
5. Tuproqda to„planadigan organik moddalarning kimyoviy tarkibi ko„pincha
nobud bo„lgan organizmlarning turiga bog„liq.
Organik birikmalarning tuproqda parchalanishi murakkab va uzoq davom
etadigan jarayon hisoblanib, mexanik, fizik, biologik, biokimyoviy va kimyoviy
omillar ta‟sirida juda murakkab o„zgarishlarga to„g„ri keladi. Gumusli moddalarning
hosil bo„lishida fermentlarning roli nihoyatda katta. Gumifikatsiya bilan
mineralizatsiya bir vaqtda ketadi.
Organik
moddalarning
parchalanishida
nisbatan
oddiy
moddalar,
sirntezlanganda esa juda murakkab birikmalar vujudga keladi. Minerallanish -
murakkab birikkan holda asosan mikroorganizmlar va suv va O
2
ta‟sirida bo„ladi
(bakteriyalar, aktinomitsitlar, umurtqasiz hayvonlar, griboklar orqali). O„simlik
qoldiqlarida mikroorganizmlar ta‟sirida turli xil moddalar, fermentlar va enzimlar
hosil bo„lib, turli biokimyoviy reaksiyalar natijasida ular gidrolizlanadi, oksidlanadi,
qaytariladi va h.k.
Organik moddalarning hosil bo„lishi haqida ko„pgina tadqiqotlar olib borilgan
bo„lib, hozirgi kunda bu haqda turli mulohazalar yuritiladi.
Gumusning hosil bo„lishi xossalari va xususiyatlari ustida I.V.Tyurin,
L.I.Aleksandrova, D.S.Orlov, l.A.Grishina va boshqalar ko„p izlanishlar olib
borishgan. Tuproq gumusini o„rganish ishlari XVII asrning ikkinchi yarimidan
boshlangan, lekin tarkibiy qismini struktura tuzilishi, tuproqning fazalari bilan
qanday boglanganligi to„grisida aniq ma‟lumotlarga ega emasmiz.
Gumus moddalari tarkibi gumin kislotalari, fulvokislotalari va gumin
moddalaridan iborat. Gumin kislotalari siklik tuzilishga ega bo„lib, suvda kam eriydi,
u ishqorlarda erib, to„q qoramtir jigarranglidir. Tuproqdagi gumin kislotalari asosan
gel holatida uchraydi. Bu kislotalar tuproqning mineral qismi bilan reaksiyaga
kirishib gumatlarni hosil qiladi. Bu kislotalar kam harakatchan bo„lganligi, suvda
erimasligi sababli tuproqning yuqori qatlamlarida ko„p uchraydi, pastki qatlamlarda
esa aksinchadir. Fulvokislotalar - och sariq randa bo„lib, azot saqlovchi yuqori
molekular organik kislotalar jumlasiga kirib suvda yaxshi eriydi.. Bu kislotalar
harakatchan bo„lganligi sababli tuproqning pastki qatlamlarida ko„p, yuqorida esa
kam uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: