Ko‘l yotqiziqlari - qadimiy va hozirgi zamon ko„l havzalarida tarqalgan bo„lib
ma‟lum qalinlikdagi qatlamlar holida to„plangan og„ir mexanikaviy tarkibli
jinslardir. Kul yotqiziklarida ko„pincha organik modda saqlovchi qatlamchalar
bo„lishi va kalsiy karbonatning to„planishi mumkin. Bu yotqiziklar qadimgi pastqam
relyefli joylarni tuldirib, tarkibining gilli va qatlamli bo„lishi bilan ajralib turadi.
Muz yotqiziqlari - Shimoliy Yevropa qismi va G„arbiy Sibirda ko„p
tarqalgan, bu jinslar qalin muzlik ta‟sirida nurash mahsulini ko„plab olib kelinishi
natijasida hosil bo„ladi. Bu yotqiziqlar to„planish harakteriga ko„ra morena,
fluviagatsial va muzlik ko„l yotqiziqlariga bo„linadi. O„rta Osiyoda muz yotqiziqlari
uncha ko„p emas. Baland va o„rta togli hududlarda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |