«Evfrat» elektron arxivi(http:G’G’www.evfrat.ru)
1998-2000 yillar mobaynida yaratilgan va Cognitive Office dasturiy kompleksi tarkibiga kiruvchi arxivlash vositasi bo’lib, bir yo’la 50 mingtagacha hujjatlarning, rasmlarning, fotosuratlarning, INTERNET sahifalarining arxiv nusxalarini yaratishi hamda ularni boshqarishi mumkin. Shu paytgacha bu vositaning uy kompyuterlariga mo’ljallangan Evfrat SOHO hamda ofis kompyuterlariga mo’ljallangan Evfrat Client kabi versiyalari ishlab chiqarilgan.
Bu vositaning yana bir qulaylik tomoni – izlanayotgan arxivlarni 40 dan ortiq turli kalit so’zlari yordamida tezda izlab topib berishidir. Masalan, 10 000 ta arxiv hujjatlari ichidan keraklisini 4-5 soniya ichida topib bera oladi.
«Iheyka» izlash vositasi (http:G’G’www.isleuthhound.comG’ru)
2000 yilda amerikalik rus dasturchilari tomonidan yaratilgan vosita bo’lib, 40 dan ortiq kalit so’zlari yordamida kerakli arxiv ma’lumotlarini izlab topib berishga xizmat qiladi. Kalit so’z sifatida, izlanayotgan arxiv ichidagi biror so’zning bir qismi ham ishlatilishi mumkin (masalan, «Informatika» so’zining «Info» qismi).
Bu vositaning dastlabki versiyasi 500 ta arxiv ma’lumotlari bilan ishlagan bo’lsa, keyingi yillarda ishlab chiqilgan professional versiyasi 64 000 tagacha arxiv ma’lumotlari bilan ishlay oladi.
Keyingi yillarda yanada samaraliroq arxivlash vositalari ham ishlab chiqilmoqda. Bularga Rossiyalik mutaxassis Ivan Pavlov tomonidan yaratilgan 7-ZIP vositasini misil qilib keltirish mumkin. Bu vosita yordamida Zip formatidagi arxivlardan tashqari Linux operatsion tizimida qo’llaniluvchi TAR formatidagi arxivlarni ham yaratish mumkin.
Formatlash vositalari
Ma’lumki, ma’lumot yozilishidan oldin magnit disklarning (qattiq yoki optik disklarning) sathlari sektorlarga, sektorlar esa o’z navbatida klasterlarga, klasterlar esa ma’lumot yoziluvchi yo’laklarga bo’linadi. Shundan keyingina disklar ishchi holatiga keladi va har bir ma’lumot (fayl) shu diskning ma’lum sektorining ma’lum klasteriga qarashli ma’lum yo’laklarga yoziladi. Ma’lumotlarni disklarga shunday usullar bilan yozish, ularning diskda optimal joylashtirilishiga hamda zarur paytda kerakli ma’lumotlarni tez izlab topib berilishiga imkon beradi. Disklarning sathini shunday sektorlarga va klasterlarga bo’lishga – disklarni formatlash deyiladi va bu formatlash maxsus formatlash vositalari tomonidan amalga oshiriladi. To’g’ri, hozirda sotuvga disklar formatlangan holda chiqarilmoqda. Lekin, ayrim hollarda (diskdagi fayllar viruslar tomonidan yaroqsiz holga kelganda, diskda keraksiz ma’lumotlar ko’payib ketganda, yangi operasion tizim o’rnatilayotganda va h.k. holatlarda) diskni formatlashga zarurat tug’iladi (shuni unitmaslik kerakki, disk formatlanganda undagi ma’lumotlar o’chib ketadi).
Hozirgi paytda disketalarni formatlash uchun Fformat (Floppy format) va SF (Safe format) dasturiy vositalari ishlatiladi.
Antivirus vositalar
Virus-dasturlarlar yoki kompyuter viruslari deb kompyuterning xotirasidagi ma’lumotlarni ishdan chiqarish maqsadida maxsus tuzilgan dasturiy vositalarga aytiladi. Hozirgi paytda jahonda minglab virus-dasturlar ishlab chiqilgan bo’lib, ularning safiga har yili yangi-yangilari qo’shilib bormoqda. Ilgari bunday virus-dasturlar faqat disketalar orqali tarqalar edi. Lekin keyingi yillarda keng rivojlanib borayotgan kompyuter to’rlari va shu to’rlarning butunjahon kommunikasiya vositalari orqali yagona tizimga ulanishi (masalan, Internet tizimiga) virus-dasturlarning jahon bo’ylab juda keng tarqalishiga imkon yaratib berdi. Ularning buzg’inchilik faoliyati ta’sirida minglab kompyuterlar va kompyuter to’rlari ishdan chiqmoqda, ularning xotirasidagi ma’lumotlar yo’qotilmoqda. Natijada virus-dasturlar keltirayotgan zararlar millionlab dollarlar bilan o’lchanmoqda.
Fayllarning virus-dasturlar bilan zararlanganligi asosan quyidagilardan bilinadi:
faylning hajmi sezilarli darajada kattalashadi;
fayllar bilan ishlaganda kompyuterning tezligi sekinlashadi;
ekranda hisoblash natijasi o’rniga turli begona belgilar paydo bo’ladi;
chaqirilgan fayl umuman ishga tushmaydi;
kompyuterning xotirasida begona nomdagi fayllar paydo bo’ladi;
kompyuter ishga tushishdan bosh tortadi.
Hozirgi paytda mavjud bo’lgan virus-dasturlarni ta’sir qilish usullariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
Oddiy faylli viruslar – fayllar bilan birga kompyuter xotirasiga kelib tushuvchi va shu fayl ishga tushirilgandagina o’z faoliyatini boshlovchi viruslar;
Rezident faylli viruslar – chaqirilgan fayl bilan birga kompyuterning tezkor xotirasiga kelib tushuvchi va kompyuterning ishlashi mobaynida shu xotirada qolib, so’ngra esa, tezkor xotiraga chaqirilgan barcha fayllarni zararlovchi viruslar;
Ko’rinmas viruslar – rezident viruslarga o’xshaydi, lekin ular o’zlarining borligini sezdirmaslikka harakat qiladi, ya’ni o’zlarining borligini turli usullar bilan niqoblovchi viruslar;
Yuklovchi sektor viruslari – disklar yoki disketalarning yuklovchi sektorini ishdan chiqarishga mo’ljallangan, ya’ni shu sektorlarda joylashgan tizimli dasturlarni zararlovchi viruslar;
Gibrid viruslar – rezident faylli viruslarning hamda ko’rinmas viruslarning barcha xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan viruslar;
FAT viruslari – FAT jadvalini ishdan chiqaruvchi, ya’ni fayllarning diskda joylashuvini ko’rsatuvchi jadvalni o’zgartiruvchi yoki yo’qotuvchi viruslar;
Shifrlangan viruslar – har bir ta’sir qilish siklidan keyin o’zining kodlanishini ham, joylashishini ham o’zgartirib turuvchi viruslar;
«Troya oti» – o’zini oddiy dasturlardek tutuvchi, buzg’unchilik faoliyatini esa faqat ma’lum amal bajarilgandagina (masalan, nusxa olish amali, faylni bosmaga chiqarish amali va h.k.) boshlovchi viruslar;
Mantiqiy «bomba» – maxsus o’rnatilgan sanada yoki belgilangan shart bajarilmaganda (masalan, virus-dastur muallifining maoshi oshirilmaganda) ishga tushuvchi viruslar;
«Chuvalchang» («Chervi») – boshqa dasturiy vositalarni zararlamovchi, faqat o’zi o’zidan nusxa olib ko’payuvchi viruslardir. Bunday viruslarning ta’siri natijasida kompyuter xotirasi begona fayllar bilan (virus-dasturlarning nusxalari bilan) to’lib qolib, uning samaradorligi keskin pasayadi. Bu virus-dasturning keyingi yillarda yaratilgan «Internet-chervey» deb nomlangan turi elektron xatlar orqali butun jahonga keng tarqalmoqda.
Yaqinda nashr qilingan «Virusnaya ensiklopediya Kasperskogo» (http:G’G’www.viruslist.comG’index.html) qomusiy kitobida 50 000 dan ortiq shunday virus-dasturlar to’g’risida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Antiviruslar
Antiviruslar - virus-dasturlarni izlab topuvchi va ularni zararsizlantiruvchi dasturiy vositalardir. Bunday vositalar o’zlarining ishlash usullariga va imkoniyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
detektor-dasturlar va doktor-dasturlar. Ular virus bilan zararlangan fayllarni izlab topadi hamda ularni viruslardan imkoni boricha tozalab, davolashga harakat qiladi. Bularga McAlee Associates firmasining Scan va D.N.Lozinskiy laboratoriyasida yaratilgan Aidstest, Norton Antivirus, «Dialog-MGU» firmasi tomonidan yaratilgan AVSP, AVP va hozirgi paytda eng ko’p tarqalgan DrWeb dasturlari misol bo’la oladi;
revizor-dasturlar va doktor-revizorlar. Ular fayllarning dastlabki holatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni (hajmi, ishlash vaqti, diskdagi joylashgan o’rni va h.k.) eslab qolishadi, so’ngra esa tekshirish vaqtida shu ma’lumotlarni dastlabkilari bilan taqqoslab ko’rishadi. Agar ular bir-biridan farq qilsa, shu fayl zararlangan deb hisoblaydi va viruslarni aniqlash va faylni davolash faoliyatini boshlaydi. Bunday vositalarga «Dialog-MGU» firmasi tomonidan yaratilgan ADinf, «Dialog-Nauka» firmasi tomonidan yaratilgan ADinfQ ADinfExt dasturlar misol bo’la oladi;
filtr-dasturlar yoki rezident-dasturlar. Ular kompyuterning tezkor xotirasiga avtomatik ravishda yuklanib, kompyuterning ishlashi davomida shu xotirada qoladi, hamda xotiraga chaqirilayotgan har bir dasturni o’zining usullari yordamida viruslardan zararlangan yoki zararlanmaganligini uzluksiz ravishda tekshirib boradi. Bunday vositalarga FluShot Plus dasturi misol bo’la oladi;
dastur-vaksinalar yoki immutizatorlar. Ular diskni va unga yozilgan fayllarni viruslarning ta’siriga berilmovchi qilib takomillashtiruvchi, hamda kompyuterning ishlashi jarayonida ishga xalaqit bermasdan fon holatida o’zining faoliyatini olib boruvchi vositalardir. Hozirda zamonaviy antivirus vositalarini ishlab chiqish texnologiyasida aynan shunday vositalarga katta ahamiyat berilmoqda.
Keyingi yillarda yuqoridagi antivirus vositalarining barcha xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan universal vositalar ham ishlab chiqilmoqda. Bular ichida eng ko’p tarqalganlari Kasperskiy, takomillashtirilgan DrWeb, Norton va NOD32 antiviruslaridir
Do'stlaringiz bilan baham: |