Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Foydalanuvchining interfeysi (



Download 6,36 Mb.
bet37/96
Sana03.12.2022
Hajmi6,36 Mb.
#877385
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuterning zamonaviy

Foydalanuvchining interfeysi (Uzer interfase) –operasion tizimning foydalanuvchi bilan muloqotini qulay va ko’rgazmali ravishda olib borishga xizmat qiluvchi maxsus usullari va vositalaridir. Ular buyruqli, obyektga yo’naltirilgan va dasturiy interfeyslarga bo’linadi.
Buyruqli interfeyslar – foydalanuvchining buyruqlarini klaviatura, «sichqoncha» yoki boshqa qurilmalar yordamida kiritishga xizmat qiluvchi vositalardir;
Obyektga yo’naltirilgan interfeyslar – foydalanuvchining fayllar, papkalar (kataloglar), diskovodlar, dasturlar va h.k. obyektlar bilan ishlashini tashkil qiluvchi va shu obyektlar ustida turli amallarni bajarishiga yordam beruvchi vositalardir;
Dasturiy interfeyslar – kompyuter qurilmalari bilan foydalanuvchi ishlatayotgan dasturlarning hamjihatlikda ishlashini ta’minlovchi vositalardir.
Barcha operasion tizimlar quyidagi asosiy mezonlar bo’yicha farqlanadi:
a) Ishlash usuli bo’yicha – bir masalali va ko’p masalalilarga bo’linadi. Bir masalali operasion tizimlari (masalan MS DOS) bir vaqtning o’zida faqat bitta dastur bilan ishlay olsa, ko’p masalalilari (masalan Windows 98 va undan yuqori versiyalar) bir vaqtning o’zida bir necha dastur yoki bo’yruqlar bilan ishlash imkoniyatiga egadir. Bunday dasturlarning birining ishlash jarayoni monitor ekranida aks etsa, qolganlari ko’rinmas holda (fon xolatida) ishlaydi. Masalan Internet bilan ishlash bilan bir vaqtda biror tanlangan faylni bosmaga (printerga) chiqarish mumkin;
b) Foydalanuvchilarining soni bo’yicha – bir foydalanuvchili (ular faqat bitta foydalanuvchi bilangina ishlay oladi) va ko’p foydalanuvchili operasion tizimlarga bo’linadi. Ko’p foydalanuvchi OT ga tarmoq texnologiyali (Net Technology) OT lar ya’ni, Windows NT va undan yuqori versiyali OT lar kiradi. Ular bir vaqtning o’zida bir necha kompyuterlarga xizmat ko’rsatishi mumkin (masalan kompyuter sinflariga, Internet tarmog’i orqali ulangan kompyuterlar guruhiga va h.k);
v) Mutaxassisligi bo’yicha – foydalanuvchilarning shaxsiy kompyuterlariga mo’ljallangan OT larga (masalan, Windows Home), professional mutaxassislar hamda korxona va tashkilotlarning kompyuterlariga mo’ljallangan OT larga (masalan, Windows Professional) va kompyuter tarmoqlari bilan ishlovchi kompyuterlarga mo’ljallangan OT larga (masalan, Windows Serwer) bo’linadi;
g) Interfeyslari buyicha – oddiy va grafik interfeysli OT ga bo’linadi. Oddiy interfeyslilariga MS DOS, grafik interfeyslilariga esa Windows tizimlari misol bo’la oladi;
d) Ilova – dasturlari buyicha – oddiy va universal OTga bo’linadi. Oddiylari faqat shu OT larga mo’ljallab tuzilgan dasturlar bilangina ishlay olsa, universallari – boshqa OT larga mo’ljallangan dasturlar bilan ham bemalol ishlay oladi. Masalan, Windows operasion tizimi MS DOS ning ham, OSG’2 ning ham va boshqa OT larning ham ilova-dasturlari bilan ishlay oladi.
Hozirgi paytda eng ko’p tarqalgan operasion tizimlar Windows, OSG’2 va UNIX oilasidagi tizimlaridir.
Operasion «qobiqlar»

Bular – grafik interfeys va multidasturlashtirish vositalari yordamida foydalanuvchining MS DOS bilan muloqot qilishiga imkon beruvchi vositalardir. Boshqacha qilib aytganda, grafik interfeysli zamonaviy operasion tizimlarning eng dastlabkilaridir. Bunday vositalarga Microsoft Widows 3.1, Desq Wiew, GEM, Geo Works kabi tizimli dasturlar misol bo’la oladi.




Fayl-menedjerlar (File-menegers)

Bular – foydalanuvchining MS DOS boshqaruvida kompyuter bilan qulay va ko’rgazmali ravishda muloqot olib borishini ta’minlovchi dasturiy vositalardir. Ko’pincha «qobiq» dasturlar deb ham aytiladi. Bunday vositalar MS DOS ning ko’pgina buyruqlarini klaviaturaning funksional va boshqa xizmatchi tugmachalari orqali kiritish imkonini beradi.


Hozirgi paytda keng qo’llanilayotgan bunday vositalarga Norton Commander (NC), Volkov Commander (VC), Windows Commander (WC), Total Commander (TC), DISKo Komandir, FAR, Directory OPUS, PC Tools, Magellan, Far, XTree, Pro Gold, PC SHELL, MS DOS SHELL, kabi tizimli dasturlar misol bo’la oladi.


Drayverlar (Drive)

Bular – kompyuter bilan boshqa qurilmalar o’rtasidagi muloqotni o’rnatishga xizmat qiluvchi dasturiy vositalardir. Ular har bir qurilma (klaviatura, «sichqoncha», printer, kompakt disk diskovodlari drayverlari va h.k.). uchun alohida-alohida ishlab chiqarilgan bo’lib, shu qurilmalarning kompyuter bilan hamkorlikda ishlashini ta’minlaydi va nazorat qilib boradi.


Masalan, quyidagilar eng asosiy drayverlarga misol bo’la oladi:
Mouse.com – kompyuter bilan «sichqoncha» o’rtasidagi muloqatni o’rnatadi va ularning birgalikda ishlashini nazorat qilib boradi;
Keyrus.com – klaviaturadagi kirillcha harflar bilan ishlashni tashkil qiladi.
Agar birorta qurilmaning drayveri kompyuter xotirasida bo’lmasa kompyuter bu qurilmaning ulanganini sezmaydi ham, bu qurilma bilan ishlay olmaydi ham. Shuning uchun ham, har bir yangi qurilma xarid qilinganda shu qurilmaning drayveri yozilgan disketa ham qo’shib beriladi.
Zamonaviy operasion tizimlar esa kompyuterning barcha ichki va tashqi qurilmalari bilan ishlay oladi. Chunki barcha zamonaviy qurilmalarning drayverlari shu operasion tizimlarning tarkibida bordir.


Mavzu: Windows operasion sistemasi va uning turlari


Reja:
1. Windows operasion sistemasi va uning imkoniyatlari.
2. Windows operasion sistemasining turlari.

WINDOWS sinfiga kiruvchi operatsion tizim(OT) lar ko’p vazifali OT lar qatoriga kiradi. WINDOWS operatsion tizimi Microsoft firmasining IBM tipidagi kompyuterlar uchun yaratilgan grafik muloqotli dasturidir. WINDOWS dasturlari dastlab 1983 yilda yaratilgan bo’lsa, yildan - yilga u takomillalashtirilmoqda. WINDOWS so’zi inglizcha WINDOW – darcha, oyna, S – lar ma’nosini bildiradi.


WINDOWS muhiti foydalanuvchilar uchun qulay, ko’pgina imkoniyatlarga ega bo’lgan dastur bo’lib, MS DOS OT ning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. WINDOWS dasturlarida NC dasturi kabi fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish va boshqa amallarni tezda va yaqqol bajarish mumkin. Har bir bajarilayotgan amallar ekranda grafik ravishda tasvirlanadi. Bundan tashqari WINDOWS OT bilan ishlaganda bir vaqtning o’zida bir necha masalalarni echish, ixtiyoriy printer va displey, MS DOS dasturlari bilan ishlash qobiliyatiga ega.
WINDOWS OT va uning dasturlari quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • foydalanuvchiga zamonaviy grafik muloqotni tavsiya etadi;

  • foydalanuvchi turli kompyuter dasturlari bilan ishlashida yagona muloqot vositasini yo`lga qo`yadi;

  • boshqa operatsion tizimlar(masalan, MS DOS) bilan ishlaganda uning ishini to`laligicha ta'minlaydi;

  • bir vaqtning o`zida bir nechta vazifalarni bajaradi, hohlagan vaqtda bir dasturdan ikkinchisiga o`tishni ta'minlaydi;

  • kompyuterda mavjud operativ xotiradan unumli foydalanishga erishadi;

  • bir dasturdan boshqa dasturga ma'lumotlar almashinuvini ta'minlay oladi, va boshqalar.


Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish