Grafik muharrirlar - foydalanuvchilarga kompyuter yordamida grafiklar, rasmlar, fotosuratlar ustida turli (grafikli, rasmli va fatosuratli ma’lumotlarni tashkil qilish, ularni tahrir qilish, ularni ko’zdan kechirish, chop etishga tayyorlash va h.k.) amallarni bajarishga imkon beruvchi dasturiy vositalardir
Multimedia vositalari - foydalanuvchilarga nafaqat matnli va grafik ma’lumotlar bilan, balki turli audio (ovozli) hamda videoma’lumotlar bilan ham ishlash imkonini beruvchi dasturlariy vositalardir. Ular, kompyuter boshqaruvida multimediali ma’lumotlar ustida turli (ularni yaratish, ijro ettirish, tahrir qilish, va h.k.) amallarni bajarishga imkon beruvchi dasturiy vositalardir.
Ishchi vositalar – ish jarayonida tez-tez murajaat qilib turiluvchi dasturiy vositalar bo’lib, foydalanuvchiga kompyuterda turli amaliy masalalarni (turli jadvallar hamda ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, turli loyihalarni yaratish, moliya va buxgalteriya amallarini bajarish, matematik formulalar va grafiklar Bilan ishlash, turli dasturlar yaratish) hal qilishda yordam beradi.
Telekommunikasiya vositalari – aloqa uzatish vositalari orqali kompyuterlararo hamda aloqa to’rlariaro ma’lumotlarni uzatish hamda qabul qilishni, kerakli ma’lumotlarni Internet tizimidan izlashni tashkil qiluvchi dasturiy vositalardir.
Ishchi holatlariga (versiyalariga) ko’ra guruhlanishi
Ma’lumki, dasturlarni insonlar yaratadi. Shuning uchun ham dasturlarda turli hatoliklar uchrashi mumkin. Tuzilgan dastur to ishchi dasturga aylanguncha shu xatolarni aniqlab, tuzatish jarayonini o’taydi. Dasturlarda uchraydigan bunday xatolarni tabiatiga ko’ra ikkita guruhga ajratish mumkin:
Imloviy xatolar. Bunday xatolar - qo’pol xatolar hisoblanib, ular osonlik bilan aniqlanadi va tuzatiladi (masalan, dasturdagi birorta buyruq imloviy xato bilan berilgan bo’ladi);
Mantiqiy xatolar. Bunday xatolar yashirin xatolar bo’lib, dasturning ishlash jarayonining qaysidir etapida mantiqiy bog’lanish buzilganligini bildiradi (masalan, mantiqan noto’g’ri berilgan amal, ma’lum qurilmaning imkoniyatining shu dasturning talabiga javob bera olmasligi va h.k.) Natijada shu etapga kelib dastur ishlashdan to’xtaydi. Bunday xatolar faqatgina shu dasturni sinab ko’rish jarayonidagina aniqlanadi.
Shularga ko’ra, tuzilgan dastur ishchi dasturga aylanguncha uning quyidagi versiyalari yaratiladi:
Alfa – versiya. Tuzilgan dasturning dastlabki, hali xatolari aniqlanmagan hamda tuzatilmagan versiyasidir;
Beta – versiya. Tuzilgan dasturning imloviy xatolari tuzatilgan versiyasidir.
RC (Release Candidate) – versiya. Tuzilgan dasturning sinov paytida aniqlangan yashirin xatolari ham tuzatilgan versiyasidir. Faqat, shu versiyadagi dasturlar - tarqatilishga tayyor bo’lgan ishchi dasturlardir.
Shunlay xatolarni aniqlash hamda ularni tuzatish jarayonida dasturlarga ba’zi o’zgarishlar kiritilishi mumkin. Kiritilgan o’zgarishlarning qanday darajadaligi shu dasturning versiya raqamida aks ettiriladi.
Masalan,
Microsoft Windows XP 1.0 – operasion tizimning o’zgarish kiritilmagan versiyasi;
Microsoft Windows XP 1.1 – operasion tizimning kam o’zgarish kiritilgan versiyasi;
Microsoft Windows XP 1.11 – operasion tizimning juda kam o’zgarish kiritilgan versiyasi;
Microsoft Windows XP 2.0 - operasion tizimning jiddiy o’zgarish kiritilgan versiyasi.
Tarqatilish usullariga ko’ra guruhlanishi
Tarqatilish usullariga ko’ra dasturlar quyilagicha guruhlanadi:
Tekin tarqatiluvchi dasturlar (freware). Bunday dasturlar – Internet orqali tekin tarqatiluvchi dasturlardir. Ularni har qanday foydalanuvchi, kerakli Internet saytlardan izlab topib, kompyuteriga ko’chirib olishi mumkin;
Shartli-tekin tarqatiluvchi dasturlar (shareware). Bunday dasturlar ham Internet orqali tekin tarqatiladi. Lekin, ular ma’lum vaqtgacha (15 kundan to 45 kungacha) yoki ma’lum martagacha (15-20 martagacha) talabdagilek ishlashi mumkin. So’ngra esa, ular ishlashdan to’xtaydi va foydalanuvchiga dasturni to’lasincha sotib olish to’g’risidagi takliflarni hamda shu dastur sotilayotgan do’konlar yoki Internet manzilgohlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ekranga chiqaradi;
Reklama-to’lovli dasturlar (adware). Bunday dasturlar ham foydalanuvchiga tekin tushishi mumkin. Dasturning narxini esa, yirik savdo-tijorat kompaniyalari to’laydi. Buning evaziga esa, ular dasturga o’zlarining turli reklamalarini, savdo belgilarini, internet-do’konlarining manzilgohlarini joylashtirib, foydalanuvchiga o’z mahsulotlarini targ’ib qiladi (masalan, Internet ning har bir sahifasida shunlay reklamalarni uchratish mumkin);
Pullik (kommersiyali) dasturlar (commercialware). Bunday dasturlarga operasion tizimlarning, amaliy dasturlarning, utilitlarning, antivirus dasturlarning eng yangi versiyalari, elektron kitoblar, turli lug’atlar, qiziqarli kompyuter o’yinlari va shunga o’xshash xaridorgir vositalar kiradi. Ular Internet tizimi orqali ham, kompakt – disklar yordamida ham pullik tarqatiladi (sotiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |