Asosiy savollar: 1. WORD matn protsessori bilan tanishish va unda ishlash.
2. WORD matn protsessorining qo’shimcha imkoniyatlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: matn muharriri, matn protsessori, matnlarni kiritish, matnlarni tahrirlash, jadval tashkil qilish, xotiraga yozish, xotiradan chaqirish, chop etish.
Mavzuga oid asosiy muammolar: 1. WORD matn protsessori imkoniyatlari uning turli versiyalari ishlab chiqarilishiga qaramasdan o’zgarmasdan qolaveradi deb fikr yuritiladi. Bu aytilgan fikrni to’g’ri deb hisoblaysizmi yoki yo’qmi. Javobingizni izohlab bering.
2. WORD matn protsessorida faqatgina matnlar ustida ishlash mumkin bo’lmasdan unda jadval va grafika bilan ishlash imkoniyatlari ham mavjud. Dasturning bundan tashqari imkoniyatlari ham mavjud deb o’ylaysizmi? Siz ushbu fikrga qanday qaraysiz? Agar sizda boshqa fikr bo’lsa, javobingizni izohlang.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:Talabalarni WORD matn protsessori bilan tanishtirish va unda ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari: 1.1. WORD matn protsessori va uning ish jarayonini tushuntirib bera oladi.
1.2. WORD matn protsessorida matnlar ustida turli ko’rinishlarda ish bajara oladi.
1-asosiy savolning bayoni: WORD dasturi Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori imkoniyatli, matnlarni qayta ishlashga mo’ljallangan matn muharriridir.
WORD dasturi WINDOWS dasturi asosida ishlashga mo’ljallangan. Microsoft WORD dasturining avval WORD 5,6,7 va keyinchalik WORD 95, 97, 2000 versiyalari(turlari) paydo bo’ldi.
WORD dasturini ishga tushirish uchun WINDOWS dasturi oynasidagi WORD (W) yorlig’ini "Sichqoncha" ko’rsatkichi va tugmachasi bilan bosish kerak. Ishchi stolda joylashgan yorliqlarni "Sichqoncha" chap tugmasini 2 marta, ekranning o’ng yoki yuqori qismidagi yorliqlarni "Sichqoncha" chap tugmasini 1 marta bosish orqali ishga tushiriladi. Bundan tashqari «Пуск» tugmasi orqali ishga tushirsa ham bo’ladi. WORD dasturi ishga tushganda ekranda dasturning ishchi oynasi hosil bo’ladi.
Dasturning ishchi oynasi matnlarni yozish, muharrirlik qilish va formatlash uchun zarur bo’lgan elementlardan tashkil topgan. Oynaning yuqori qismida buyruqlar paneli joylashgan bo’lib, ularga Menyu satri va uskunalar panellari kiradi. Asosiy uskunalar paneli standart va formatlash uskunalar paneli hisoblanadi. Uskunalar paneli ostida chizg’ich (lineyka) joylashgan bo’lib, u santimetr yoki dyuymlarda ifodalanishi mumkin. Chizg’ich oynaning ishchi sohasida elementlarning joylanishini va formatlash amallarini boshqarishni nazorat qilishda yordam beradi.
WORD dasturi ishchi oynasining yuqori qismida menyu joylashgan bo’lib, u quyidagi bo’limlardan tashkil topgan:
Файл, Правка, Вид, Вставка, Формат, Сервис, Таблица, Oкно, ?. WORD dasturida kiritilgan matnni xotiraga saqlash uchun menyuning fayl bo’limida joylashgan Сохранит как…(Save as…) tashkil etuvchisi tanlanib ishga tushiriladi va ekranda fayl nomini so’raydigan oyna hosil bo’ladi. Ma’lumotga mos faylga nom berib, Enter yoki «ok» tugmachasi «Sichqoncha» ko’rsatkichi orqali bosiladi. Natijada ma’lumot xotiraga saqlanadi va saqlangan fayl .doc kengaytmali bo’ladi.
Muhokama uchun savollar: 1.1. WORD dasturini ishga tushirish tartibini ayting.
1.2. WORD dasturi oynasi tuzilishi nimalardan iborat.
1.3. WORD dasturi menyusi qaysi bo’limlardan iborat.
1.4. WORD da uskunalar paneli qanday o’rnatiladi.
1.5. WORD da standart uskunalar panelini o’rnatish qanday bajariladi.
1.6. WORD da format uskunalar panelini o’rnatish qanday bajariladi.
1.7. WORD da matnlarni nusxalab bir joydan ikkinchi joyga qo’yish
qanday bajariladi.
1.8. WORD da kiritilgan matnlarni o’chirish tartibi.
1.9. WORD da shrift turi va o’lchami qanday tanlanadi.
1.10. WORD da kiritilgan ma’lumot tashqi xotiraga qanday saqlanadi.