62
tahlil qilish va baholashdan boshlanadi. Biznes, ishlab
chiqarish va boshqa har
qanday ish istisno emas. Buning ustiga aynan biznesda tarmoqdagi va bozordagi
vaziyatni oldindan tahlil qilish boshqa joylarga qaraganda ko‗proq talab qilinadi.
Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili bu o‗z mohiyatiga ko‗ra
tashqi muhit diagnostikasidir. U biznes-rejani tayyorlashda rezyumedan keyingi
ikkinchi qadamdir. Biznes-reja tuzish bo‗yicha bugungi uslubiy tavsiyalar ushbu
bo‗limni mazkur korxona faoliyat ko‗rsatuvchi muhitning
investitsiyalarni jalb
qilishdagi jozibadorligini tahlil qilishdan boshlashni taklif qiladi. Tarmoqni
tavsiflash quyidagilarni qamrab olishi lozim:
tarmoqning iqtisodiy sektorini aniqlash (fan, ishlab chiqarish, xizmat
ko‗rsatish va hokazo);
mavsumiylik;
tarmoq bozorining geografik joylashuvi (mahalliy,
mintaqaviy, milliy,
xalqaro);
mazkur tarmoq taklif etuvchi asosiy mahsulot va xizmat turlari;
tarmoqning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari;
tarmoq bozorining tuzilmasi, sig‗imi va uning o‗zgarish tendensiyalari;
korxona rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan
omillari (yangi iste‘molchi va raqobatchilar, qonun va qoidalarning paydo bo‗lish
ehtimoli).
Tarmoq va biznes sohasi to‗g‗risida qaror qabul qilish tadbirkorning o‗zi uchun
ham, tadbirkorlik loyihasi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan faoliyat
sohasining rivojlanish tendensiyalarini to‗liq hisobga olmaslik biznes-loyihani joriy
qilishda kutilmagan natijalarga va iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib kelishi
mumkin.
Tarmoqning jahon mehnat taqsimotida va xalqaro bozorda tutgan o‗rni, uning
eksport imkoniyatlari,
shuningdek, xalq xo‗jaligining ushbu tarmoq mahsulotlari
qiziqish uyg‗otuvchi boshqa tarmoqlari bilan ishlab chiqarish-texnik aloqalari
haqidagi ma‘lumotlar foydali hisoblanadi (6.1-rasm).
Иқтисодий конъ-
юктура
Ҳуқуқий ва иқтисодий
чекланиш
Тадбиркорнинг билими,
тажрибаси ва қобилияти
Хамкорлик ва
кооперациянинг
мақсадга муво-
фиқлиги
Танлаш омил-
лари
Фаолият соҳа-
лари
63
6.1-rasm. Tadbirkorlik faoliyati sohasini tanlashning asosiy omillari.
Tarmoqning kompleks tahlilini va uning jozibadorligini baholashni MDH
davlatlari uchun Jahon tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan
ishlab chiqilgan in-
vestitsiyaviy
loyihalashtirishda
ma‘lumotlarini
to‗plash, tahlil qilish va
umumlashtirish bo‗yicha takliflarda berilgan uslub orqali amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir.
Nazariyaning konseptual xulosalaridan biri shundan iboratki, eng yirik korxon-
alar bozordagi kattagina ulush bilan bir tomondan va unchalik katta bo‗lmagan ixti-
soslashgan kichik korxonalar ikkinchi tomondan ko‗zlagan foydalilik darajasiga er-
ishish uchun imkoniyatga egadirlar.
Har qanday davlatda biznesning taqiqlangan sohalari (kontrabanda,
pornografiya va boshqalar) hamda davlat monopoliyasi bo‗lgan
faoliyat turlari
(qurol-yarog‗, zaharli kimyoviy moddalar, narkotik moddalar) mavjud bo‗ladi.
Ko‗plab tadbirkorlar uchun u yoki bu tarmoqqa kirib borishda iqtisodiy va
boshqa turdagi to‗siqlar yuzaga kelib, ular odatda boshlang‗ich kapital darajasining
yuqoriligi, kiritilgan mablag‗larning o‗zini qoplash
muddati uzoqligi va foyda
olishdagi noaniqliklarga bog‗liq bo‗ladi.
SHuningdek, tadbirkorlik faoliyatining davriylik (o‗sish turg‗unlik, pasayish)
ta‘siriga uchrashi sababli yuzaga kelgan bozor kon‘yunkturasini ham hisobga olish
lozim.
Biznes-rejani muvaffaqiyatli amalga oshirishda bozorni to‗g‗ri aniqlashdan
tashqari
uning
hali
egallanmagan
yoki
raqobatchilar
tomonidan
to‗liq
foydalanilmagan qismini topish ham muhim ahamiyat kasb etadi. YA‘ni ma‘lum bir
iste‘molchilarga yo‗naltirilgan va tadbirkorga o‗z imkoniyatlaridan samraliroq
foydalanish imkoniyatini beruvchi tadbirkorlik faoliyati sohasini ifodalovchi «bozor
qismi»ni topish muhim. Uning hajmi bozor segmenti sig‗imidan kichik bo‗lib, unda
raqobatchilar kam bo‗lishi lozim. Bu bozordan joy
qidirish va uni egallash
jarayonining mohiyatini aks ettiradi.
Ushbu jarayonni iste‘molchilar doirasi aniq belgilangan holda faoliyat sohasi
miqyosini tanlash sifatida belgilash mumkin bo‗lib, u muayyan tadbirkorning
xususiyatlari va ustunliklariga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: