7. Patent huquqlari
Ushbu qismda korxonaning bozorga raqobatchilar kirib kelishiga to‗sqinlik
qilishi mumkin bo‗lgan turli xil ixtirolarga egalik huquqi, patentlar tavsiflanadi:
1.
foydali modellar;
2.
tovar belgilari;
3.
tovarning kelib chiqish joyi nomlanishi.
Ushbu ob‘ektlarga, «nou-xau»ga egalik litsenziyalari ko‗rsatiladi.
8. Eksport ko„rsatkichlari va uning imkoniyatlari
Mahsulotning ayrim turlari tashqi bozorga chiqariladigan bo‗lsa, eksportni
tavsiflovchi asosiy ko‗rsatkichlar: mamlakat, sotuv hajmi, valyuta tushumini
ko‗rsatish lozim. Boshqa tovarlar bo‗yicha ichki bozorga mo‗ljallangan mahsulotni
chet ellik iste‘molchilar talablariga moslashtirishning maqsadga muvofiqligi va
imkoniyatlari ko‗rsatiladi.
9. Mahsulotni takomillashtirishning asosiy yo„nalishlari
Ushbu bo‗limda iste‘molchilar so‗rovlarini ko‗proq qondirish maqsadida
mahsulotni modernizatsiyalashning asosiy g‗oyalari, yo‗nalishlari va imkoniyatlari
keltiriladi.
7.2. Mahsulotni baholash usullari
Tovar
murakkab tushuncha bo‗lib, bir qator xususiyatlar yig‗indisini qamrab
oladi. Ulardan asosiysi iste‘molchilik sifatlari, ya‘ni tovarning o‗z egasi ehtiyojlarini
qondira olishi hisoblanadi. Tovarning ko‗pchilik tomonidan qabul qilingan ta‘rifi -
«sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuli» to‗g‗ri bo‗lsada, tovarni pulga
ayirboshlashdagi rolini emas, undan foydalanish imkoniyatlarining ahamiyatini
ko‗rsatish muhim:
tovar bu – ma‟lum bir ehtiyojni qondirish vositasidir
.
Tovarning boshqa yana bir ta‘rifiga ko‗ra – bu buyumning foydali xususiyatlari
yig‗indisidir. SHu sababli u iste‘molchilar ehtiyojlarini moddiy qondirish uchun zarur
bo‗lgan barcha tarkibiy elementlarni avtomatik ravishda qamrab oladi.
Tovarning iste‘mol qiymati tovarning o‗zi va unga qo‗shimcha xizmatlar bilan
bog‗liq xususiyatlar yig‗indisi sifatida namoyon bo‗ladi. Korxonaning barqaror
muvaffaqiyati uchun doimiy mijozlar to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilish zarurligi sababli
raqobatli bozorda tovar narxi, o‗rovi (qadoqlanishi), dizayni, ergonomik xususiyatlari
72
va unga tegishli hujjatlarga alohida e‘tibor qaratish lozim.
SHu bilan birga avtomobil,
traktor yoki stanok dizaynining ajoyibligi uni bozorda muvaffaqiyatsizlikka
uchrashidan himoya qila olmaydi.
Tovarlarni tadqiq etishning pirovard maqsadi bozordagi tovarlar sifati va
texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlarining xaridorlar so‗rov va talablariga mos kelishi,
shuningdek ularning raqobatbardoshligini tahlil qilish hisoblanadi. Tovarlarni tadqiq
etish iste‘molchi nimaga ega bo‗lmoqchiligi, u mahsulotning qaysi iste‘mol
ko‗rsatkichlarini (dizayn, ishonchlilik, narx, ergonomika, servis, funksionallik)
ko‗proq qadrlashi haqidagi ma‘lumotlarni olishga imkon beradi. SHu bilan birga
reklama kampaniyasi uchun eng omadli dalillarni olish, to‗g‗ri keluvchi savdo
vositachilarini tanlash ham mumkin. Tadqiqot ob‘ektlari – o‗xshash tovarlar va
raqobatchi tovarlarning iste‘mol xususiyatlari, iste‘molchilarning yangi tovarlarga
reaksiyasi, tovar assortimenti, o‗rovi, servis darajasi, iste‘molchilarning istiqboldagi
talablari hisoblanadi. Tadqiqot natijalari korxonaga xaridorlar talablariga mos
ravishda o‗z tovar assortimentini ishlab chiqish, ularning raqobatbardoshligini
oshirish, tovar hayotiylik davrining bosqichlaridan kelib chiqqan holda faoliyat
yo‗nalishlarini tanlash, g‗oyani izlab topish va yangi tovarlarni ishlab chiqish, tovar
markalanishini takomillashtirish, firma stilini ishlab chiqish, patentlarni himoya qilish
usullarini aniqlashga imkon beradi.
Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tovar yoki mahsulotni to‗g‗ri ko‗rsata
bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda tovarning taxminiy narxi va uni
ishlab chiqarish uchun zarur bo‗lgan xarajatlar miqdorini ko‗rsatish tavsiya qilinadi.
Ularga ko‗ra har bir tovar birligi keltirishi mumkin bo‗lgan foyda hajmini aniqlash
mumkin.
Tovarning asosiy xislatlarini, uning dizayni va o‗rovining afzalliklarini aniq
tavsiflash katta ahamiyatga ega. Bularning barchasi tashqi va ichki bozorda sotish
uchun mo‗ljallangan tovarlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar tovar xaridorlar talablarini qondira olmasa uni sotish uchun hech qanday
hatti-harakatlar ko‗ngildagidek tijorat natijalarini bermaydi. Ishlab chiqarilayotgan
tovarning bozor talablariga mos kelmasligi hozirgi kun sharoitlarida katta moliyaviy
yo‗qotishlarga olib kelishi mumkin. Tovarning «sotiluvchanligi»ni baholashning eng
samarali usuli tanlangan bozorlarda sinov tariqasida sotish hisoblanadi. Bu birinchi
navbatda shaxsiy iste‘mol tovarlariga taalluqlidir. Bozor sinovlarini tashkil qilishning
qiyinligi va qimmatligi sababli ishlab chiqarish yo‗nalishidagi tovarlarni sinov
tariqasida sotish kamdan-kam amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish yo‗nalishidagi tovarlar, ayniqsa, mashinalar, asbob-uskuna va
qurilmalarni iste‘molchilarga bepul asosda sinash uchun etkazib berish tavsiya
qilinadi. Bunday sinov natijalari korxonaga mahsulot raqobatbardoshligini oshirish
uning texnik darajasi va sifatini eng yuqori bozor talablariga etkazishga imkon
beruvchi muhim ma‘lumotlarni beradi. Sinov natijasida olingan ma‘lumotlar tovarni
ommaviy ishlab chiqarishni boshlashdan avval unga zarur o‗zgartirishlar kiritish va
uni muayyan bozorlarga moslashtirish uchun katta imkoniyat beradi. Sinov
tariqasidagi sotuvlar to‗liq muvaffaqiyatsizlikka uchraganda tovar umuman ishlab
chiqarishdan olib tashlanadi.
Bo‗limda mahsulot servisini tashkil qilish ham tavsiflanishi lozim (agar
73
mahsulot texnik mahsulot bo‗lsa). E‘tiborni tovarning kamdan-kam uchraydigan
xislatlariga qaratish tavsiya etilmaydi. YAxshisi bozorni maksimal qondirish, o‗ziga
xos iste‘mol xususiyalariga ko‗proq e‘tibor qaratgan ma‘qul. Bu yo‗nalishda birinchi
qadam o‗z tovarini to‗liq va yaxshi bilish, uning kutilayotgan xaridor uchun keltirishi
mumkin bo‗lgan foydalaridan xabardor bo‗lish hisoblanadi.
Tashqi bozor uchun mo‗ljallangan tovarlarni tanlashda ichki bozorda sotuv
natijalarini baholash katta foyda beradi. Tashqi bozor uchun mo‗ljallanuvchi tovarlar
narx, estetika va funksiyalar nuqtai nazaridan o‗ziga xos baholashni talab qilishini
yoddan chiqarmaslik zarur.
Javob topish lozim bo‗lgan savollar quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |