108
shakliga bog‗liq bo‗ladi. Agar gap davlat korxonasi haqida borayotgan bo‗lsa, bu
holda bo‗ysunish tizimi va davlatning korxona xo‗jalik
faoliyatiga aralashuvi
chegaralari ko‗rsatilishi lozim. Aksiyadorlik jamiyatida esa direktorlar kengashi,
asosiy rahbarlarning vazifalari aks ettirilishi, aksiyadorlik kapitalining aksiyadorlar
o‗rtasida qay tariqa taqsimlanishi belgilab olinishi lozim. Korxona faoliyatida ishtirok
etishni istagan boshqa investorlar haqida, ayniqsa, ularga tegishli aksiyalar soni va
ulushi, ularni sotib olish vaqti va aksiyalar qiymati haqida ma‘lumot berish ham ishga
yordam beradi.
Bu erda yana bir narsa muhim ahamiyatga ega – korxona oldindan bor
bo‗lganmi yoki endi tashkil qilinyaptimi. Dastlabki
holatda korxona oldindan
belgilangan yo‗ldan borishi va biznes-reja tuzish bo‗yicha to‗plangan tajribalardan
foydalanishi mumkin. Keyingi holatda esa tadbirkor u yoki bu mulkchilik shaklini
tanlash sabablarini izohlab berishi, bu shaklni o‗zgartirish istiqbollari belgilashi
hamda nima sababdan bu strategiyani eng yaxshi deb hisoblashini tushuntirib berishi
zarur. Bundan tashqari, ushbu hujjatda korxonani tashkil qilish va uning kelgusidagi
faoliyatini tartibga solishni tavsiflovchi barcha qonun hujjatlari aks ettirilishi lozim.
Menejment va rejalashtirish sohasida mehnat qiluvchi iqtisodchi va olimlar
biznes-rejaning ushbu bo‗limida eng muhim va mustaqil masalalar sifatida
quyidagilarni ko‗rib chiqishni taklif qiladi:
biznes-rejaning ishbilarmonlik jadvali;
boshqaruvni tashkil etish;
kadrlar siyosati va personalni boshqarish.
Ishbilarmonlik jadvali bu korxonaning yaratilishi va
kelgusi faoliyatidagi eng
muhim hodisalar belgilangan jadvaldir. Unda mahsulotni ishlab chiqish va ishlab
chiqarish jarayoni, bozorni baholash, sotuv dasturini tayyorlash va boshqalarning
vaqt bo‗yicha grafigini belgilash tavsiya qilinadi.
SHuningdek, biznes-rejaning muvaffaqiyatga erishishini ta‘minlovchi eng
muhim topshiriqlar: dizaynning yakunlanishi, mahsulotning ko‗rgazmalarda
namoyish etilishi,
xom-ashyo, material va butlovchi qismlarga zarur miqdorda
buyurtma berish, ishlab chiqarishning boshlanishi, birinchi buyurtmaning olinishi,
birinchi to‗lovlarni amalga oshirishni ko‗rsatish tavsiya etiladi. Ishbilarmonlik jadvali
butun ishning asosiy holatlarini nazorat qilish, paydo bo‗luvchi muammolarni
bartaraf qilish va etkaziluvchi zararni kamaytirishga imkon beradi.
To‗g‗ri tuzilgan jadval hamkorlarga boshqaruv komandasining mahorati yuqori
ekanligidan dalolat beradi. Tadbirkorlar turli vazifalarni bajarish uchun talab
qilinuvchi vaqtni noto‗g‗ri baholashlari mumkinligi sababli
real imkoniyatlardan
kelib chiqish zarur.
Ko‗plab chet ellik kompaniya va firmalar o‗z biznesida yanada ko‗proq
muvaffaqiyatga erishish maqsadida reklamadan keng foydalanib, turli bukletlar,
ekspress-axborotlar chiqaradilar. Biznesning ushbu jihati korxonaning ishbilarmonlik
jadvalida hisobga olinsa yomon bo‗lmas edi. Masalan, unda yozma va grafik shaklida
quyidagilar aks ettirilishi mumkin:
-
korxonani yaratish;
-
biznes bo‗yicha hamkorlar;
-
ishlab chiqarishning boshlanishi;
109
-
dastlabki tovar partiyasini etkazib berish;
-
savdo vakolatxonalari bilan bitimlar tuzish;
-
savdo ko‗rgazmalariga chiqish;
-
ulgurji savdogarlar bilan kelishuv imzolash;
-
ishlab chiqarish uchun zarur miqdorda materiallar buyurtma qilish;
-
hisob raqamiga kelib tushgan birinchi to‗lov va tushumlarni olish.
Ko‗zga yaqqol tashlanib turishi uchun maxsus grafikda ishlab chiqarishning
to‗liq davrini - xom-ashyo xarid qilishdan to chiqarilayotgan har bir mahsulot uchun
pul tushumi olishgacha davrni aks ettirish tavsiya qilinadi.
SHunday qilib, biznes-rejadagi ishbilarmonlik jadvali quyidagilarni nazarda
tutadi:
-
korxona faoliyatining asosiy, hayot uchun eng muhim sohalarini ajratib
ko‗rsatish;
-
har bir ishning boshlanishi va tugash vaqtini aniq belgilash;
-
faoliyatning har bir muhim sohasi uchun javobgar shaxslarni tayinlash;
-
jadvalda yuz berishi mumkin bo‗lgan uzilishlarni va ularni to‗g‗rilash
uchun amalga oshiriluvchi hatti-harakatlarni belgilash;
-
javaldan chetga chiqishning biznes-rejaga ta‘sirini muhokama qilish.
Bo‗limning eng asosiy jihati tashkiliy tuzilmaning
biznes vazifalariga mos
kelishini namoyish etish hisoblanadi. Gap shundaki, biznesda tashabbus alohida
ahamiyatga ega bo‗lib, u ko‗pincha an‘anaviy yondashuvlar bilan ziddiyatga
uchraydi. Qabul qilinuvchi qarorlarning ustivorligini belgilashda muammolarning
oldini olish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish hamda maksimal foydani
ta‘minlovchi bo‗linmalarni samarali rag‗batlantirishni ta‘minlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: