119
11.1. Moliyaviy rejaning mohiyati va asosiy bo„limlari
Moliyaviy reja bu biznes-rejaning yakunlovchi bo‗limidir.
Unda korxona
faoliyatini moliyaviy ta‘minlash hamda mavjud pul mablag‗laridan joriy
moliyaviy
axborot va mahsulotni sotish bashoratlari asosida eng samarali foydalanish masalalari
ko‗rib chiqiladi. Aynan shu bo‗limdan investor yoki bankir olish mumkin bo‗lgan
foyda miqdorini, qarz beruvchi esa potensial qarz oluvchining o‗z
qarzini qaytarish
uchun imkoniyatlarini bilib olishi mumkin.
Moliyaviy reja biznes-rejaning boshqa bo‗limlarida keltirilgan ma‘lumotlarga
zid
kelmasligi
lozim.
Moliyaviy
rejadagi
nomutanosibliklar
moliyachi
mutaxassislarning malakasi kamligidan yoki insofsizligidan darak beradi. Sifatsiz
tayyorlangan moliyaviy reja noto‗g‗ri xulosa chiqarishga va korxona nufuzini
pasaytirishga olib kelishi mumkin.
Moliyaviy rejada moliyaviy resurslar (kapital) qachon,
qaerda va nima
maqsadda sarflanishi, biznesning muvaffaqiyatga erishishi uchun korxona oldida
turgan maqsadlar batafsil yoritib beriladi.
Boshqacha qilib aytganda, nafaqat
xarajatlar, balki daromadlar va boshqa moliyaviy tushumlar ham ko‗rsatiladi.
Ko‗ngildagidek tayyorlangan moliyaviy rejadan korxona zahiralarini baholash va jalb
qilish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash uchun foydalanish mumkin.
Moliyaviy rejaning shunga o‗xshash an‘anaviy rejalardan farqi shundaki, u
bozordagi vaziyatni to‗laligicha, xususan, fond bozoridagi
vaziyatni ham hisobga
olishni majburiy qilib qo‗ygan. Moliyaviy muhit to‗g‗risidagi to‗liq axborotning
mavjudligi biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim zamin tayyorlaydi. Biroq,
ayrim axborotlar etishmayotgan, bozor to‗liq o‗rganib
chiqilmagan, ishlab chiqarish
masalalarining ba‘zilari oxirigacha ishlab chiqilmagan bo‗lsa ham, biznes-rejaning
ushbu bo‗limi baribir tuzilishi lozim. Bunda eng katta ma‘no moliyaviy
ko‗rsatkichlarda bo‗lib, ular korxonaning moliyaviy barqarorligini ta‘minlaydi va bir
vaqtning o‗zida investitsiya, tashkiliy va texnik qarorlar qabul qilishda foydali
bo‗ladi.
Moliyaviy reja biznes-reja bilan bir xil muddatga ishlab chiqiladi.
mavjud
tavsiyalarga ko‗ra uni 3-5 yilga ishlab chiqish ma‘qul. Bunda dastlabki yil uchun
rejadagi ko‗rsatkichlarni oylar bo‗yicha, ikkinchi yil uchun choraklar bo‗yicha va
keyingi davr uchun yillar bo‗yicha guruhlarga taqsimlash maqsadga muvofiq.
Masalan, xorijiy amaliyotda biznesning birinchi yili (yangi korxona ochilishi) uchun
moliyaviy reja ko‗rsatkichlari oylar bo‗yicha va har bir modda bo‗yicha taqsimlanadi.
Keyingi yillarda bu ko‗rsatkichlar yil davomida mahsulotni sotish hajmi foizlarida
aniqlanadi. Bunday rejaning umumiy sxemasi quyida shaklda bo‗lishi mumkin:
Bir yilda sotuv hajmi – 100
jumladan:
ishlab chiqarish xarajatlari – 50
davr xarajatlari va foyda – 50
shundan:
a) marketing va sotuv xarajatlari – 15
b) joriy qilish xarajatlari - 10
v) boshqaruv xarajatlari – 8
120
g) soliqlar to‗lanmasdan oldingi foyda – 17
Moliyaviy rejaning asosini tashkil etuvchi
qismlardan biri korxonaning
moliyaviy-iqtisodiy xolatini tahlil qilishdir
26
.
Korxonaning moliyaviy - iqtisodiy xolatini baholashda korxonaning moliyaviy
xolati ko‗rsatkichlarini tahlil qilish tavsiya qilinadi.
Tahlil korxonaning moliyaviy hisoblari asosida oxirgi uch yildagi moliyaviy
ko‗rsatkichlardan foydalangan holda amalga oshiriladi (11.1-jadval).
11.1- jadval.
Korxonaning to‗lovga qobilligi va amaliy faolligi asosiy ko‗rsatkichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: