Nazorat savollari:
1.1. Kompyuter dasturlari nima va u qanday vazifalarni bajaradi.
1.2. Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linadi va ularning vazifasini izohlang.
1.3. Tizimli dasturlarning hozirgi ahvoli va rivojlanish taraqqiyoti nimalardan iborat.
1.4. Amaliy xizmat dasturlari bilan instrumental dasturlarning qanday farqlari bor.
2-asosiy savol bo‘yicha darsning maqsadi: Operatsion tizim tushunchasi, vazifasi, turlari va tashkil etuvchilari to‘g‘risida ma'lumotlar berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
2.1. Operatsion tizim tushunchasiga ta'rif bera oladi.
2.2. Operatsion tizimning tashkil etuvchilariga izoh bera oladi.
2.3. Operatsion tizim turlari va ularning afzallik tomonlarini ajrata oladi.
2-asosiy savolning bayoni:
Kompyuter xotirasiga birinchi bo‘lib, Operatsion tizim (OT) deb nomlangan tizimli dastur yoziladi.
Operatsion tizim deb, shunday dasturga aytiladiki, bu dastur yordamida kompyuter bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi muloqot o‘rnatiladi, shu bilan birga barcha kompyuter qurilmalari ishini boshqarib boradi.
Operatsion tizim – bu kompyuterni boshqarish, amaliy dasturlarni ishga tushirish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini ta'minlovchi dasturiy vositalar yig‘indisidir.
OT kompyuterning markaziy protsessori, tezkor yoki tashqi xotirasini, tashqi qurilmalari va boshqalarini boshqarib boradi.
OT lar quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tasniflanadi:
Bir vaqtda ishlaydigan foydalanuvchilar soniga ko‘ra.
Bir vaqtning o‘zida bajaradigan vazifasiga ko‘ra.
Protsessorlar soniga ko‘ra.
OT razryadi(belgi, kodi) ga ko‘ra.
Interfeys turiga ko‘ra.
Kompyuter qurilmalari bilan foydalanish turiga ko‘ra.
Kompyuter tarmoqlaridan foydalanish jihatiga ko‘ra.
Kompyuter elektr tarmog‘iga ulangandan so‘ng birinchi bo‘lib operatsion tizim ishga tushadi. OT ishga tushsa ekranda quyidagi muloqot satri deb nomlangan satr chiqadi:
S:g‘>_ yoki A:g‘>_
Operatsion tizim ishida xotira qurilmalari (disklar)ga murojaat qilganda disklar quyidagicha nomlanadi:
A, V – yumshoq magnitli disklar;
S, D, F ... - qattiq magnitli disklar (vinchesterlar).
Zamonaviy kompyuterlar uchun yaratilgan OT quyidagi turlari keng qo‘llanilmoqda: MS DOS, ADOS, DR DOS, OS/2, UNIX, WINDOWS 95, WINDOWS NT va boshqalar.
Eng ko‘p tarqalgan OT lardan biri MS DOS va WINDOWS OT lari hisoblanadi. Barcha OT lar bir - biridan bajaradigan vazifalar soniga ko‘ra va ish bajarish imkoniyatiga ko‘ra farqlanadi.
DOS oilasiga mansub OT lar bir vazifali bo‘lib, kompyuter interfeysi foydalanuvchi kiritadigan buyruq yordamida amalga oshiriladi.
OS/2 deb nomlangan OT lar IBM firmasi tomonidan 1987 yili shaxsiy kompyuterlarning yangi PS/2 yaratilishi munosabati bilan ishlab chiqarildi. Bu OT ko‘p vazifali hisoblanadi. OT ning bu turi bir nechta amaliy dasturlarni parallel ravishda bajaradi. OS/2 OT qulay grafik foydalanuvchi interfeysiga ega. Fayllar tizimi DOS tizimiga mos keladi.
UNIX deb nomlangan OT lar ko‘p vazifali bo‘lib, turli tarmoqlar bilan ishlashga juda qulay. Lokal va global tarmoqlarga modemlar bilan chiqish imkoniyatiga ega. Ularning ber nechta turlari yaratilgan.
Windows oilasidagi OT lar Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular qulay grafik interfeysga ega bo‘lib, ko‘p vazifali OT dir. Bu oila vakillaridan WINDOWS 95 va WINDOWS NT lar keng tarqalgan.
OT ning tashkil etuvchilari quyidagilar:
1. Oddiy kiritish – chiqarishni ta'minlovsi dastur - BIOS.
2. OT ni yuklovchi dastur - IPL.
3. Murakkab kiritish - chiqarishni ta'minlovchi dastur - io.sys va ms dos.sys;
4. Buyruq protsessori, kiritilgan buyruqlarni qayta ishlovchi dastur - sommand.com.
OT xotiraga yozilgandan so‘ng, boshqa dasturlar ham ketma-ket xotiraga yoziladi. Rezident dasturlar – orqali kompyuter qurilmalari ish faoliyati boshqariladi. Masalan: klaviaturani kiril alifbosiga o‘tkazish uchun rk.com, keyrus.com, keyboard.com kabi dasturlar ishlatiladi, ular drayverlar deb ham ataladi.
Kerakli rezident dasturlar autoexec. bat (buyruq fayli batch file) orqali tezkor xotiraga joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |