Quyi darajadagi dasturlash tillarida ko‘rsatmalar raqamlar yordamida sonli kodlashtirish orqali beriladi. Bu guruhga M-20 deb nomlangan dasturlash tilini misol qilish mumkin.
O‘rta darajadagi dasturlash tillarida ko‘rsatmalar inson tiliga yaqin bo‘lgan qisqartirilgan holdagi so‘zlardan iborat bo‘ladi. Bu guruhga BeMSh, MADLEN va boshqa dasturlash tillarini kiritish mumkin.
Yuqori darajadagi dasturlash tillarida ko‘rsatmalar inson tilidagi va unga yaqin bo‘lgan so‘zlardan iborat. Bu guruhga Paskal, Beysik, Fortran, Simula, Si kabi dasturlash tillarini kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |