Tushunarlilik xossasi – algoritmda beriladigan barcha atamalar va ko‘rsatmalar ijrochi uchun tushunarli tarzda bayon qilinishi kerak.
Aniqlik xossasi – algoritmning har bir ko‘rsatmasi bajaruvchi uchun aniq va bir ma'noli bo‘lishi kerak.
Diskretlik (uzluklilik) xossasi – algoritmda berilayotgan ko‘rsatmalar chekli qadamlardan iborat bo‘lishi zarur. Har bir berilayotgan ko‘rsatmalar bo‘laklangan alohida qismlardan iborat bo‘lishi va har biri alohida ma'noga ega bo‘lishi kerak.
Natijaviylik xossasi – tuzilayotgan har bir algoritmda berilgan masalaning natijasi qanday ko‘rinishda chiqarilishi aniq ko‘rsatilishi kerak.
Ommaviylik xossasi – algoritmdagi berilgan ko‘rsatmalar barcha uchun bir xil bo‘lishi, berilgan ko‘rsatmalar har qanday masalani yechish uchun qo‘llaniladigan umumiy qonun-qoidalardan chetga chiqmasligi kerak.
Algoritmlarning berilishi yoki ularni tasvirlash usullari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Algoritmning so‘zlar orqali ifodalanishi.
Algoritmning formulalar yordamida berilishi.
Algoritmning jadval ko‘rinishida berilishi.
Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi.
Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi.
Algoritmning grafik (geometrik sxemalar) shaklida tasvirlanishi.
Ko‘pchilik hollarda masalani yechish uchun berilgan ko‘rsatmalar va buyruqlar ketma-ketligini tasvirlashda algoritmlarning quyidagi grafik shakllardan ya'ni sxemalar blokidan foydalaniladi:
Berilgan masalaning ko‘rinishiga qarab, algoritmlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
Chiziqli algoritmlar.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar.
Takrorlanuvchi algoritmlar.
Chiziqli algoritmlar – oddiy ko‘rinishdagi hyech qanday shartlarga bog‘liq bo‘lmagan va tartib bilan faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga tuziladigan algoritmlardir.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar – biror shartga muvofiq bajariladigan ko‘rsatmalar bilan tuziladigan algoritmlardir.
Takrorlanuvchi algoritmlar – ko‘p marta takrorlanadigan qismni o‘z ichiga olgan va biror shart bajarilguncha davom etadigan algoritmlardir.
Yuqoridagi sxemalar bloki elementlaridan foydalanib, algoritm turlarining namunaviy ko‘rinishlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
Biror masalani kompyuterda hal qilish kerak bo‘lsa, masalani dastlab yechish ketma – ketligini so‘z yoki grafik shaklda yoziladi, ya'ni masalaning algoritmi tuziladi. Masalaga tuzilgan algoritmni kompyuter tushunadigan ko‘rsatmalar va qonun - qoidalar asosida yozish dastur deb ataladi.
Kompyuter uchun masalaga dastur tuzish jarayoni dasturlash deyiladi. Kompyuter tushunadigan ko‘rsatmalar va qonun - qoidalar asosidagi yozuvlar dasturlash tili deb ataladi.
Dasturlash tillari quyidagi uch guruhga bo‘linadi:
Quyi darajadagi dasturlash tillari.
O‘rta darajadagi dasturlash tillari.
Yuqori darajadagi dasturlash tillari.
Do'stlaringiz bilan baham: |