Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Download 3,32 Mb.
bet25/239
Sana31.12.2021
Hajmi3,32 Mb.
#214934
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   239
Bog'liq
инф укит мет мажмуа

Identiv o‘quv maqsadlari:

1. Informatika fanining amaliy mashg‘ulotlari mazmunini ochib bera oladi.

2. Informatika fanining amaliy mashg‘ulotlari maqsadi va vazifalarini izohlay oladi.

1-asosiy savolning bayoni:

Informatika fanidan mashg‘ulotlar o‘tkazishda amaliy mashg‘ulotlarning o‘rni beqiyosdir. Amaliy mashg‘ulotlarning mazmuni kompyuterni ishga tayyorlash, kompyuterga dastur kiritish va uni rostlash, ixtiyoriy amaliy dastur bilan ishlash, kompyuterning matn va grafik muharrirlari vositasidan foydalanish, kompyuterning boshqa imkoniyatlari bilan tanishish, ma'lumotlar, dasturlarning nusxalarini olish va ko‘paytirish, kompyuterda masala yechish bosqichlari, mashqlar bajarish jarayonida nazariy bilimlarni masala yechishga tadbiq qilish, mashqlar bajarish jarayonida ta'lim oluvchilar ijobiy fikrlash masalalarini rivojlantirish kabilardan iborat.

Amaliy mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi – o‘quvchilarga o‘zlarining kelajakdagi faoliyatlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini ta'minlaydigan amaliy bilim va malakalar berishdan iborat.

Amaliy mashg‘ulotlarning vazifasiga esa yuqorida ko‘rsatilgan amaliy mashg‘ulot mazmunini joriy qilishni shakllantirish amallarini kiritish mumkin.

Amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda ta'lim mazmunini differensiallash muhim ahamiyatga ega, chunki amaliy mashg‘ulotlarda tanlangan topshiriqlar mazmuni ixtiyoriy ko‘rinishdagi kasb egasiga zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikma va malakalarga asoslangan bilimlar minimumiga ega bo‘lishi kerak.

O‘quv muassasalarda ta'lim oluvchilar uchun amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini berishda tanlangan topshiriqlar barcha tinglovchilar uchun bir xil bo‘lmasligiga e'tibor berish kerak. Amaliy mashg‘ulotda mashqlarning ko‘rinishi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga qarab tanlanishi maqsadga muvofiq, ya'ni o‘quvchilar o‘quv predmetidan olgan nazariy bilimi qay darajada o‘zlashtirilganligini e'tiborga olib mos mashqlar oddiydan murakkabga qarab o‘quvchilarga tavsiya qilinadi.

Amaliy mashg‘ulotlarda tavsiya qilingan topshiriqlar mazmuni ta'lim oluvchilar bilim darajalari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda uch guruhga ajratib tavsiya qilinishi mumkin:

1. Birinchi guruh topshiriqlari – barcha o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.

2. Ikkinchi guruh topshiriqlari – fanni o‘rganishga qiziqqan o‘quvchilarga mo‘ljallanishi kerak.

3. Uchinchi guruh topshiriqlari – ushbu sohaga maxsus qobiliyati bor o‘quvchilarga mo‘ljallanishi kerak.

Amaliy mashg‘ulotlar uchun tanlangan mashqlarda quyidagi xususiyatlar bo‘lishi talab etiladi:


  • har bir mashqning qiyinlik darajasi;

  • mashqning o‘quvchilar uchun qiziqarliligi;

  • mashqlarning soddadan murakkabga qarab tanlanishi;

  • mashqlarning fanlararo bog‘lanishi va hayotiyligi;

  • mashqlar mustaqil ish va uy vazifasi sifatida foydalanishga mo‘ljallanishi.

Har bir tanlangan mashqni bajarish jarayonida kelib chiqadigan xulosalarni fikrlab hal qilishni ta'lim oluvchilarning o‘zlariga tavsiya qilish muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Amaliy mashg‘ulotlarda bajariladigan mashqlarni didatik maqsadlar mazmunini e'tiborga olib quyidagicha ajratish mumkin:



  • o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlashga doir mashqlar;

  • o‘rganilgan o‘quv materialini takrorlash va malaka hosil qilishga qaratilgan mashqlar;

  • bilim va malakalarni tizimlashtirishga qaratilgan mashqlar;

  • bilim va malakalarni tekshirishga qaratilgan mashqlar.

Amaliy mashg‘ulotlar uchun mashqlar tizimini yaratishda 20 ta topshiriq tuzilsa, uni 4 xil qiyinlik darajasi bo‘yicha quyidagi foyizlarda taqsimlash maqsadga muvofiq:

1 – darajali topshiriqlar – 8 ta (40%);

2 – darajali topshiriqlar – 6 ta (30%);

3 – darajali topshiriqlar – 4 ta (20%);

4 – darajali topshiriqlar – 2 ta (10%);

Amaliy mashg‘ulotlarda mashqlar tizimini yaratish metodikasini «Dasturlash jarayonida grafika elementlari» tushunchalarini o‘qitish misolida ko‘rib chiqamiz.

1 – darajali topshiriqlar.

1. Kompyuter ekranining markazida nuqta hosil qiling.

2. Kompyuter ekranining markazida o‘chib-yonuvchi nuqta hosil qiling.

3. Ekranda nuqtani gorizontal yo‘nalishda harakatlantirib, belgilangan joyda to‘xtatish amallarini bajaring.

4. Ekranda nuqtani gorizontal yo‘nalishda belgilangan joygacha harakatlantirib, to‘xtashi natijasida nuqtaning o‘chirilishini ta'minlash amallarini bajaring.

5. Ekranda nuqtani diogonal yo‘nalishda harakatlantirib, belgilangan joyda to‘xtatish amallarini bajaring.

6. Ekranda to‘g‘ri to‘rtburchak hosil qilib, uning markazida gorizontal joylashgan ikkita nuqta hosil qiling.

7. Ekranda teng tomonli uchburchak hosil qilib, uning markazida vertikal joylashgan ikkita nuqta hosil qiling.



  1. Ekranda aylana ichida kvadrat tasvirini hosil qiling.

2 – darajali topshiriqlar.

1. Ekranda nuqtani gorizontal yo‘nalishda harakatlantirib, so‘ngra dastlabki holatiga qaytarish amallarini bajaring.

2. Ekranda nuqtani diogonal yo‘nalishda harakatlantirib, so‘ngra dastlabki holatiga qaytarish amallarini bajaring.

3. Ekranda to‘g‘ri to‘rtburchak hosil qilib uning markazida o‘chib-yonuvchi nuqta hosil qiling.

4. Ekranda sektor hosil qiling.

5. Ekranda kub tasvirini hosil qiling.

6. Ekranda globus tasvirini hosil qiling.

3 – darajali topshiriqlar.

1. Ekranda to‘g‘ri to‘rtburchak, uning markazida esa gorizontal joylashgan ikkita nuqta hosil qilib, uni birgalikda harakatlantiring.

2. Ekranda ismingizning bosh harfini to‘g‘ri chiziqlar yordamida hosil qilib, uni gorizontal yo‘nalishda harakatlantiring.

3. Ekranda to‘g‘ri to‘rtburchakning markazida teng tomonli uchburchak hosil qilib, ularni ketma-ket o‘chib-yonib turishini ta'minlang.

4. Ekranda birin-ketin hosil bo‘luvchi ichma-ich joylashgan rekkurent aylanalar hosil qiling.

4 – darajali topshiriqlar.

1. SPRITE operatori yordamida kompyuter ekrani bo‘ylab harakatlanadigan tasvir hosil qiling.

2. Ismingizni ekran bo‘ylab biror yo‘nalishda harakatlantirish amallarini bajaring.

«EXCEL elektron jadvalida ishlash» mavzusi o‘tilganda quyidagi tartibda topshiriqlar tavsiya qilish mumkin:

1 – darajali topshiriqlar:

1. EXCEL elektron jadvalini ishga tushiring.

2. EXCEL elektron jadvalida ma'lumotlarni kiritish tartibini ko‘rsating.

3. EXCEL elektron jadvalida tayyorlangan ma'lumotlarni xotiraga yozish va undan chaqirish amallarini bajaring.

2 – darajali topshiriqlar:

1. EXCEL elektron jadvali oynasida hosil qilingan ma'lumotlarni jadval ko‘rinishda chiqarish amallarini bajaring.

2. EXCEL elektron jadvalida guruh o‘quvchilari haqida ma'lumot tayyorlang.

3. EXCEL elektron jadvalida tayyor rasmlardan foydalanib ma'lumotlar tayyorlang.

3 – darajali topshiriqlar.

1. EXCEL elektron jadvalida formulalar va funksiyalardan foydalanish tartibini ko‘rsating.

2. EXCEL elektron jadvalida biror korxona yoki tashkilotning bir oylik daromadlari haqida ma'lumot tayyorlang va unda nimalarga e'tibor berish kerakligini izohlang.

4 – darajali topshiriqlar.

1. EXCEL elektron jadvalida biror korxona iqtisodiyotining oylik va yillik o‘sishi va kamayishini ko‘rsatuvchi ma'lumotni grafik va diagrammalar shaklida chiqarish amalini bajaring.

2. EXCEL elektron jadvalida biror o‘quv muassasasi tarkibiy tuzilishini animatsion va turli xil rang berish vositalari yordamida tasvirlash amallarini bajaring.




Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish