155
maqsadli yo‘nalishni o‘rnini bosib turadi. Bu sharoitlarda xarajatlarni hisoblash va
tushunish yangi yo‘naltirilgan rivojlanish, «misoli» ni qayta ishlab chiqishga
asoslangan. Birinchi maqsad aniqlanadi, qaysiki ma’lum bir sharoitda logistik
sistema tamoyilida bajarilishi kerak. Keyinchalik unga sotish xarajatlari
rejalashtiriladi. Logistik xarajatlarga yondashish tomonidan qarab chiqqanda u
ma’lum bir logistik tizimga yetishishi va o‘z missiyasini bajarish xarajatlarini
aniqlaydi. Logistik tizim o‘z maqsadiga erishish uchun logistik funksiya bajarilishi
kerak. Missiyani bajarish xo‘jalik faoliyati funksional doirasini bo‘linishi va oddiy
logistik operatsiyalarni kompleks xarajatlari orqali amalga oshadi. Logistik
yondashuv integratsiyalashgan boshqaruv sistemasiga va harakat nazoratiga
singdirilishi shart. Aytib o‘tilganidek, uning afzalligi chetdan boshqarish tizimi
hisoblanadi, qaysiki material va tovar oqimlari funksional bloklarga bo‘linmaydi,
aksincha bir butun tizim sifatida ko‘riladi. Avval qo‘yilgan yondashuvga
norozilikning kelib chiqishi yangi logistik yo‘nalish konsepsiyasi paydo bo‘lishiga
asos bo‘ldi. Logistika fan sifatida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadning har qanday
xo‘jalik va har qanday iqtisodiy sharoitda oliy darajada bajarish deb biladi. Bunga
asosan logistik xarajatlarga, uning shakllanish usuliga, tavsifini o‘lchashga
boshqacha qarash shakllandi.
Harakatdagi xo‘jalik tizimini birdaniga logistik tizim deb atab bo‘lmaydi,
masalan ma’muriyat xulosasiga ko‘ra; oddiy sotish bosqichini, operatsiyasini
logistikaning infrastruktura xarajati deb atab bo‘lmaydi. O‘zgarish faqatgina
logistizatsiyada yuzaga keladi. Bu turdagi xarajatlarni logistizatsiya xarajatlari deb
aniqlaydi.
Xo‘jalik tizimi logistizatsiya bosqichi, darajasi boshqarish mexanizmini
o‘zgartiradi va qayta tuzish va materiallarni joylashtirish, axborot va moliyaviy
oqimga ta’sir ko‘rsatadi. Shunday «xarajatlar o‘zgarishi» o‘ziga logistika
xususiyatlarini mujassamlashtirgan. Shuning uchun ham bu yerda obyektni
logistizatsiya xarajatlari ajratib ko‘rsatilgan. Logistikani aniqlash borasidagi
baxslar ko‘rib chiqilib, menejment, marketing, statistika, iqtisodiyot nazariyasi
fanlarining turli yo‘nalishi va maktablari logistik apparat kategoryasini
shakllanishga kuchki ta’sir qilgan. Boshqacha yondashuv bo‘lishi ham mumkin.
Shunday qilib logistik xarajat tushunchasini turli traktlarga ajratamiz:
a) shartli qayta nomlangan xarajatlar an’anaviy operatsiya va funksiya
paydo bo‘lishi bilan bog‘liq material oqimi qayta shakllanish va harakatini
ta’minlaydi; bunday xarajatlarni shuningdek, logistizatsiya obyekti xarajatlari ham
deb atash mumkin. (
E
tr
)
b) logistik missiya realizatsiya xarajatlari logistik rejadan keyin shakllanadi,
natijada sotib olish, ishlab chiqarish, taqsimlash, transport va logistikaning
boshqa ko‘rinishlari to‘liq aniqlanadi va tizimlanadi (
E
Do'stlaringiz bilan baham: