164
20- Ma`ruza
Mavzu: Isitish tizimlarining elementlari – quvurlar, isitish asboblari,
jihozlar. Isitish asboblarining issiqlik hisobi.(4-soat)
Reja:
20.1. Isitish tizimlarining elementlari.
20.2. Quvurlar, isitish asboblari, jihozlar.
20.3. Isitish asboblarining issiklik hisobi.
20.1. Isitish tizimlarining elementlari.
Isitish tizimining asosiy konstruktiv elementlari uch turga bo`linadi:
1. Issiqlik manbai - issiqlik hosil qiluvchi element (qozon);
2. Issiqlik tashuvchi, ya`ni issiqlik manbasidan isituvchi asboblarga issiqlikni
tashuvchi element (issiqlik tashuvchi quvurlar);
3. Isitish asbobi ya`ni, xona ichiga muljallangan issiqlik tarqatuvchi element (1.1-
rasm).
Issiqlik tashuvchilar, moddalar quvurlararo harakatda bulib ular suyuq va gaz
holatida bo`ladi. Bunday issiqlik tashuvchilar sifatida suv va boshqa suyuqliklar, gaz
bo`lsa - bug`, havo gaz
ishlatilib, bularni issiqlik tashuvchi deb ataladi.
Isitish tizimlari va asboblari oldidagi asosiy vazifa shundan iboratki, bu qurilmalar
binolardagi har bir xonaga avval hisoblangan issiqlik miqdorini bermoqligi kerak. Bu
issiqlik miqdorini har bir bino uchun qishki davrining eng sovuq davridagi tashqi
havoning hisobiy harorat miqdori t
t.h.
- uchun xonalarni issiqlik balansi hisoblanib bu
tenglik uchun isitish sistemasini hisobiy issiqlik quvvati aniqlanadi. Har qanday qu-
rilma yoki uskunalar oldiga qo`yilgan talablar qatori isitish tizimlariga ham ayrim
ma`lum darajadagi quyidagi talablar qo`yiladi: 1. Sanitariya-gigienik talab – bunda
to`siq konstruktsiyalarning ichki sirtini va ichki havo haroratini talab etilgan dara
jada xona tarxi va balandligi bo`yicha havo harakatini ruxsat etilgan ko`rsatgichda va
isitish asboblarining sirt haroratini cheklangan chegarada ushlash kerak bo`ladi;
2. Iqtisodiy talab bulib, bunda isitish tizimlari
uchun sarf bo`ladigan metall miqdorini va
ishlatish jarayonida issiqlik energiyasini iloji
boricha tejash;
3. Me`morchilik va qurilishi bobidagi talab –
bunda xonalar ichidagi isitish jixozlari xona
interyeriga mos kurinishga ega bo`lishi, ixcham,
boshqa uskuna va qurilish konstruktsiyalariga
uyg`unlashgan bo`lishi va binoning umumiy
qurilish muddati bilan chambarchas bog`langan
bo`lishi lozim;
4. Isitish tizimlarining qurilish jarayoni,
(montaji) bobidagi talabda mayda va kichik detal ,
uskuna va bog`lamlar soni kamroq bo`lishi; ularni
tayyorlashda
mexanik
asboblar
yordamida
tayyorlanishini
ta`minlash;
montaj
qilishda
unifikatsiyalangan tugunlarni qabul qilish kabi talablar kiradi;
5. Texnik talablarga isitish tizimlarining ishlatilish davrida samarali ishlashini
2
3
1
1
Do'stlaringiz bilan baham: