Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


O’zbekistonda suvdan foydalanish muammosini hal qilish yo’llari



Download 1,39 Mb.
bet48/120
Sana29.06.2021
Hajmi1,39 Mb.
#105156
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120
Bog'liq
E K O L O G I YA

O’zbekistonda suvdan foydalanish muammosini hal qilish yo’llari. Orol havzasida 60-70 yillarda boshlangan suv taqchilligi bundan buyon ham davom etishi, balki kuchayishi ham mumkinligiga hech kim e’tiroz bildira olmaydi. Chunki, hududda aholi sonining muttasil ortib borayotganligi, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar mavjudligi, xususan sug’oriladigan yerlarning ko’pligi (joylarda, masalan, Afg’onistonda Amudaryo yoqasida bu ishga to’lig’i bilan keng miqyosda kirishilmaganligi) suvdan ko’plab foydalanishni taqozo etadi. Bu ahvolda suvdan nechog’li tejab-tyergab foydalanish barcha sohalarda o’ta zarur bo’lib bormoqda.

Suvdan foydalanishda ikki xususiyatga alohida ahamiyat byerish darkor: 1) omilkorlik, ya’ni ilmiy assoslangan; 2) sifatni buzilishiga yo’l qo’ymaslik. Omilkorlik bilan suvdan foydalanish avvalo tejamkorlikka undaydi, suv nechog’li oqilona foydalanilsa uning foydalanish miqyosi shuncha kengayadi. Chunki, ortgan ob-hayot evaziga qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish imkoni tug’iladi. Lekin tejamkorlik u yoki bu sohada turlicha bo’lishi mumkin. Xususan sug’oriladigan dehqonchilikda u majmuali xaraktyeriga ega, chunonchi, avvalo sug’orish me’yori, filtratsiya (yerga nam singishi), bug’lanish, sug’orish texnikasini takomillashtirish kabi elementlarni o’z ichiga oladi. Sug’orma dehqonchilikda sug’orish me’yorini muntazam tartibga solib borish natijasida talay suvni tejab qolishga yerishiladi. 70-yillarda Quyi Amudaryoda g’o’zaning sug’orish me’yori har ga maydonda 18-21 ming m3 ni tashkil qilgan, hozirda bu raqam 13-14 ming m3 gacha qisqardi, respublika bo’yicha o’rtacha 12,3 ming m3 ni (1996 y.) tashkil qiladi, 2000 yil arafasida sug’orish me’yori 11,5 ming m3 gacha kamayishi kutilmoqda.

Suvning bir qismi zaminga singishi tufayli suv manbalaridan olinayotgan namlikning foydali koeffitsienti kamligicha qolib ketmoqda. Gap shundaki, sug’orish tizimlarida va sug’orish maydonlarida suvning katta miqdordagi qismi gruntga siziladi. O’zbekistonda magistral va xo’jaliklararo sug’orish tarmoqlarining foydali ta’sir koeffitsienti 0,81, xo’jaliklar ichidagi tarmoqlarniki esa 0,74, sug’orish tarmoqlariniki 0,59, jami o’rtacha 0,64 ga teng. Binobarin, 36% suv amalda foydalanilmaydi. Chunki, ularning asosiy qismi yerga shimilib o’tadi. Agar xo’jaliklar ichidagi sug’orish tarmoqlarining o’zanlarini suv o’tkazmaydigan matyerial bilan iloji boricha ko’proq qismini qoplashga yerishilsa ularning foydali ta’sir koeffitsientini 0,85 gacha etkazish mumkin bo’ladi. Bu ancha suvni tejashga imkon byeradi.

Egat oralab sug’orish mamlakatda eskidan foydalanib kelinadi. Bu sug’orish usulining bir qator afzalliklari bilan birga, kamchiliklari ham mavjud. Avvalo, sug’oriladigan suvning o’rtacha 25-36% (joylarda 60% gacha) qismi yerga singadi, yerning tekisligi talabga nihoyatda javob byerishi zarur, ma’lum qiyalik saqlanishi e’tiborga olinadi. Shu jihatdan qaraganda egat oralab sug’orishni joyning tabiiy-meliorativ sharoitlarini hisobga olib yomg’irlatib, tuproq ostidan, tomchilatib sug’orish usullarini qo’llash katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu usullarni qo’llash natijasida ekinzorlarni bir yo’la katta hududlarda sug’orishga yerishiladi. Shuningdek, sug’orish me’yori kamida 50-60 % ga qisqaradi, hosildorlik oshadi, begona o’tlarning o’sishi juda ham kamayadi, grunt suvlarining sathi ko’tarilmaydi va boshq. O’zbekistonda tomchilatib sug’orish (hozirda bu usulda 4,5 ming ga maydonda), yomg’irlatib va tuproq ostidan sug’orish usullari qo’llanilmoqda, lekin hali ular keng miqyosda amalga oshirilmayapti. Sababi ularni qo’llash uchun katta miqdorda jamg’arma va turli maxsus uskunalar zarur, bu usullar sekin-astalik bilan amalga oshirib boriladi.

Suvni tejashning yana bir yo’li eskidan sug’orib kelinayotgan vohalarda mavjud sug’orish va KZTlarni yangi muxandislik loyihalari asosida qayta qurishdir. Respublikada 1940 ming ga maydonda mavjud gidromeliorativ tarmoqlarni, 480 ming ga maydonda KZT qayta qurish va yangilarini ishga tushirish, 960 ming ga maydonda kapital tekislash ishlarini amalga oshirish zarur. Tejalgan suv evaziga hozirgi sug’orilayotgan maydonning 4,92 mln.. ga etkazish imkoniyati vujudga keladi.

Sug’orish me’yori va suvning zaminga singish hajmi kamayishi bilan grunt suvlarining sathi ham tushib boradi. Chunki, ularni to’yinish manbayi asosan ushbu suv toifalariga bog’liq. Grunt suvlar sathining pasayishi KZT oqimining ham kamayishiga ta’sir etadi. Binobarin, daryolar va botiqlarga tashlanadigan suvlar miqdori ham borgan sari kamayib boradi. Darvoqe, suvdan omilkorlik bilan foydalanish tamoyili ustuvorlikka ega bo’ladi. Tabiiy suv havzalari va suv omborlari, irrigatsiya tarmoqlariga zovur, oqava, maishiy suv oqimlarini tashlashni iloji boricha kamaytirib borish eng dolzarb masala. Buning uchun sug’oriladigan yerlarda vujudga kelayotgan KZS hajmini kamaytirish ustida amaliy ishlarni boshlash darkor. Gap sug’orish me’yorini qadamba-qadam kamaytirish ustida bormoqda, har bir joyning (sug’orish kartasi) meliorativ xususiyatlarini e’tiborga olgan holda sug’orish me’yorini belgilash va sug’orish texnikasini takomillashtirish ayni muddao, shuningdek irrigatsiya shohobchalarini (ayniqsa, xo’jaliklar ichidagi tarmoqlarini) suv o’tkazmaydigan matyeriallar bilan qoplash kechiktirib bo’lmaydigan vazifa hisoblanadi.




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish