Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Atmosfyera havosining ifloslanishi va uning oldini olish



Download 1,39 Mb.
bet41/120
Sana29.06.2021
Hajmi1,39 Mb.
#105156
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   120
Bog'liq
E K O L O G I YA

5.1. Atmosfyera havosining ifloslanishi va uning oldini olish

5.2. Suv resurslaridan foydalanish va uni tubdan yaxshilash

5.3. Yer resurslaridan foydalanish va uni takomillashtirish

5.4. Biologik resurslardan oqilona foydalanish

5.5. Rekreatsiya resurslaridan foydalanish va uni takomillashtirish
5.1. Atmosfyera havosining ifloslanishi va uning oldini olish.

Atmosfyera-Yer kurrasining tashqi qobig’i, uning barcha tabiiy jarayonlardagi ahamiyati nihoyatda katta. U avvalo Yer sathining umumiy issiqlik rejimini bir maromda saqlaydi, koinotdan keladigan turli zararli osmon jismlari va ular ta’siridan asraydi. Atmosfyera tsirkulyatsiyasi mahalliy iqlim sharoitlariga ta’sir etadi va u orqali daryolarning suv rejimi, tuproq-o’simlik sharoitlariga, shuningdek relef hosil bo’lish jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi. Havo-Yerda hayotning vujudga kelishida zaruriy omil.

Atmosfyeraning gaz tarkibi quyidagicha (hajm bo’yicha foiz hisobida) azot-78.09, kislorod-20.95, argon-0.93, uglyerod ikki oksidi- 0,03, neon-0,00018. Atmosfyerada shuningdek suv bug’lari mavjud. Atmosfyeraning tarkibiga insonning xo’jalik faoliyati borgan sari ko’proq ta’sir ko’rsatmoqda.
Atmosfyerani ifloslantiruvchi chiqindilar odatda ikki qismga bo’linadi: gazsimon va qattiq moddalar, shundan gazli moddalar butun chiqindilarning 90%, qattiq moddalar esa 10% ini tashkil etadi. Atmosfyerani ifloslantiruvchi manbalarni tabiiy va ishlab chiqarish-maishiy jarayonlar tashkil qiladi. Tabiiy manbalarga chang, chang-to’zon, vulqonlarning otilishi, koinot changlari va boshqalar xos. Tabiiy manbalardan keladigan ifloslantiruvchi moddalarning 3G’4 foizi noorganik genezisga ega. Bular nurash mahsulotlari, tuproq donalari, tuz, mikroorganizmlar va boshq. Tabiiy manbalardan atmosfyeraga qo’shilgan turli moddalar ma’lumotlarga qaraganda, har yili o’rtacha 700 mln..t. dan 1,5 mlrd..t. gacha dengiz tuzlari, 700 mln..t. ga yaqin tuproq changi, o’rmonlarning yonishi natijasida 360 mln..t. gacha turli aralashmalar atmosfyeraga qo’shiladi. Ularning jami o’rtacha 2,3 mlrd..t. ayerozolni (havoda muallaq turuvchi qattiq yoki suyuq zarrachalar) tashkil qiladi.

80- yillarning oxirida dunyo bo’yicha yiliga taxminan 600*109 t. sanoat-maishiy chiqindilar atmosfyeraga chiqarilgan. Endilikda atmosfyeraning sun’iy manbalar hisobiga chiqindilar bilan ifloslanishi borgan sari kuchayib bormoqda. Issiqlik elektrostantsiyalar tutun bilan birga havoga oltingugurtli va karbonat angidrit gazlar va boshqa birikmalarni, metallurgiya, ayniqsa, rangli metallurgiya korxonalari,gaz holda azot oksidlari, vodorod sulfid, uglyerod oksid, xlor,ftor, ammiak, fosfor birikmalari, turli metal zarrachalari va birikmalari, simob, margimush; xuddi shunday chiqindilarni kimyo korxonalari, tsement ishlab chiqaruvchi va paxta tozalovchi zavodlar ko’plab chang chiqaradi. Masalan, chuyan yeritish va undan po’lat tayyorlash jarayonida 1 t. chuyan yeritilganda 4,5 kg chang, 2,7 kg oltingugurtli gaz, 0,5-1,1 kg marganets ajralib chiqadi.

Havoni ifloslashtirishda avtomobil transportining xissasi juda ham yuqori. Ichki yonish dvigatellari tashqariga chiqarib tashlagan chiqindilari tarkibida uglyerod oksidi, azot qo’sh oksidi, uglevodorodlar, aldegidlar, kuya, ben(a)pren va boshqa kimyoviy ashyolar mavjud bo’ladi. Olimlarning ta’kidlashicha, chiqindilar tarkibida qariyb 200 nomdagi komponentlar borligi aniqlangan. Hozirgi vaqtda dunyoda 500 mln.. dan ziyod avtomobillar mavjud bo’lib, ularning 80 mln.. tasi yuk, taxminan 1 mln.. tasi avtobuslardan iborat. Yangi asr boshlarida avtomobillar soni 700-800 mln..ga qadar ortishi taxmin qilinmoqda. Mutaxassislarning aniqlashicha, bir engil avtomobil yil davomida 4 t. dan ko’proq kislorod yutib, havoga 800 kg uglyerod oksidi, 40 kg atrofida azot oksidlari va deyarli 200 kg turli uglevodorodlar chiqaradi (1-jadval). Endilikda avtomobillarning miqdori ortib borayotganligi tufayli ularning atmosfyera havosini ifloslantirishdagi ulushi yirik shaharlarda (AQShda 75%) 60%, ba’zi yirik shaharlarda esa 70-90% ni tashkil qilmoqda. Avtomobillar asosan havoga uglyerod oksidi (AQShda uning ulushi butun chiqindilarga nisbatan 70% ga teng), uglevodorodlar CAPut!’%, azot ikki oksidi 9% va boshqalarni chiqaradi.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish