Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Suvdan foydalanish huquqi uchun to’lovlar



Download 1,39 Mb.
bet34/120
Sana29.06.2021
Hajmi1,39 Mb.
#105156
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120
Bog'liq
E K O L O G I YA

Suvdan foydalanish huquqi uchun to’lovlar suvdan foydalanish muddatlari davomida iste’molchilar tomonidan doimiy to’lash shaklida topshiriladi (to’lanadi). To’lov tartibi va miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Suv ob’ektlarini tiklash va muhofaza qilishga to’lovlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga (1993 yil) muvofiq belgilanadi. To’lovlar suvdan foydalanuvchilardan undiriladi.

4. O’simlik resurslaridan foydalanganlik uchun to’lovlar «O’simlik olamini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi qonun, hukumat qarorlari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining normativ hujjatlari bilan belgilanadi. Bunday to’lovlarga quyidagilar kiradi: tayyorlovchilarning dorivor o’simliklar va xomashyoni tyerib olish uchun to’lovlari; meva, rezavor mevalarni tyerib olish; texnik xomashyoni tayyorlash.

5. Hayvonot olami resurslaridan foydalanganlik uchun to’lovlar hayvonot olamidan hayvonlarni ovlash va ularning mahsulotlaridan foydalanish tarzida foydalanishning xilma-xil to’lovlari ko’rinishida amalga oshiriladi. To’lovlarning boshqa shakli ovchilik yerlaridan foydalanish huquqi uchun to’lovlar hisoblanadi. Hayvonot olamidan foydalanish huquqi uchun to’lovlar, ov va baliq ovlashni ham qo’shib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

6. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko’rsatganlik uchun to’lov undirish tabiiy resurslardan foydalanishning pul to’lash turlaridan biri hisoblanadi. Uning mohiyati uchta ma’noga ega: kompensatsiya (badal), rag’batlantiruvchi, ekologik.

Birinchidan, ifloslantirganlik uchun to’lovlar tabiiy muhitga, inson salomatligiga, moddiy qiymatlarga etkazilgan zarar kompensatsiyasiga yo’naltirilgan. Huquqbuzarlik fakti bo’yicha belgilanadigan to’lovlar yuridik farq qilib, ifloslantirganlik uchun to’lov majburiyatlari xo’jalik yurituvchi sub’ektning aybiga qaramasdan, vakolatli davlat organlari hal qilgan haqqoniy faktlar bo’yicha yuzaga keladi.

Ikkinchidan, belgilangan to’lovlar ifloslantiruvchi korxonaning daromadlaridan yoki mahsuloti tannarxidan albatta undiriladi, va, shu asosda u ifloslantiruvchi, zararli moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarishni, oqizish va joylashtirishni kamaytirishni rag’batlantirishi kyerak. Bular xo’jalik faoliyatini ekologizatsiyalashning asosiy kaliti bo’lib, ulardan foydalanib atrof-tabiiy muhit muhofazasini iqtisodiy foydali ishga aylantirish mumkin. Bu tadbirlar boshqa tomondan tabiatning o’z-o’zini takror ishlab chiqarish va boshqarish potentsialining tiklanishiga va tabiiy funktsiyalar muvozanatini ta’minlashga xizmat qiladi va shu asosda katta ekologik-iqtisodiy foyda byeradi.

Uchinchidan, iflostirganlik uchun to’lovlar byudjetdan tashqari ekologik fondlarni shakllantirish va to’ldirishning asosiy manbai hisoblanib, ularning mablag’laridan atrof tabiiy muhitni sog’lomlashtirish va muhofaza qilishda foydalaniladi. To’lovlarning ekologik-iqtisodiy ahamiyati shularda namoyon bo’ladi.

Qonun hujjatlariga muvofiq ifloslantirganlik uchun uch turdagi to’lovlar belgilangan: 1) zararli moddalarni belgilangan limitlar doirasida chiqarganlik, oqizganlik uchun to’lovlar; 2) zararli moddalarni belgilangan normalardan ortiq miqdorda yoki vakolatli organlarning ruxsatisisiz chiqarganlik va oqizganlik uchun to’lovlar; 3) chiqindilarni joylashtirganlik uchun to’lovlar.

To’lovlarni belgilash tartibi uch bosqichdan tarkib topadi: asosiy (baza) normativ to’lovlarni belgilash; diffyerentsiyalangan stavkalarni belgilash; ifloslantiruvchilar uchun to’lovlarning konkret razmyerini (miqdorini) belgilash.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish