Inson ekologiyasi-fanning kompleks ekologik-ijtimoiy-iqtisodiy sohasi bo’lib, unda yashash muhiti tabiiy-ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlari insonning turli ehtiyojlarini qondirishda teng ahamiyatga ega bo’lgan muhim qismlar sifatida ko’rib chiqiladi va tadqiq etiladi.
Iste’mol – tabiatdan olinadigan biologik, estetik, ilmiy «foyda»dan foydalanishni bildiradi. Iste’mol ushbu «foyda»ning miqdoriga va tabiat muhiti makonidan foydalana olish imkoniyatiga bog’liq bo’ladi. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi: hududlarni borib ko’riladigan maydonlarning kattaligi va sharoitlari (transport vositalarining yaqinligi, mavjud bo’sh vaqtning davomiyligi, individual foydalanish hududlarining qulayligi va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |