Dendrologiya parklari va botanika bog’lari tabiat muhofazasi muassasalari bo’lib, ularning vazifasiga o’simlik olami xilma-xilligini asrash va boyitish maqsadlarida o’simliklarning maxsus kollektsiyasini yaratish, shuningdek, ilmiy, o’quv va ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish kiradi.
Dinamik ekologiya - dinamik-evolyutsiya yo’nalishida organizmlarning atrof-muhit bilan o’zaro munosabatlarining qonuniyatlarini o’rganish.
Yer kadastri – yerning tabiiy, xo’jalik va huquqiy o’rni to’g’risida ma’lumotlar to’plami bo’lib, u yerdan foydalanuvchilarning ro’yxati, yerning miqdori va sifati hisobi, tuproq banitirovkasi va yerni iqtisodiy baholash ma’lumotlarini o’z ichiga oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |