Davlat qo’riqxonalari xo’jalik faoliyatida foydalanishdan to’liq olingan alohida muhofaza qilinadigan tabiat komplekslari va ob’ektlari (yer, suv, yer osti boyliklari, o’simlik va hayvonot olami) bo’lib, tabiat muhofazasi, ilmiy, ekologik-ma’rifiy ahamiyatga ega funktsiyani bajaradi. Ular tabiiy muhitning tabiiyligini, tipik yoki kamyob landshaftlar, o’simlik va hayvonot olamining genetik fondlarini asrash va saqlash joylari hisoblanadi.
Davlat buyurtma qo’riqxonalari (zakazniklari) alohida ahamiyatga ega bo’lgan tabiat komplekslari yoki ularning komponentlarini saqlash, qayta tiklash va ekologik balansini qo’llab-quvvatlash maqsadida buyurtma qo’riqxona oldiga qo’yilgan vazifani bajarish uchun zarur muddatga ajratib byeriladigan hududlar (akvatoriyalar) hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |