Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


«Ekologiya» fanining ahamiyati, maqsadi va vazifalari



Download 1,39 Mb.
bet9/120
Sana29.06.2021
Hajmi1,39 Mb.
#105156
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120
Bog'liq
E K O L O G I YA

1.5. «Ekologiya» fanining ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Hozirgi vaqtda ekologiya davriga o’tish jarayonlari jamiyat rivojlanishining barcha sohalarida kuzatilmoqda. Bu esa, o’z navbatida, insonni ekologik tarbiyalash va unga ekologik ta’lim byerishning ahamiyatini oshirmoqda. Eng avvalo, insonlarda tabiat oldidagi yuqori ma’suliyatni his etishni shakllantirish muhimdir. Hozirgi avlod tabiat va jamiyat o’zaro aloqalarining yangi bosqichi – noosfyeraga o’tishni ta’minlashga ma’suldirlar.

O’zbekistonda tabiat muhofazasi to’g’risidagi qonunlar, «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da qo’yilgan vazifalar va talablarga muvofiq jamiyatning ekologik madaniyatini, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadlarida uzluksiz ekologik ta’lim-tarbiyaning ommaviy va kompleks tizimi izchil amalga oshirilayotir. Minimum ekologik bilim olish mamlakatning har bir fuqarosining burchiga aylandi. Shuning uchun «Ekologiya» kursini o’rganish jarayonida olinadigan bilimlar iqtisodiyot yo’nalishidagi mutaxassislarni fundamental tayyorlashning zaruriy shartidir. Ushbu fanni o’rganish hozirgi ekologik-iqtisodiy siyosat muammolarini to’g’ri tushunishga, istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muvozanatlashgan echimini topishni ta’minlaydigan barqaror ekologik rivojlanishning milliy strategiyasi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishga, shuningdek, ularni amalga oshirish sohasida amaliy ko’nikmalar olishiga imkon byeradi.

Ushbu fanni o’rganishda B.Kommonyer tavsiya etgan quyidagi tabiat iqtisodiyoti qonuni (printsipi)ni har tomonlama hisobga olish kyerak: hammasi hammasi bilan bog’langan; hammasi qayoqqadir g’oyib bo’ladi; hech narsa bekorga in’om qilinmaydi; tabiat yaxshiroq biladi.

«Ekologiya» kursining maqsadi talabalarga tabiat va iqtisodiyot o’rtasidagi aloqalarning asosiy qonuniyatlarini va printsiplarini bilib olishga yordamlashish, barqaror rivojlanishni ta’minlash manfaatlarida tabiiy-ekologik resurslardan oqilona foydalanish va ularni takror ishlab chiqarish, atrof-muhitni muhofaza qilishning murakkab, ko’p omilli, fanlararo muammolarini tadqiq etishga xalq xo’jaligi yondashuvlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotda qo’llash yo’nalishlarini belgilashdan iboratdir.

Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida ekologiyaning asosiy vazifalariga quyidagilarni o’rganish kiradi: xalq xo’jaligida tabiiy resurslardan foydalanish va xo’jalik faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini; mamlakatda yashayotgan aholiga sog’lom muhit yaratish; tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy resurslarning ozayishi natijasida etkaziladigan iqtisodiy zararni kamaytirish; O’zbekiston tabiatining eng nozik va qimmatbaho unsurlarini, birinchi navbatda, uning flora va faunasini muhofaza qilish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni takror ishlab chiqarish; tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishni tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish va rivojlantirish; ekologik tadbirkorlikni rivojlantirish va ekologik tovarlar hamda xizmatlar bozorini shakllantirish va boshqalar.

Bu muammolarning echimini topishda, eng avvalo, ularni keltirib chiqaradigan sabablar va kuzatilayotgan ko’ngilsiz oqibatlarning murakkab tizimi aniqlanishi kyerak. Bunda asosiy e’tibor tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarishning quyidagi uchta o’zaro bog’liq bosqichi tahliliga qaratiladi: tabiiy resurslarni tiklash, ekspluatatsiya qilish va qayta ishlash. Birinchi navbatda quyidagilar o’rganiladi:



  • ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanishining ijtimoiy ishlab chiqarishni intensifikatsiyalashning asosiy richagi sifatidagi ekologik-iqtisodiy oqibati;

  • investitsiya va struktura siyosatining atrof-muhit holatiga va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarishga ta’siri;

  • ekologik-iqtisodiy boshqaruv va tabiat muhofazasi yo’nalishidagi xo’jalik yuritish tizimi;

  • tabiatdan foydalanish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish va muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik.




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish