Ifloslanishning bahosi – salomatlik uni tiklash xarajatlari bahosi hisoblanadi. Ifloslanish antropogen ta’sirning oqibatida bo’lib, kimyoviy, issiqlik, shovqin, tarzida namoyon bo’ladi.
Iqtisodiy -ekologik tizimlar – ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiatdagi tabiiy jarayonlarning o’zaro bog’liq va o’zaro shartlangan harakatini ifodalaydigan iqtisodiyot va tabiat integratsiyasidir. Iqtisodiy-ekologik munosabatlar – insonlar o’rtasida tabiatdan foydalanish, ekologik tizimlarni tiklash va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish va ularni qayta ishlash, ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |