O’rmon kadastri – o’rmon fondining ekologik, iqtisodiy va boshqa miqdor va sifat ta’rifi to’g’risida tizimlashtirilgan ma’lumotlar to’plamidir;
Ekologik audit (ekoaudit) korxonalar, kompaniyalarning ichki ekologik salohiyatini, ularning xavf-xatarlari va imkoniyatlarini doimiy tekshirib turish instrumentidir.
Ekologik monitoring atrof tabiiy muhit va uning resurslari holatini ma’lum dastur asosida muntazam kuzatish, baholash, prognozlash (bashoratlash)ning ma’lum tizimi bo’lib, iqtisodiy -ekologik boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish jarayonlarini axborot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. U antropogen faoliyat ta’sirida atrof-muhit holatidagi o’zgarishlarni aniqlashga va tegishli tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon byeradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |