Yer osti boyliklari tabiiy muhit tizimining yer qa’ri bilan eng yaqin bog’langan elementi bo’lib, ular jonsiz tabiat resurslari hisoblanadi. Ulardan konstruktsion va boshqa matyeriallar, kimyoviy qo’shilmalar, o’g’itlar va boshqalarni ishlab chiqarishda keng miqyoslarda foydalaniladi. O’zbekistonning yer osti boyliklari g’oyat xilma-xil, zahiralari esa ko’p bo’lib, ular 100ga yaqin minyeral xomashyo turlarini, 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlarini o’z ichiga oladi.
Zoologiya parklari (hayvonot bog’lari) ekologiya ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish, hayvonlarning nodir ekzotik va mahalliy turlari ekspozitsiyalarini yaratish, ularning genofondini saqlab qolish, yovvoyi hayvonlarni o’rganish, ularni tutqunlikda ko’paytirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Ular ham tabiatni muhofaza qilish muassasalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |