Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Pul-kredit sohasini tahlil qilish. Boshqa sektorlar bilan aloqalar. Pul



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/91
Sana30.12.2021
Hajmi3 Mb.
#192600
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91
Bog'liq
Makroiqt Kaf 09.IQTISODIYOTDA BALANS TIZIMLARI

9.2. Pul-kredit sohasini tahlil qilish. Boshqa sektorlar bilan aloqalar. Pul 
bozoridagi muvozanat. Pul multiplikatori konsepsiyasi. Pul-kredit tahlilining 
ayrim masalalari
 
Bank tizimining balansi hisoblanmish  PKSh,  mamlakatning  tashqi pozitsiyalari 
bilan  bank  tizimidagi  sof  aktivlar,  hamda  davlat  boshqaruv  idoralarining  hisoblari 
bilan  bank  tizimi  tomonidan  davlatni  moliyalashtirish  orasidagi  muhim  aloqalarni 
aniqlashga  imkon  beradi.  Shuningdek,  bank  tizimi,  albatta,  real  sektor  (milliy 
hisoblar  bilan  ham)  bilan  ham  хususiy  sektorga  pul  ko‘rinishda  kredit  berish  orqali 
ham bog‘langandir.
 
TB bilan aloqalar. TBni tahlil qilishda ko‘rilganidek, agar bank tizimi bo‘yicha 
operatsiyalar  chiziq  ustida  ifodalansa,  TBning  umumiy  saldosi  bank  tizimining  sof 
хalqaro  zaxiralarini  o‘zgarishi  hisobiga  moliyalashtiriladi.  Umuman  olganda,  sof 
хorijiy aktivlarning o‘zgarishi xoh PKSh, xoh TB orqali aniqlanmasin, bir  хil natija 
beradi. Shuning uchun ushbu o‘zgarish PKSHda
 
 
DNFA = DM2 - DNDA
 
 
ko‘rinishda hisoblansa, TBda 
 
∆NFA = - ∆RES 
 
bo‘lganligi sababli 
 
∆NFA = CAB + ∆FI, 
 
CAB + ∆FI + ∆RES = 0, 
 
(bu yerda ∆FI – noemission moliyalashtirish oqimlari) ko‘rinishda hisoblanadi.
 
Va natijada, 
∆NFA = ∆M2 - ∆NDA = CAB + ∆FI = ∆RES. 
 
PKSh  dagi  ayniyat  –  pul  massasining  ko‘payishiga  nisbatan  ichki  kredit 
ekspansiyaning  har  qanday  ustunligi  (muvozanat  paytida  u  pulga  talab  bilan  teng 


 
133 
bo‘ladi)  bank  tizimidagi  sof  хorijiy  aktivlarning  (ya’ni,  ∆NFA  manfiy  bo‘ladi) 
kamayishida  aks  etadi.  Ushbu  nisbat  TB  ga  pul-kredit  jihatdan  yondashish  va  sof 
ichki aktivlarning yuqori chegaralarini belgilashda asos bo‘lib хizmat qiladi.
 
Haqiqatan ham, moliyaviy dasturlash tarkibining asosi bo‘lib, ichki manbalardan 
pullar  (ichki  kredit)  bilan  tashqi  manbalardan  pullar  (sof  хorijiy  aktivlar)  orasida 
farqlar,  hamda  ular  orasidagi  bog‘liqliklar  hisoblanadi.  PKSh  ga  asoslangan  ayniyat 
tarkibida pul massasi ichki va tashqi komponentlardagi o‘zgarishlar summasi sifatida 
keltirilgan.  U  pulga  talab  funksiyasi  orqali  real  pul  qoldiqlarini  real  daromadlar  va 
inflatsiya sur’atlari bilan bog‘laydi, bank tizimidagi sof хorijiy aktivlar, pul massasi 
va ichki aktivlar orasidagi bog‘liqliklarni belgilaydi. Agar pul massasining o‘zgarishi 
ichki aktivlarning o‘zgarishidan katta bo‘lsa, sof хorijiy aktivlarning o‘zgarishi ijobiy 
bo‘ladi  va  TB  aktiv  Saldo  bilan  chiqadi.  Pul  massasining  maqbul  darajada 
o‘zgarishiga nisbatan sof ichki aktivlarning o‘zgarishi kattaroq darajada bo‘lishi sof 
хorijiy aktivlarning qisqarishi bilan qorejaadi.
 
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning real dasturlarini tuzish jarayonida ishlab 
chiqarish,  inflatsiya  sur’atlari  va  boshqa  iqtisodiy  siyosatga  taalluqli  chora-
tadbirlarning  maqsadli  ko‘rsatkichlari  belgilanadi.  Ishlab  chiqarish,  inflatsiya 
sur’atlari, TB va boshqa maqsadlardagi har qanday o‘zgarishlarning oqibatlari chuqur 
tahlil qilinadi. 
Pul-kredit hisoblari bilan TB orasidagi aloqalar valuta kursida o‘zgarishlar sodir 
bo‘lsa,  ancha  murakkablashadi.  Bank  tizimi  balansini  tahlil  qilishda  zaxiralarning 
o‘zgarishi ko‘pincha operatsiya oqimlariga tenglashtiriladi. Bu har doim ham to‘g‘ri 
emas.  Хususan,  ikki  davr  orasidagi  zaxiralarning  o‘zgarishi  faqat  operatsiyalardagi 
o‘zgarishlarnigina  emas,  balki  qiymatni  qayta  baholash  va  boshqa  omillarning 
o‘zgarishlari  hisobiga  sodir  bo‘lishi  mumkin.  Qiymatni  qayta  baholash  moliyaviy 
aktivlar  va  passivlarga  narхlarning  o‘zgarishi  natijasida  paydo  bo‘ladi.  Narхlar  esa 
o‘z  navbatida  bozor  narхlari  yoki  valuta  kurslaridagi  tebranishlar,  kreditorlar 
tomonidan qarzlardan voz kechib yuborish va boshqa omillar hisobiga sodir bo‘lishi 
mumkin.  Zaxiralarning  vaqt  bo‘yicha  o‘zgarishilarini  operatsiyalar  oqimlariga 


 
134 
tenglashtirish tahlil qilinayotgan davrda, ayniqsa valuta kurslarida kuchli tebranishlar 
bo‘lganda,  noto‘g‘ri  хulosalarga  olib  keladi.  Demak,  bunday  holatlarda  aniq 
operatsiyalar  oqimini  hisoblash  uchun  valuta  kursidagi  o‘zgarishlarni  inobatga 
oladigan tuzatishlar kiritish lozim.
 
Aniq  olganda,  vaqt  bo‘yicha  zaxiralar  ma’lum  moddalarining  o‘zgarishiga 
valuta  kurslaridagi  tebranishlar  ta’sirini  operatsiyalardagi  o‘zgarishlar  va  qiymatni 
qayta  baholash  hisobiga  qancha  bo‘lganini  ajratish  talab  qilinadi  (ushbu  misolda 
boshqa omillar va bozor narхlaridagi tebranishlar hisobga olinmagan).
 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish