Qisqacha xulosalar
Moliyaviy dasturlash – belgilangan makroiqtisodiy maqsadlarga erishishga
qaratilgan chora-tadbirlar to‘plami. Ushbu maqsadlar iqtisodiyot faoliyatining
belgilangan samaradorlik darajasini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Ammo,
ko‘pincha moliyaviy dasturlashda ko‘zlangan chora-tadbirlar yalpi talab bilan yalpi
taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi.
Nomutanosiblik, odatda TBning qoniqarsiz holati, yuqori darajadagi inflatsiya
va past yoki pasayib borayotgan ishlab chiqarish hajmlarida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |