3
yoki mergel-
MgCO
3
. O‘git kulrang, changsimon kukun (ko‘mir qoldiqlari bilan) holatida –
o‘choq kuli.
14. Quruq o‘git oq rangda (15). O‘git boshqa rangda (16).
15. O‘git eritmasiga kumush nitrat eritmasi qo‘shilganda, cho‘kmaning ustki
qismi sargaydi - pretsipitat-CaHPO
4
•2H
2
O. CHo‘kmaning yuqori qismi
sargaymadi - gips- CaSO
4
• 2H
2
O.
16. O‘git och-kulrang yoki kulrang tusda (17). O‘git boshqa rangda (20).
17. O‘gitning ta’mi va reaksiyasi nordon (ko‘k lakmus qizardi), bariy xlorid
ta’sirida oq cho‘kma tushdi (o‘git tarkibidagi gips hisobiga) - superfosfat-
Ca(H
2
PO
4
)
2
• H
2
O + 2CaSO
4
• 2H
2
O.
18. O‘git ko‘mir cho‘gida qorayib, kuygan suyak hidini chiqardi - suyak
talqoni. O‘git ko‘mir cho‘gida o‘zgarmadi (19).
19. O‘git havorang-kulrang tusda, mayda, qiyin namlanadigan kukun
holatida - apatit konsentrati-3Ca
3
(PO
4
)
2
•Ca(F,Cl)
2
+boshqa aralashmalar. O‘git
tuproqsimon- kulrang tusda, yirik zarrachali - fosforit talqoni-Ca
3
(PO
4
)
2
+boshqa
aralashmalar.
20. O‘git deyarli qora rangda, mayda, mayin kukun holatida – kalsiy
sianamid-CaCN
2
. O‘git to‘q jigarrang tusda, ogir kukun holatida - tomasshlak-
Ca
4
P
2
O
9
yoki Ca
3
(PO
4
)
2
• CaO. O‘git to‘q kulrang tusda, kesakchasimon, bariy
xlorid bilan yaqqol reaksiya berdi, kumush nitrat ta’sirida loyqalandi - kalimag-
K
2
SO
4
• 2MgSO
4
Nima uchun? “sxemasi-Mineral o`g`it turlarini sifat reksiyalari yordamida
aniqlash nima uchun kerak?
Savollar
1.Nima uchun mineral o`g`itlarni sifat reaksiyalar yordamida aniqlanadi?
2.Respublikamizda nechta o`g`it zavodlari bor?
12 - LABORATORIYA ISHI
Ammiakli va ammiakli-nitratli o‘gitlar tarkibidagi azot miqdorini formalin
yordamida aniqlas
Tahlilning mohiyati. Aniqlash o‘git tarkibidagi ammiakni formalin
yordamida geksametilentetrami n-(SN
2
)
6
N
4
deb nomlanadigan
organik birikmaga
aylantirishga asoslangan. Ammiakli o‘gitlarning formalin bilan ta’sirlashishi
jarayonida o‘git tarkibidagi ammiak miqdoriga ekvivalent miqdorda mineral
kislota (H
2
SO
4
yoki HNO
3
) hosil bo‘ladi:
Mineral o`g`it
turlarini sifat
reaksiyalar
yordamida
aniqlash nima
uchun kerak
O`g`itlarni
qaysi
o`g`itga
mansub
ekanligini
bilish uchun
Etiketkalar
yo`qolganda,
rangi
o`zgarganda,
namligi
ortganda
Transportirov-
ka paytida,
qoplardagi
etiketkalar
yo`qolganda,
o`g`it qo`llash
omborlari
talabga javob
bermaganda
Masofani
uzoqligi
xo`jalikni
masuliyatsiz-
ligi
2(NH
4
)
2
SO
4
+ 6HCOH =(CH
2
)
6
N
4
+2H
2
SO
4
+ 6H
2
O;
4NH
4
NO
3
+ 6HCOH = (CH
2
)
6
N
4
+ 4HNO
3
+ 6H
2
O
Hosil bo‘ladigan kislota ishqor yordamida titrlanadi va shu asosda o‘git
tarkibidagi azotning miqdori (%) hisoblab topiladi.
Ishning borishi. 1. O‘git eritmasini tayyorlash uchun maydalangan 2g
ammiakli selitra, yoki 5 g ammoniy sul’fat 200 ml sigimli stakanga solinadi va 50
ml distillangan suvda eritiladi. Eritma 250 ml sigimli o‘lchov kolbasiga filtrlab
o‘tkaziladi (stakan 2-3 marta chayib, u ham filtrdan o‘tkaziladi) va o‘lchov
chizigigacha distillangan suv quyiladi.
2. Bir paytning o‘zida quritilgan va tortib olingan byukslarda o‘gitning
namligi aniqlanadi. Byukslar analitik tarozida tortib olingan o‘git (5 g atrofida)
bilan birgalikda qopqogi ochiq holda, termostatda 2 soat davomida,
100〫Sharoratda quritiladi. 15-20 daqiqa eksikatorda sovitilgach, yana analitik
tarozida tortiladi va namlikning miqdori quyidagi formula yordamida hisoblab
topiladi;
X = A
· 100 / T; bu erda:
A- tortishlar orasidagi farq, g; T - o‘git tortimi, g;
3. O‘git eritmasi tarkibidagi azotni aniqlash. Fil’tratdan 12,5 ml olib 250 ml
sigimli konussimon kolbaga (1-idish) quyiladi, 2 tomchi metil qizili ishtirokida
pushtidan tillasimon-sariq rangga o‘tguncha 0,1 n li NaOH bilan neytrallanadi.
Boshqa xuddi shunday kolbaga (2-idish) 10 ml 25% li formalin eritmasi olinadi,
2 tomchi metil qizili tomiziladi va 0,1 n li NaOH yordamida neytrallanadi.
2-idishdagi eritma ehtiyotkorlik bilan 1-idishdagi eritmaga quyiladi va
bunda formalin hamda ammiakning o‘zaro ta’siri natijasida mineral kislota va
geksametilentetramin hosil bo‘ladi, qaysiki, aralashma rangining pushti tusga
o‘tishida namoyon bo‘ladi.
Hosil bo‘lgan eritma ustiga 2 tomchi fenolftalein qo‘shiladi va 0,1 n li
NaOH yoki KON bilan titrlanadi. Bir paytning o‘zida 2 ta indikator bo‘lgani bois,
titrlash jarayonida aralashma ranggi ikki marta o‘zgaradi: avval pushti rang och-
sariqqa (metil qizili, pH 6,2), keyin esa och-pushti tusga (fenolftalein, pH 8,2)
o‘tadi. Och-pushti rang titrlash tugaganligidan dalolat beradi. Ammoniyning
formalin bilan ta’sirlashib geksametilentetramin hosil qilishi mo‘‘tadil yoki kuchsiz
ishqoriy muhitda jadal ketishini hisobga olib, fenolftalein ishlatiladi. Titrlash
uchun sarflangan ishqor miqdori asosida o‘git tarkibidagi azot (%) hisoblab
topiladi.
4. Tahlil natijalarini hisoblash. 1 ml 0,1 n li eritma 0,1 mg•ekv. ishqor tutadi,
qaysiki 0,1 mg•ekv ammoniy yoki azotga mos keladi. Azotning 0,1 mg•ekv ni
0,0014 ga tengligini hisobga olsak:
X = A ∙ K ∙ 0,0014 ∙ 100 .100 / t ∙ (100 - n); bu erda:
X - azotning miqdori, %; A - titrlash uchun sarflangan 0,1 n ishqor, ml; K -
0,1 n ishqorning titriga tuzatish koeffitsienti; 0,0014 - 1 ml 0,1 n ishqorga mos
keladigan azot, g; 100 - natijani % da ifodalash soni; 100/100-n - namlik uchun
tuzatish (n – o‘gitdagi namlik, %).
Bu usulda asosan ammoniy shakldagi azot miqdori aniqlanadi. Ammiakli selitra
tarkibidagi azotni aniqlash uchun hisoblab topilgan raqam 2 ga ko‘paytiriladi,
chunki bu o‘git tarkibida ammoniy shakldagi azotga teng miqdorda nitrat shakldagi
azot mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |