Axloq genezisi
Odamzod ijtimoiy mavjudot sifatida shakllana boshlagan
kundanoq axloq paydo bo‘lgan. Aniqrog‘i, odamzodning o‘zi ular
o‘rtasidagi axloqiy munosabatlarning hosilasi sifatida shakllana
borgan. Odamlar o‘rtasidagi axloqiy munosabatlar negizida
jamiyatning axloqiy hayoti ijtimoiy borliqning tarkibiy qismi
sifatida qaror topgan.
Axloq va uning mazmun-mohiyatiga doir juda ko‘plab
ta’riflar mavjud. Jumladan, axloq ruscha moral, lotincha «mores»,
«moralitas» so‘zlaridan olingan bo‘lib, ma’nosi xulq, odat demakdir.
U arabcha so‘z bo‘lib, xulq so‘zining ko‘pligi. Axloq kishilarning
fe’l-atvori, yurish-turishi, ularning ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi
o‘zaro munosabatlarini tartibga solib turadi. U - ijtimoiy ongning
muayyan shakli bo‘lib, kishilarning ijtimoiy va shaxsiy hayotida bir-
birlariga bo‘lgan munosabatlarining, ya’ni hatti-harakat prinsiplari va
normalarining yig‘indisidir.
Abdulla Sher “axloq” iborasi ikki xil ma’noga ega ekanligini,
ya’ni umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini anglatsa,
muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va hatti-harakatining
eng qamrovli qismini bildiradi. Shuning uchun “Axloq – jamiyat,
zamon, ba’zan insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan
umumbashariy ahamiyatga ega ijobiy hatti-harakatlar yig‘indisi,
insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisadir”
1
desa,
akademik J.Tulenov “Axloq muayyan xulq-atvor, odob, hatti-
harakat, me’yor, qoida va prinsiplar majmuasidir”
2
deb ta’rif
bergan. A.A.Guseynov va R.G.Apresyanlar tadqiqotlarida “Axloq
bu 1) aqlning affekt (jazava) ustidan hukmronligi; 2) oliy baxt-
saodatga intilishi; 3) jamiyatda insonning yashash usuli; 4) erkin
yashashi, beminnat xizmat qilishi; 5) insoniylik yoki odamlarga
nisbatan insoniy munosabatda bo‘lishi; 6) iroda erkinligi; 7)
1
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. –T.: О‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. -8 b.
2
Tulenov J.T. Dialektika nazariyasi. –T.: «О‘zbekiston», 2001. -264 b.
470
axloqiylikning oltin qoidalari asosida o‘zaro munosabatda
bo‘lishi”
1
,- degan ta’rif berilgan. A.A.Radugin esa “Axloq bu
burch va axloqiy qadriyatlarni shaxsiy, subyektiv, beg‘araz hurmat
qilish asosida inson xulq-atvori va ijtimoiy munosabatlarni
qadriyatli-qat’iy talab, amr asosida tartibga solish shaklidir”
2
,- deb
ta’riflagan. Faylasuf olima M.A.Nurmatova esa axloq deb, avvalo
inson bilan inson, so‘ngra inson bilan jamiyat o‘rtasidagi obyektiv
va subyektiv aloqadorliklar tufayli kelib chiqadigan, shaxsiy va
umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida har bir
shaxs, jamoa, ijtimoiy guruh, millat, elatning hayoti va faoliyatini
boshqaradigan, tartibga soladigan, yaxshi ezgu niyatlar sari
yo‘naltiradigan, qadriyat maqomini olgan muayyan xulq-atvor,
odob, hatti-harakat, tamoyil va normalarning majmuiga aytiladi
deb xulosa qilgan.
Axloq me’yorlari jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan shaxs
fe’l-atvoriga qo‘yiladigan talab. Bu me’yorlar shaxsning jamiyatga,
Vatanga, davlatga munosabatini, shuningdek, shaxsning tur-
mushdagi, ayrim kishilarga, kasbi-koriga, mutaxassisligiga, hatto
o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlaridagi xatti- harakatni ham o‘z ichiga
oladi.
Insonning paydo bo‘lishi tarixiga nazar tashlasak, insonning
paydo bo‘lishi eng bahsli muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada
bir-biriga qapama-qarshi ikki qarash mavjud. Birinchisi, diniy nuqtai
nazar ya’ni odamni Xudo yaratgan, ikkinchisi Charlz Darvin
qarashiga ko‘ra evolyutsion ta’limot, odamni tabiat yaratgan, u
tabiatning bir qismi deb bilish. Shuni ham aytish kerakki, ayrimlar
dunyoqarashida
diniylik
bilan
dunyoviylik
bir-biri
bilan
uyg‘unlashadi. Ular nafaqat uyg‘unlashadi, balki bir-birini taqozo
etadi. Xususan, dunyoviylik diniylikning mavjudlik sharti.
Dastlabki axloqiy qonun-qoidalar ana shu tanlovni ro‘yobga
chiqarishga, yana ham aniqroq aytganda, uni osonroq amalga
oshirishga xizmat qilgan. Axloq – oliy mavjudotga ato etilgan oliy
ne’mat. Ya’ni axloqning kelib chiqishi ilohiy manbadandir. Ana shu
ilohiy asosni asrab avaylab, taraqqiy toptirish har bir insonning asosiy
vazifasi, burchi. Shu bois o‘zini - o‘zi va iloji bo‘lsa, o‘zgalarni
1
Гусейнов А.А., Апресян Р.Г. Этика: Учебник – М.: Гардарики, 2004. -26 б.
2
Радугин А.А. Этика. Учебное пособие для выcших учебных заведений. – М.: Sентр, 2003. -88 б.
471
axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda ijobiy fazilatlar,
ya’ni savob ish sanaladi.
Dastlabki axloqiy qonun-qoidalar muqaddas kitoblarda o‘z
aksini topgan zo‘ravonlikka zo‘ravonlik bilan javob bermaslik
tamoyili asosida yaratilgan.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da axloqiy qonun-
qoidalar ishlab chiqilgan. Unda insonni inson tomonidan o‘ldirishi
qat’iy taqiqlanishi bilan birga hatto, nabobat va hayvonot olamini
behuda halok etish, nobud qilish qat’iyan man etilgan.
Inson faqat ezgu uy, ezgu niyat na ezgu amallar bilan yashashi
lozimligi ta’kidlangan.
Buddizmning muqaddas manbalari Tripitakada o‘ldirish, nobud
qilish eng katta gunoh hisoblanashi ta’kidlanadi.
Xristianlikning muqaddas kitobi Injilda “O‘z qavmdoshingni
cev”, “odam o‘ldirma”, degan da’vatlar va dalillar bor.
Muqaddas kitob Qur’oni Karimda esa xun olishdan ko‘ra tovon
olmoq ma’qulligi aytilgan. Sahih hadislarda hatto chumoliga ham
ozor berish mumkin emasligi bayon etilgan.
Muqaddas manbalardagi mazkur qonun-qoidalar inson axloqiy
hayotining asosi sifatida hozir XXI asrda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotgani yo‘q. Masalan, nomus tushunchasini olaylik.
Tarixga nazar tashlasak, hatto xun olish jarayonining ham
taraqqiy topib borganini ko‘rish mumkin. Hozirgi davrga kelib esa,
xun olish axloq muammosi sifatida kun tartibidan chiqib ketdi.
Nomus tushunchasining asosiy qamrovi esa boshqacha bo‘ldi.
Demak, insoniyat tarixida axloqiy taraqqiyot bo‘lgan va u qaysidir
ma’noda qat’iy izchilik va tadrijiylikka ega bo‘lmasada davom
etmoqda. Axloq esa ana shu taraqqiyotdan hech qachon chetda
turmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |