2. Bahs jarayonida biror mulohaza (tezisni)ni isbotlayotgan
shaxs ... deb nomlanadi.
a) Proponent;
b) Opponent;
v) Referent;
d) Agent.
3. Biron-bir mulohaza chinligining to‘liq asoslanishi qanday
nomlanadi?
a) Isbotlash;
b) Rad etish;
v) Tasdiqlash;
g) Tanqid;
4. Mantiqda argumentlashsiz fikrni chin deb qabul qilsa
bo‘ladimi?
a) bo‘lmaydi;
b) bo‘ladi;
v) to‘g‘ri javob yo‘q;
g) ba’zida bo‘ladi
461
13-MAVZU. “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT
HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Etika fanining predmeti, mazmun mohiyati, etik ta’limot
tasnifi
Etika falsafiy fan bo‘lib, u olam-odam munosabatlarining eng
umumiy tizimining inson mavjudligi, hayoti, o‘limi va abadiyligining
o‘ziga xos tomonlarini o‘rganuvchi, bir necha ming yillik tarixga ega
bo‘lgan qadimiy fan.
Etika axloqning paydo bo‘lishi, uning rivojlanishi hamda
mavjudlik qonuniyatlarini o‘rganadi. Axloq inson mavjudligining
eng muhim jihatlarini tashkil etadi. Shuning uchun ham inson o‘zini
tanigan kunidan boshlab, uning muhim sifati bo‘lgan axloq ham
vujudga keldi. Axloq haqida gapirganda odob, xulq, axloq
tushunchalarini alohida olib qarash ularning mazmunan to‘liq
tushunish imkonini beradi.
Etika yunoncha “ethos” so‘zidan olingan bo‘lib, mazkur atama
ilmiy termin sifatida birinchi marta fanga qadimgi yunon faylasufi
Aristotel’ (Arastu) tomonidan kiritilgan. O‘z davrida Arastu fanlarni
tasnif qilib, ularni nazariy, amaliy va ijodiy guruhlarga ajratadi.
Birinchi guruhga – falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga
– etika va siyosatni; uchinchi guruhga – san’at, hunarmandchilik va
amaliy fanlarni kiritadi.
Miloddan avvalgi IV asrda lotin tilidagi "moralitas" atamasi
yunoncha "ethos" so‘ziga mazmunan o‘xshashligi bois bir ma’noda
foydalanila boshlanadi. Etika atama sifatida Aristotel tomonidan
birinchi marta “amaliy falsafa”ning muayyan bir sohasini belgilash
uchun ishlatilgan. Albatta, dastavval, "ethos" va "moralitas"so‘zining
mazmunida umumiy turar joy yoki qo‘shma turar joy uchun taaluqli
bo‘lgan qoidalar, jamoani birlashtiruvchi me’yorlar, tartib intizom
tamoyillari aks etgan va asosan ma’lum turar joy uchun qabul
qilingan qoidalar, manzildoshlik, yashash joyi, keyinchalik esa odat,
fe’l, fikrlash tarzi singari ma’nolar nazarda tutilgan. Shu bois ham
qadimgi greklar etika deyilganda, hatti-harakat, tartib, munosabat
normalarini
tushunganlar.
Mazkur
qoidalardan
jamoadagi
individualizm va agressivlikni bartaraf etishda foydalanilgan.
462
Keyinchalik esa "ethos" mazmuni vijdon, yaxshi va yomonni
baholash, xayrixohlik, do‘stlik, hayotning mazmuni kabi ma’nolar
bilan boyib borgan. Hozirda esa uning mazmuni yanada boyib inson
hayotining mazmundorligini tashkil etuvchi tushunchalarni qariyib
barchasini qamrab olgan.
Aristotel’ inson baxtli yashashi uchun nima qilmoq kerak?
degan savolga javob berar ekan, axloqiy hatti-harakatning asosiy
maqsadi bu baxtiyorlikka erishishdir deb tushungan. Shuningdek, u
insonning o‘zini-o‘zi anglash faoliyatini ruhiyatning fazilatlaridan
biri deb bilgan. Aristotel’ inson axloqiy, oqilona hatti-harakati deb
o‘zini-o‘zi anglashda haddan oshmaslik, balki, oltin o‘rtalikni saqlash
muhim ekanligiga urg‘u bergan. Aristotel’ fikricha, etika insonlar
o‘rtasidagi munosabat doirasi va oqil ijtimoiy hayvon
(individ)ning axloqini o‘rganuvchi fan. Bu haqda o‘zining
“Nikomax etikasi”, “Evdem etikasi”, “Katta etika” kitoblarini
yozib “etika” faniga asos solgan
1
.
Etika fanining nomi axloq so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bu
tushuncha to‘g‘risida hozirgacha yaxlit umumiy qarashlar yo‘q.
Buning boisi eng avvalo, Etika so‘zining ko‘p ma’noli va ko‘p qirrali
ekanligi bilan izohlanadi. Jumladan, muayyan adabiyotlarda Etika
kishilarning har bir jamiyatga xos xulq normalari majmui deyilsa,
boshqalarida esa Etika axloq haqidagi fanning obyektiv ifodasi,
maxsus insonshunoslik fani sifatida axloqning kelib chiqishi va
mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganadi
deyiladi.
Etika atamasi ba’zida ma’lum bir ijtimoiy guruhlarning axloqiy
me’yorlar tizimiga murojaat qilish uchun ishlatilsa, ba’zida esa butun
bir ijtimoiy institutlar va ijtimoiy munosabatlarning axloqiy
rivojlanish darajasini belgilash uchun ham ishlatiladi. Aristotel’
“axloqiylik”ni inson qalbining takomillashgan sifatlari –
xotirjamlik, og‘irlik, vazminlik, bosiqlik, mardlik, botirlik,
jasurlik, qahramonlik, o‘rtachalik, mo‘’tadillik, evidalik va
hokazolarni ifodalovchi tushuncha deb bilgan. Shu asosda u
etikani – yaxshi fazilatlarga (xislatlar) ega bo‘lgan kishilarni yoki
1
Аристотель. Никомохова этика / Аристотель. Сочинение. В 4 х-т. -М.: Мысль, 1984. Т. 4. С. 55-62.
463
kishilarning yaxshi sifatlarini, ya’ni xayrli, saxovat va himmatli,
ezgu ishlarini o‘rganuvchi ilm sohasi deb tushungan.
Axloqiy qarashlar, tamoyillar obyekt sifatida alohida olingan
kishilarning hatti-harakati, ularning hayotdan qoniqishi hamda
boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishi, jamiyatda qabul
qilingan tartib va qoidalarga rioya qilish, rahm-shavqat, adolat,
do‘stlik, birdamlik kabi bir qator tushunchalar orqali muayyan
ijtimoiy institut va munosabatlarning axloqiy rivojlanishini
boshqaradi. Etika ijtimoiy ong shakllaridan biri sotsial tartib-qoida
sifatida hamma sohalarda kishilarning xatti-harakatini tartibga solish
vazifasini bajaradi.
Etika atamasi greklar tomonidan ilmiy muloqotga kiritilsada,
mazkur fanining genezisi qadimgi Xitoy, Hindiston va Yaqin Sharq,
Markaziy Osiyo xalqlarining axloqiy qarashlar tizimiga borib
taqaladi.
Etika taraqqiyotini shartli ravishda quyidagi davrlarga bo‘lib
o‘rganish mumkin. Ya’ni antik davr etikasi; o‘rta asrlar etikasi; yangi
va eng yangi davr etikasi; hozirgi zamon etikasi. Yuqorida keltirilgan
har bir davrning axloq falsafasi o‘ziga xos xususiyatiga ega.
Antik davr etikasi jamiyat axloqiy munosabatlarini tabiatga
ko‘chirish va uni tabiatdagi singari umumiy uyg‘unlikda tasavvur
qilishga, alohida olingan kishining hayotdan qoniqishi gedonizm
sifatida va har bir kishining boshqalar oldida javobgar ekanligini
anglash falsafasi sifatida ko‘rinadi. Antik davr etikasiga Aristotel’
katta hissa qo‘shgan. U axloq-odob masalalariga bag‘ishlangan
“Nikomax etikasi” asarini o‘g‘liga bag‘ishlangan. Mazkur asar to‘g‘ri
yurish-turish, axloq-odob haqida, amaliy nasihat sifatida yozilgan. U
birinchi bo‘lib antik dunyo axloqida inson xulqining tizimini tadqiq
qildi. U amaliyotga murojaat qilib, iroda erkinligi masalasini qo‘yadi.
Aristotel’ etikasi dunyoviy, har bir ozod kishini davlat fuqarosi ruhida
tarbiyalash masalalariga bag‘ishlangan.
O‘rta asrlarga kelib etika Sharqda ham G‘arbda ham axloq va
uning tabiatini diniy qarashlardan kelib chiqqan holda tushuntirishga
asoslangan edi. Insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, ularning baxti,
hayot mazmuni diniy nuqtai-nazardan tushuntirildi. O‘rta asr
etikasida Sharq mutafakkirlari (Forobiy, Ibn Sino, Beruniy) va fikhiy,
tasavvufiy yo‘nalishlarda (Abu Lays Samarqandiy, Imom-G‘azzoliy,
464
J.Rumiy, A.Nasafiy, Voiz-Koshifiy) asarlari etika taraqqiyotiga katta
hissa qo‘shdi.
Uyg‘onish davri G‘arbiy Yevropada yuz bergan alohida
madaniy va tafakkur taraqqiyotining asosiy alomatlari tafakkurda va
ilmu ijodda, dogmatizm, jaholat va muttassiblikni yorib o‘tib, insonni
ulug‘lash, uning iste’dodi, aqliy-fikriy imkoniyatlarini yuzaga
chiqarish, tiklash, boyitish g‘oyalarini olib chiqdi. Bu ta’sirni yangi
davr axloqshunosligida ham yaqqol ko‘rish mumkin. (Gobbs,
Spinoza, Gel’vetsiy, Gol’bax, Russo) kabi ma’rifatchilar axloqning
shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rniga, demokratik o‘zgarishlarning
axloqiy ildizlariga e’tiborni qaratdi.
Har bir davrda jamiyat ma’naviy-axloqiy muhitidan, muayyan
jamiyatda takomil topgan umuminsoniy qadriyatlar mazmunidan
kelib chiqib insonni yashashdan maqsadi va hayotining mazmuni
bo‘yicha turli xil qarashlar va o‘ziga xos konsepsiyalar shakllangan.
Tarixiy taraqqiyotning qadimgi davridan to hozirgi kuniga qadar
hayot mazmuni tashkil qiluvchi qator o‘ziga xos modellarni taklif
qilingan. Etik ta’limotning tasnifi muammosi haqida fikr
bildirilganda ham eng avvalo, naturalizm etikasida keng tarqalgan
gedonizm, evdemonizm, utilitarizm tushunchalari va ularning
mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Jumladan,
gedonizm: (yun nedone - lazzatlanish) – lazzatlanib umr kechirish
inson hayotining asl mazmunini tashkil etishi
1
. Huzur-halovatga
intilish insonga xos oliy xislat, deb hisoblovchi axloqiy ta’limot
bo‘lib, aksariyat gedonizm tarafdorlari inson uchun eng yaxshi
jamiyat - farovon, moddiy boyliklar mo‘l-ko‘l bo‘lgan davr, deb
hisoblashadi.
Gedonizm Etika nazariyasidagi axloqiy talablarni asoslash
tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra huzur-halovat keltiruvchi va azob-
uqubatdan qutqazuvchi narsa yaxshilik deb, azob-uqubat keltiruvchi
narsa esa yomonlik deb ta’rif qilinadi. U axloq-odob tamoyili sifatida
kishilarga dunyoning shod-xurramliklariga, o‘zlari va barcha uchun
yuksak rohat-farog‘at olishga intilishni buyuradi. Mazkur ta’limotga
ko‘ra, huzur-halovat shunday narsa bo‘lishi kerakki, uning ketidan
1
Falsafa qomusiy lug‘at / Tuzuvchi va mas’ul muharrir Q.Nazarov. –T.:« Sharq», 2004. – 83 b.
465
azob-uqubat, dard-alam, ya’ni yomonlik kelmasligi kerak. Ammo
lekin, hozirda ayrim devirsion kuchlar, yoshlar ongi va qalbi uchun
ketayotgan kurash jarayonida gedonizm mazmunidagi “huzur-
halovat”, “lazzat” ma’nolaridan o‘z manfaatlari yo‘lida niqob sifatida
foydalanmoqdalar. Tabiiyki inson hayotini mazmundorligiga
gedonistik qarash salbiy ta’sir ko‘rsatib ma’naviy-axloqiy muhitga
putur yetkazadi. Hayot mazmunini lazzatlanish bilan cheklash
natijasida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar susayib, axloqiylik va
insoniylikka zarar yetadi.
U qadimgi Yunonistonda Aristipp va Epikur nazariyasida
rivojlandi. Bu qadimgi davrdan tortib, hozirgacha yetib kelgan
ta’limotlardan biri sifatida yaxshi sharoitlarda yashash, huzur-
halovotga intilishni targ‘ib etib keldi. Chunki, inson tabiatan huzur-
halovatga intiladi. Ammo, har bir narsada me’yor bo‘lgani kabi inson
huzur-halovatida ham me’yorga rioya qilishi zarur. Nima uchun,
chunki inson o‘z hayotida me’yorlarga asoslanib yashashi bilan
o‘zligini yo‘qotmaydi.
Yunon tilidan olingan Evdemonizm esa “rohat-farog‘at, baxt-
saodat” ma’nosini bildiradi. U ham axloqiy ta’limot bo‘lib, bu baxt-
saodatga intilishni axloqning asosi deb talqin etadi. Evdemonizm
antik davr axloqiy nazariyasida to‘liq namoyon bo‘lgan. Demokrit,
Suqrot, Aristotel’ evdemonizmni baxt-saodatga intilish axloq-odob
mezoni va inson axloqiy xatti-harakatining asosi deb hisoblaydi.
Evdemonizm baxt-saodatni jismoniy va bir lahzali huzur, lazzat bilan
tenglashtirmaydi, balki, uni keng ma’noda ya’ni, jismoniy va
ma’naviy qadriyatlarning majmui tarzida tushunadi. Mazkur ta’limot
evdemonizm: (yun. yeudaimonia - baxt – saodat, rohat farog‘at)ni
kishilar hayotining oliy maqsadi deb hisoblaydigan axloqiy
yo‘nalish
1
. Ushbu yo‘nalish tarafdorlari hayotning mazmuni baxtli
yashashda, o‘zida barcha jismoniy va ma’naviy qadriyalarni
mujassamlashtira olgan kishigina chinakam baxt-saodat sohibi bo‘la
oladi deb uqtiralar. Aynan shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat
farog‘at baxsh etib umrini mazmunli yashab o‘tish imkonini yaratadi.
Umuman evdemonizm o‘z ta’limoti asoslari bilan utilitarizmga
yaqindir. Utilitarizm (lot. utilitas – foyda, naf) – G‘arb etika
1
Falsafa qomusiy lug‘at / Tuzuvchi va mas’ul muharrir Q.Nazarov. –T.: «Sharq», 2004. –– 455 b.
466
nazariyasidir. Bu nazariya xatti-harakatning foydaliligini, axloq-odob
mezoni deb biladi
1
ya’ni axloqning asosi foyda olish, manfaat ko‘rish
deb biluvchi ta’limot bo‘lib uning asosiy prinsipi shaxsiy
manfaatlarni qondirish vositasi bilan ko‘pchilikni baxtli qilish.
Keyinchalik foyda tamoyilini bilish nazariyasiga ko‘chirish
pragmatizmning paydo bo‘lishiga olib kelgan ya’ni axloqiy
mulohazalarni tahlil qilish ya’ni – etikada emotivizm ham
shakllangan. Pragmatizm oqimi ham (yun. pragma – ish, harakat)
harakat, amaliyot orqali hayot mazmunini boylik bilan bog‘lovchi,
moddiy boylikka va qulay sharoit, hamda obro‘ va nufuzga
intiluvchanlik holatlari darajasiga ko‘targan. Etikada pragmatizm
meliorizmga, ya’ni hayotdagi ustivor qoidalar, qonunlarning
takomilashib borishiga ishonishga tayanadi. Meliorizm (lot. melior –
eng yaxshi) ma’nosini anglatuvchi - falsafiy yo‘nalish
2
ushbu oqim
maqsad nuqtai nazaridan optimizmga yaqin bo‘lib, jamiyatda
sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish insonlar hayotini
mazmunli yashab o‘tishlari baxtga erishish masalasini kishilarning
shaxsiy kamoloti hamda umumiy ma’rifatni yuqori darajaga ko‘tarish
yo‘li bilangina jamiyat hayotini umuman dunyoda yaxshilash
mumkin deb hisoblashgan. korporativlik: lotinchada irlashuv,
uyushma korporatsiya manfaatlari bilan cheklanganlik xususiy
manfaalarni nazarda tutuvchi perfeksionizm: lotinchada mukam-
mallik, kamolot – hayotning mazmunini shaxsiy barkamollik yetuklik
bilan borg‘lovchi ta’limot.
Etikaning tadqiqot obyekti inson axloqi, fanning baxs mavzui,
axloqiylik tarraqiyot jarayoni esa uning predmetini tashkil etadi.
Etika axloq me’yorlari, tushuncha va tamoyillari, axloqiy hatti-
harakat mulohoza va axloqiy g‘oyalarni yaratmaydi, aksincha, uni
nazariy jihatdan umumlashtirib tizimga soladi va albatta, umumiy
me’yorlarni qadriyat va ideallarni asoslaydi, tadqiq etadi.
Etikaning ilmiy muammolaridan yana biri bu fazilatli, fazilatsiz
hatti-harakatlarni ta’riflash, ya’ni hatti – harakatning qanday
ekanligini aniqlashdan iborat. Shu bois ham etikaning ochuvchi va
to‘ldiruvchi omili bu insonning xulq-odobi, axloqiy hatti-harakati va
kishilararo munosabatidir. Demak, umumiy ma’noda Etika
1
Falsafa qomusiy lug‘at / Tuzuvchi va mas’ul muharrir Q.Nazarov. –T.: «Sharq», 2004. – 256 b.
2
Falsafa qomusiy lug‘at / Tuzuvchi va mas’ul muharrir Q.Nazarov. –T.: «Sharq», 2004. – 416 b.
467
kishilarning jamiyatda yurish-turishi, yashash qoidalari, fe’l-atvori,
hatti-harakatlarining majmui va mazmunini ifodalaydi.
Etika tushunchasi quyidagi ma’nolarda qo‘llaniladi:
- kundalik hayot muomalasida odob, axloq, hulq-atvor
ma’nolarini anglatadi;
- ma’lum bir ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, kasb-hunar yoki
ixtisosliklar, rahbarlar etikasi;
- kishilarning axloq-odobini, xulqini, fe’l-atvorini o‘rganuvchi
fan, ya’ni Etika.
Odamning o‘z xohishiga ko‘ra boshqaradigan muayyan axloqiy
qoidalar, axloqiylik sifatlari aksariyat hollarda axloq yoki sinonimi
sifatida etika deb ham qo‘llaniladi.
Kundalik hayotda va ilmiy adabiyotlarda axloq va etika
tushunchalari bilan bir qatorda odob tushunchasi ham ishlatiladi.
«Odob» (arabcha «adab» so‘zining ko‘pligi) xulq-atvorii, yurish-
turish madaniyatining tashqi va ichki jihatlarini ya’ni, sharmu-hayo,
kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalikni ifodalaydi. U kishilarning
hatti-harakatida, o‘zaro munosabatida namoyon bo‘lib, ta’lim-
tarbiya, amaliy tajriba jarayonida shakllanadi. Xusayn voiz Koshifiy
«Axloqiy Muhsiniy» asarida odobni quyidagicha ta’riflaydi: «Odob -
bu qalbni yomon so‘zlardan va nojo‘ya xulqdan saqlay olish, o‘zini
va o‘zgalarni ham hurmat qila bilish, shu bilan birga o‘zini va
o‘zgalarning obro‘sini tushirmaslikdir». Odob – kishilarning hayot va
turmushlariga nisbatan belgilab berilgan muayyan axloqiy chegara
yoki me’yor. Mazkur me’yorga rioya qilgan odamni odobli, aksincha
holda esa odobsiz, tarbiyasiz deyiladi. Odob Etikaga nisbatan tor
tushuncha bo‘lib, u o‘z navbatida barcha axloqiy fazilatlarning
yuzaga chiqishi. Etika va odob o‘zaro bog‘liq va ma’lum darajada
farq qiluvchi tushunchalar bo‘lib, barchasi insonning hatti-harakatini,
yurish-turishini, boshqa odamlar bilan munosabatini ifodalaydi.
Odatda bularni umumiy ma’noda axloq, kundalik hayotda, turmushda
odob, xulq, fe’l-atvor va ularni o‘rganuvchi fan Etika deb yuritiladi.
Xulqning jamiyat hayotidagi o‘rnini yuksak baholagan
A.Avloniy unga ta’rif berib quyidagilarni yozadi: «Xulq har narsadan
murakkabdir. Biri jasad, ikkinchisi nafsdirki. Jasad nafsi ila bor
narsalarni ko‘rur. Ammo nafs idrok ila yaxshini yomondin, oqni
qoradan ayirur. Jasadning ham, nafsning ham biror surati bordurki,
468
yo yaxshi, yo yomon bo‘ladur. Jasadning surati hammaga ma’lum bir
narsadirki, har vaqt ko‘zga ko‘rinib turadi, ammo nafsning surati
ko‘zga ko‘rinmaydigan, aql ila o‘lchanadirg‘on bir narsadirki, buni
xulq deb atalur. Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib tarbiyasiz,
ahloqsiz bo‘lib o‘sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmak
befoydadir»
1
. Shu ma’noda xulq-odob qadriyatlarining egallanishi,
inson amaliy faoliyatida ularga amal qilishi xulq-odobning asosiy
mohiyatini tashkil qiladi. Yaxshi xulq-odobning hayotiyligi esa,
uning xususiyatlari va me’yorlari kishilar hatti-harakatida, ijtimoiy
faoliyatida belgilanib, davrga muvofiqlashtirib turiladi.
Xusayn voiz Koshifiy xulqni tarbiyalay olish, o‘zini boshqarish
va o‘zgalarni hurmat qilishni axloqiylik deb atagan. Shunday qilib,
Etika kishilarning yaxshilik va yomonlikka nisbatan munosabatini
namoyon etadigan va tarixan tarkib topgan xulq-atvor, yurish-turish
va hatti-harakatini ifodalaydi. Ularning bir-biriga va jamiyatga
bo‘lgan munosabatlarini aks ettiradigan hamda o‘zaro ixtiyoriy
tarzda amalga oshadigan norma va qoidalar yig‘indisidir.
Etika axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadqiq etar ekan,
amaliyotda insonni ezgulik orqali haqiqatga olib borishga,
insonlarning o‘zaro munosabatlarini yuqori saviya va sifatini
ta’minlashga, insonparvar va adolatli munosabatlarning maqbul
modelini yaratishga xizmat qiladi.
Etikaning tadqiqot obyekti va tadqiqot doirasiga ko‘ra quyidagi
bo‘limlarga ajratish mumkin. Birinchisi, bu umumiy etika bo‘lib,
axloqning tabiati, mohiyati, xususiyatlari, uning tarkibi, o‘zaro
aloqadorligini ilmiy asoslaydi. Axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlar
rivojlanishi xususiyatlarini etika taraqqiyotidagi ijtimoiylik, tarixiylik,
zamonaviylik, umuminsoniy va milliy jihatlarini o‘rganadi.
Ikkinchisi, bu tarixiy etika bo‘lib, axloqning tarixiy shakllarini,
uning tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini va xususiyatlarini, axloqiy
ta’limotlarning tarixdagi o‘rnini tadqiq etadi.
Uchinchisi, bu me’yoriy-aksiologik etika bo‘lib, etika qoidalarini,
axloqiy zaruriylik talablarini, axloqiy ongni o‘rganadi.
To‘rtinchisi, bu kasbiy etika muayyan kasb doirasidagi kishilarning
axloqiy xususiyatlari bilan shug‘ullanadi.
1
Avloniy A. Turkiy Guliston yoxud ahloq.-T.: «О‘qituvchi», 1992, 11-bet.
469
Beshinchi, tarbiyaviy etika nazariyasi axloqiy tarbiyaning
omillardan samarali foydalanish yo‘llari, shakllari va vositalarini
belgilash masalalarini umumlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |