Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo,
gipoteza, nazariya
Bilish jarayonida inson voqea va hodisalarning mohiyatini
tushunib boradi. Inson qancha ko‘p bilimga ega bo‘lmasin, bilmagan
narsalari undan ham ko‘proq bo‘ladi. Bilmagan, noma’lum narsalarni
bilish uchun hamma vaqt ham mavjud tasavvurlar, prinsiplar yetarli
bo‘lmaydi. Bilish jarayonida mavjud bilimlarimizning erishgan
darajasi bilan yangi bilish vazifalarini hal qilish zaruriyati o‘rtasida
ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat paydo bo‘ladi. Bunday
ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni hal
qilish, fanda esa tub burilishlar davrida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Masalan, komp’yuter viruslariga qarshi himoya tizimini yaratish
shunday muammolardan hisoblanadi. Tibbiyot sohasida rak
kasalligini
davolash,
avtomobilsozlikda
yoqilg‘ini
tejovchi
vositalarni ixtiro qilish, ekologiya bilan bog‘liq muammolar va
boshqa sohalarga oid muammolar mavjud. Hozirgi kunda bu
muammolarni hal qilish uchun mavjud qonun va prinsiplarning
yetarli emasligi, fanda yangi izlanishlar olib borishni talab qilmoqda.
451
Ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan taraqqiyotining ichki
ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi vaqtda
matematikada to‘plam nazariyasi bilan bog‘liq muammolarni xal
qilish zaruriyati bunga misoldir.
Demak, muammoli vaziyat mavjud ilmiy tasavvurlar bilan qayd
qilingan yangi faktlar o‘rtasidagi ziddiyatning paydo bo‘lishi yoki
ana shu ilmiy tasavvurlar yetarli darajada tizimga solinmaganligi,
yaxlit bir ta’limot sifatida asoslanmaganligi natijasidir.
Mana shundan kelib chiqib, muammoli vaziyat bilish
taraqqiyotining turli bosqich va bo‘g‘inlarida olam hamda uni bilish
haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini
o‘zgartirishning obyektiv zaruriyatidan iborat, deyish mumkin.
Muammoni qo‘yish va hal etish
Muammo – javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va
yechish usuli noma’lum bo‘lgan savoldir.
Shuning uchun ham muammoni qo‘yish va hal qilish mavjud
bilimlarni qayta ishlash, ba’zi hollarda esa, hatto, ular doirasidan
chetga chiqishni, yangicha yechish usuli, metodlarini qidirib topishni
taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surish va muhokama qilish
xususiyatini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz ehtiyojlari belgilab
beradi.
Ko‘lamiga ko‘ra shaxsiy, hududiy, bir davlat yoki bir necha
davlat miqyosidagi va umuminsoniyat muammolarini ajratish
mumkin. Bu muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishning zarur
shartlaridan biri uni to‘g‘ri qo‘yish va aniq bayon qilishdan iborat.
To‘g‘ri qo‘yilgan savol muammoning yarim yechimi hisoblanadi.
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasavvur
qilishning o‘zi yetarli emas. Har qanday muammoning yechimi ilmiy
asoslangan bo‘lishi kerak. Buning uchun muammoni hal qilishning
turli xil usullari va vositalarini ham oldindan ko‘ra bilish muhim
ahamiyatga ega.
Muammolarni qo‘yishda kishilarning hayotiy tajribasi, bilimlari
va qobiliyati muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Odatda, ko‘p hollarda
yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu sohasining yirik
mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur bilimli olimlar tomonidan
ilgari suriladi hamda ular ba’zan uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi.
Buni, masalan, milliy ma’naviyatimizga yot g‘oyalarning yoshlar
452
ongiga salbiy ta’siri muammosining qo‘yilishi va tadqiq etilishi
misolida ko‘rish mumkin. Ma’lumki, OAV, Internetdagi ayrim
ma’lumotlar endigina ma’naviy olami shakllanayotgan, shaxsiy
tajribasi haqiqatni yolg‘on, uydirmadan farqlashga yetarli bo‘lmagan
yoshlarda hayotiy tushunchalarning shakllanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Yosh avlod ma’naviy olamining dahlsizligini asrash
jamiyatimiz oldida turgan muammolardan biridir. Bu muammo
faylasuflar, gumanitar fan vakillari tomonidan tadqiq etilmoqda.
Muammoli vaziyatni tahlil qilishga turli xil tomondan
yondashish mumkin bo‘lganligi uchun ham hal qilinishi lozim
bo‘lgan vazifa turli xil muammolar tarzida bayon qilinishi mumkin.
Bunda ba’zi muammolar asosiy vazifani ifoda qilsa, ba’zilari bu
vazifaning ayrim tomonlarini aks ettiradi va shuning uchun ham
juz’iy xususiyatga ega bo‘ladi. Ko‘p hollarda bir-biri bilan bog‘lanib
ketgan mana shunday juz’iy muammolar hal qilingandan keyingina
asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va yechish imkoniyati
vujudga keladi.
Muammolarni to‘g‘ri qo‘yish va bayon qilish ularni yechishdan
kam ahamiyatga ega emas. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun uning
ilmiy bilish taraqqiyotida, jamiyat hayotida tutgan o‘rni va
ahamiyatini to‘g‘ri baholash, uni hal qilishning metodlarini topish
zarur. Bu amalda qo‘yilishi mumkin bo‘lgan turli xil muammolar
ichidan eng muhimi va to‘g‘risini tanlab olishni bildiradi. Muammoni
tanlash ma’lum bir darajada tadqiqotning umumiy yo‘nalishi va
xususiyatlarini belgilab beradi.
Oxir-oqibatda qaysi muammoni qo‘yish amaliy faoliyatimiz
ehtiyojlariga bog‘liq. Chunki faqat amaliy faoliyatdagina kishilarning
ehtiyojlari va maqsadlari bilan ularni hal qilish vositalari o‘rtasidagi
ziddiyat yaqqol namoyon bo‘ladi, ilmiy izlanish predmeti aniqlanadi
va shu asosda bilish oldiga konkret vazifalar qo‘yiladi.
Ilmiy muammo, odatda, ma’lum bir nazariya doirasida vujudga
keladi va uning yordamida hal qilinadi. Ba’zi hollarda esa muammo
mavjud nazariyani o‘zgartirish va muammoni yechishga mos-
lashtirishni talab qiladi.
Muammoni yechish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
a) mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bo‘lmaydigan fakt
va hodisalar aniqlanadi;
453
b) muammoni hal qilish g‘oyalari va metodlarini tahlil qilib,
ularga baho beriladi;
v) muammoni hal qilish turi, maqsadi, olingan natijani
tekshirish yo‘llari belgilab olinadi;
g) muammoning negizi bilan uni yechish uchun ilgari surilgan
g‘oyalar o‘rtasidagi aloqaning xususiyatlari ko‘rsatiladi.
Bu ishlar amalga oshirilgandan keyin bevosita muammoni
yechishga kirishiladi.
Barcha muammoning yechilishi nisbiy xususiyatga ega.
Boshqacha aytganda, muammoning mutlaq to‘la yechimini topish
qiyin. Chunki o‘rganilayotgan hodisaning barcha tomonlarini qamrab
olib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ilmiy izlanish davomida yangi
muammolar vujudga kelishi mumkin bo‘lib, u mavjud muammoni
boshqacha talqin qilishni taqozo etadi.
Ba’zi hollarda muammolarning yechimini uzoq vaqtgacha topib
bo‘lmaydi. Masalan, rak kasalining sababini o‘rganish bilan bog‘liq
muammo hozirgacha to‘la hal bo‘lmagan.
Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay yechimiga ega emas,
degan fikrni bildirmaydi, balki ularni mavjud metodlar, vositalar
yordamida yechib bo‘lmaslikni ko‘rsatadi xolos, va shu tariqa
yechishning yangi vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak,
muammo hal qilinmaguncha ilmiy izlanish davom etadi.
Gipoteza (faraz) – bilimlarning mavjud bo‘lish va taraqqiy etish
shakli. Muammoni hal etish jarayonida ma’lum bir gipotezalar ilgari
suriladi va asoslanadi. Gipoteza (faraz) – o‘rganilayotgan hodisaning
sabablari va xususiyatlarini tushuntiruvchi asosli taxmin tarzidagi
bilim shaklidir.
Hodisaning sababi haqidagi fikr dastlab, odatda, gipoteza
shaklida vujudga keladi va shu ma’noda u bilimlarning mavjud
bo‘lishining umumiy mantiqiy shakllaridan biri hisoblanadi. Chin,
ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar,
masalalar
haqidagi
fikr-mulohazalar
kuzatish,
eksperiment
natijalarini tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular
turli xil taxminlar, farazlar shaklida mavjud bo‘ladi.
Gipotezani qurish o‘rganilayotgan hodisani tushuntiruvchi
taxminiy fikrlarni ilgari surishdan iborat bo‘ladi. U qayd etilgan
faktlar, ular uchun xarakterli bo‘lgan qonuniyatlar haqidagi
454
mulohazalar yoki mulohazalar tizimi tarzida bo‘ladi. Uni ifoda
qiluvchi asosiy gap mulohazalar sistemasini hosil qiluvchi element,
deb hisoblanadi. Ana shu gap (mulohaza)da, odatda, gipotezaning
bosh g‘oyasida aks etadi. Muhokama jarayoni uning negizida,
atrofida quriladi va ma’lum bir ishchi gipotezalar – vaqtinchalik,
mo‘ljalni to‘g‘ri olishga yordam beradigan taxminlarning ilgari
surilishiga, ular yordamida hodisaning yanada chuqurroq tadqiq
qilinishiga olib keladi.
Gipotezalarni ilgari surishning asosiy mantiqiy vositasi
ehtimoliy xulosa chiqarish hisoblanadi. Shuningdek, gipoteza ba’zi
hollarda qat’iy xulosa chiqarish shakllarida ham ilgari surilishi
mumkin.
Gipotezada ilgari suriladigan mulohaza empirik materiallarni
tahlil qilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, umumlashtirish, talqin
etish natijasida paydo bo‘ladi. Ana shuning uchun ham gipoteza – bu
har qanday taxmin emas, balki o‘zining muayyan mantiqiy kuchiga
ega mulohaza, ma’lum bir darajada asoslangan farazdir.
Ilgari surilgan gipoteza, albatta, asoslanishi zarur. Bu bosqichda
gipotezadan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi va ularning
mavjud faktlarga (yoki boshqa ishonchli bilimlarga) muvofiqligi
aniqlanadi.
Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. Bu gipotezadan kelib
chiqadigan natijalarning mavjud faktlarga nomuvofiqligini ko‘rsatish
orqali amalga oshiriladi.
Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, bu gipotezaning
mavqeini ancha pasaytirsa-da, lekin uni rad eta olmaydi.
Gipotezaning chinligi undan kelib chiqadigan natijalarga zid bo‘lgan
holatlar
aniqlangandagina
uzil-kesil
rad
etiladi.
Masalan,
Ptolomeyning yerning harakatlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi
gipotezasi Kopernikning geliotsentrik nazariyasi asoslanadigan
faktlarga zid kelganidan keyin rad etildi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, o‘rganilayotgan hodisa haqida
bir vaqtning o‘zida bir qancha gipotezalar ilgari surilishi mumkin.
Gipoteza tasdiqlanmaguncha o‘zining bilishdagi ahamiyatini
yo‘qotmaydi. Rad etilsa, o‘rniga boshqa gipoteza quriladi va bu hol
to gipotezalardan birortasi tasdiqlanmaguncha, ya’ni muammoning
yechimi topilmaguncha davom etadi.
455
Ilgari surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan
bo‘lishi mumkin. Ana shunga muvofiq holda umumiy va juz’iy
gipotezalarni ajratish mumkin.
Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining
qonuniyatlari haqida bildirilgan asosli taxminga aytiladi.
Juz’iy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va
hodisalarning kelib chiqishi, xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli
taxminiy fikrdan iborat. Arxeologik qazishlarda topilgan predmet-
larning tabiati, qaysi davrlarga oid ekanligi haqidagi taxminlar juz’iy
gipotezaga misol bo‘ladi.
Mantiqda ishchi gipotezalar ham farq qilinadi.
Ishchi gipoteza tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari
suriladigan taxmin bo‘lib, o‘z oldiga o‘rganilayotgan hodisaning
sababini aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi; u faqat kuzatish va
eksperiment natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi.
Shunday qilib, gipoteza muammoning yechimini topish uchun
xizmat qiladigan fikrlarning, bilimlarning mavjud bo‘lish va
rivojlanish shaklidir.
Nazariya bilimlarning mantiqiy tizimi sifatida. Har bir fan
sohasida turli nazariyalar mavjud bo‘ladi. “Nazariya” atamasi keng
ma’noda amaliyotdan farq qiluvchi aqliy faoliyat turini ifodalaydi.
Tor ma’noda esa, nazariya ma’lum bir sohaga oid tasavvurlar,
tushunchalar, g‘oyalar, gipotezalarni tizimga soladigan, shu sohani
yaxlit tarzda anglashga imkon beradigan bilim shaklidir. Nazariya
ilmiy bilishning shakli sifatida empirik va nazariy bosqichlarning
birligini ifodalaydi.
Empirik bosqichda ilmiy faktlar to‘planadi, o‘rganiladi, tizimga
solinib, turli xil jadvallar, shakllar, grafiklar tuziladi; muayyan bir
umumlashmalar, xususan, empirik tushunchalar, farazlar, empirik
qonunlar shakllanadi.
Ilmiy bilishning keyingi taraqqiyoti empirik bilish bosqichida
hosil qilingan, lekin o‘zaro aloqasi hali aniqlanmagan bilimlar
o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish, ularni umumlashtirish, shu asosda
yangi fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni yaratish, ilmiy
bashoratlar qilish bilan uzviy bog‘liq.
Bilishning bu ikki bosqichi o‘rtasida zaruriy aloqadorlik mavjud.
Nazariyani yaratish empirik bilish jarayonida hosil qilingan predmetning
456
ayrim tomonlari, xususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalar, qonunlar,
farazlar o‘rtasida mantiqiy aloqalar o‘rnatishga, predmet haqida yaxlit
tasavvur hosil qilish, uning mohiyatini tushuntirishga bo‘lgan ehtiyoj
bilan belgilanadi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, nazariyaga quyidagicha ta’rif
berish mumkin: Nazariya ma’lum bir predmet sohasiga oid
tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u haqida
yaxlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar
yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tushuntirish,
oldindan ko‘rish imkonini beradigan ishonchli bilimdan iborat.
Har bir nazariya o‘z tushunchalari va ta’riflash qoidalariga ega.
Bunga misol qilib ximiya fanidagi atom, molekula, ishqor kislota kabi
tushunchalarni olishimiz mumkin. Xuddi shuningdek, har qanday
nazariya xulosalar tarzidagi o‘z natijalariga ega. Demak, ilmiy
nazariyaning tarkibida uning har bir elementi o‘z o‘rniga ega.
Muammoni aniqlash va yechimini asoslashda savol-javobning
o‘rni.Inson dunyoqarashini kengaytiruvchi va chuqurlashtiruvchi eng
asosiy vositalardan biri - savol-javob (dialog)dir. Savol-javobni
tashkil eta bilish insonda voqelikka mos (adekvat) tushunchalarning
shakllanishiga, mulohazalarini to‘g‘ri qurishga va xulosa chiqarishga
o‘rgatadi.
Savol-javob, dialog erotematik (grek. yerotematikos – savol
shaklida) mantiqda o‘rganiladi. Savol mantiqiy reallikning o‘ziga xos
alohida ko‘rinishidir. Savol berish ya’ni fikrni to‘g‘ri javobga
yo‘naltirish san’ati - tafakkurlash madaniyatining zaruriy elementidir.
Mantiqan to‘g‘ri savollarni qo‘ya bilish aqllilik, farosatlilikning muhim
belgisidir. Savol nima? Savol – keng ma’noda tafakkur shakli bo‘lib,
uning yordamida qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ma’lum turdagi
bilimlarning yetishmaslik (tanqislik) xolati tilda ifodalanadi.
1
Inson
bilimi predmet va hodisalar haqida avvalgi hosil qilingan mulo-
hazalardan yangi, ularni to‘ldiradigan, kengaytiradigan mulohazalarni
yaratishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon ma’lum bir savollarni
qo‘yish va ularga javob qidirish tarzida sodir bo‘ladi. Savol so‘roq gap
yordamida ifoda qilingani uchun, undagi ma’lumot yakunlanmagan
bo‘ladi. Mulohaza va so‘roq gap bilishda turlicha vazifalarni bajaradi.
1
Федоров Б.И. Эротетическая логика. //Логика. Учебник для бакалавров. Под ред. А.И.Мигунова,
И.Б.Микиртумова, Б.И.Федорова. - Москва: Проспект, 2015.С. 428-429.
457
Mulohazaning vazifasi predmet haqidagi mavjud bilimlarni qayd
qilishdan iborat bo‘lsa, savol uning yangi xususiyatlari, aloqalarini
qidirib topishga, aniqlashga, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Savollar
iltimos yoki talab qilib beriladi. Demak, savol avvaldan ma’lum
bo‘lgan axborot –asosida qo‘shimcha axborot olish uchun iltimos
yoki talabni ifodalovchi nutq shaklidir. Savolda ma’lum bir
boshlang‘ich bilim mujassamlangan bo‘ladi, ya’ni savol berish uchun
ma’lum bilimga ega bo‘lish talab qilinadi.
Savol va javob insonlarning dialog ko‘rinishidagi muloqat
shaklidir. Uning muhim funksiyalaridan biri kommunikativlikdir.
Axborotni qidirish vositasi sifatida ham savolning ahamiyati
beqiyosdir. Savol bo‘lmasa bilish ham bo‘lmaydi. Lingvistikadan
yaxshi ma’lumki, gapning har bir bo‘lagiga nisbatan va umuman
gapning o‘ziga nisbatan savol berish mumkin. Masalan, “Professor
Azlarov 314- auditoriyada fizikadan 3-kurs talabalariga ma’ruza
o‘qiydi.” Ushbu gap bo‘yicha 9ta savol tuzish mumkin. Mantiqda
savollarning tasnifi lingvistik tasnifdan farq qiladi. Savollarni chin
yoki yolg‘on deb tasniflash mumkin emas. Buning uchun ko‘proq
o‘rinli-o‘rinsiz, ma’noli-ma’nosiz, to‘g‘ri-noto‘g‘ri, to‘liq-to‘liqsiz
kabi tasniflardan foydalaniladi.
Mantiqda savollar har xil asoslarga ko‘ra bir qancha turlarga
bo‘linadi:
1. Oddiy va murakkab savollar. Tarkibida boshqa savol bo‘lmasa,
oddiy savol, bo‘lsa – murakkab savol deb yuritiladi. Murakkab savollar
o‘z navbatida qo‘shuvchi, ayiruvchi, shartli turlarga bo‘linadi. Masalan,
Konsertda G‘.YOqubov bilan O.Nazarbekov ham ishtirok etdimi?
Xatiga javob yozdingmi yoki yozmadingmi? Agar aytganingni qilsam,
shartimga rozi bo‘lasanmi?
2. Aniqlovchi va to‘ldiruvchi savollar. Masalan, “Sen o‘qishni
bilasanmi?”- degan savol aniqlovchi, “Sen qaysi qo‘shiqni
kuylamoqchisan?”-degan savol to‘ldiruvchi savoldir.
3. Mantiqan o‘rinli va mantiqan o‘rinsiz qo‘yilgan savollar. Bitta
bo‘lsa ham to‘g‘ri javob bersa bo‘ladigan savol mantiqan o‘rinli
savoldir. Be’maniligi tufayli javobsiz qolgan savol o‘rinsiz savoldir.
4. Ilmiy va ilmiy bo‘lmagan savollar. Ilmiy savollarning remasida,
ma’lum bir kontekstda empirik yoki abstrakt obyektlarning sinfini
458
ifodalovchi, hech bo‘lmaganda bitta ilmiy termin bo‘ladi. Ilmiy
bo‘lmagan savollarda bunday termin bo‘lmaydi.
Har qanday savolda axborotni aniqlashga qaratilgan element
mavjud bo‘lib uni tekshirish, baholash va faollashtirish kerak
bo‘ladi.Savollarni bilib tanlash, tuzish va muayyan tartibda berish orqali
muammoni xal qilish uchun yordam beruvchi sharoitni tug‘dirish va
yechimini tezroq aniqlashga imkoniyat yaratiladi
Javob – qo‘yilgan savolga muvofiq holda avvalgi bilimni
aniqlashtiradigan, to‘ldiradigan yangi mulohazadan iborat. U savolning
asosini tashkil etuvchi bilimga tayanilgan holda yangi bilim olishga
imkon beradi. Javob savolda mavjud bo‘lgan noaniqlikni kamaytirish
uchun xizmat qiladi.Inson o‘zinig shaxsiy tajribisiga, olgan bilimlariga,
dunyoqarashiga mos xolda savolga javob qidiradi. Ular yetarli bo‘lmasa,
bilimning konkret sohalariga, turli manbalarga murojaat qiladi. Ular
javobni qidirish sohasi, deb ataladi. Mantiqda javobning bir qancha
turlari ajratiladi:
1. Bevosita (aynan so‘ralgan savolga javob berish) va bilvosita
javoblar (so‘ralgan savolga taalluqli boshqa ma’lumotlarni qo‘shib javob
berish).
2. To‘liq (savolning barcha elementlari haqida ma’lumotlar
berilgan )va to‘liqsiz (savolning ba’zi elementlari haqida ma’lumotlar
berilmagan) javoblar.
3. Chin (voqelikni adekvat aks ettirgan) va xato (voqelikni adekvat
aks ettirmagan) javoblar.
4. Qisqa (ha, yo‘q, bilmadim) va batafsil (savolning har bir
elementi takrorlanadigan) javoblar.
5. Aniq (tushunchalar, so‘zlarning mazmuni va ma’nosi konkret va
ravshan bo‘lgan) va noaniq (ikki xil ma’noli tushunchalar, so‘zlar
ishlatilgan) javoblar.
Do'stlaringiz bilan baham: |