446
etiladi. Tezis mazmunining torayishi yoki kengayishi ham bahs
jarayonida tezisning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, respublikamiz
taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy g‘oyaning ahamiyati
to‘g‘risidagi tezisni isbotlash davomida umuman jamiyatga mafkura
kerakmi yoki yo‘qmi, degan masalani isbot etishga harakat qilinsa,
unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis almashinadi.
2. Insonning shaxsiy sifatini bahona qilib tezisni almashtirish.
Bahs jarayonida mavzudan chetga chiqib, opponentning shaxsiy,
ijtimoiy hayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari xususida fikr
yuritib, shu asosda tezisni isbotlangan yoki rad etilgan, deb ta’kidlash
tezisning almashinishiga sabab bo‘ladi. Bunday xatoga ataylab yo‘l
qo‘yiladi. Tinglovchilarning his-tuyg‘ulariga ta’sir qilish orqali
isbotlanmagan tezisning chin deb qabul qilinishiga urinish ham
tezisni almashtirish hisoblanadi.
3. Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning
almashinishi. Fikr ortiqcha isbotlansa, berilgan tezis o‘rniga undan
kuchliroq tezisni isbotlashga harakat qilinadi. Agar A hodisadan V
kelib chiqsa, lekin V hodisadan A kelib chiqmasa, unda A hodisani
ifodalovchi tezis V hodisani ifodalovchi tezisdan kuchliroq bo‘ladi.
Masalan, «A shaxs birinchi bo‘lib janjalni boshlamagan» degan tezis
(V) o‘rniga, «A shaxs umuman janjal bo‘lgan yerda yo‘q edi» degan
tezisni (A) isbotlashga harakat qilinadi. Ikkinchi tezisni isbotlab
bo‘lmaydi, chunki A shaxsning janjalda qatnashganligini ko‘rgan
guvohlar bor.
II. Argument (asos)larga taalluqli xatolar:
1. Asoslarning xatoligi. Tezis isbotlanganda yoki rad etilganda
xato argumentlarga chin deb asoslanish natijasida ataylab yoki
bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, qadimgi grek
faylasufi Fales o‘z ta’limotini hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan,
degan fikrga asoslanib yaratgan.
2. Asoslarni avvaldan taxminlash shaklidagi xato. Tezis isbot-
lanmagan argumentlarga asoslansa, bunday argumentlar tezisning
chinligini isbotlamaydi, balki tezisning chinligi taxminlanadi, xolos.
3. «Aylanma isbot etish» deb nomlanuvchi xato. Tezisning
chinligi argumentlar orqali, argumentlarning chinligi tezis orqali
isbotlansa mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, «So‘zning
qudrati fikr bilan o‘lchanadi», degan tezisni «Fikrning qudrati so‘z
447
bilan o‘lchanadi», deb isbotlasak, yuqorida aytilgan xatoga yo‘l
qo‘yiladi.
III. Isbotlash usuli (demonstratsiya) bilan bog‘liq xatolar.
1. «Yolg‘on (soxta) isbotlash». Agar tezis uni isbotlash uchun
keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasa, mantiqiy xatoga
yo‘l qo‘yiladi. Bunda tezisga aloqador bo‘lmagan argumentlarga
asoslaniladi. Masalan, «A shaxs yomon odam», degan tezis «Tunda
yomon odamlargina ko‘chada yuradi», «A shaxs ko‘chada tunda
yuribdi» degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki (soxta)
isbotlangan bo‘ladi.
2. Shartlangan fikrdan shartlanmagan fikrga o‘tish. Muayyan
vaqt, munosabat doirasida chin bo‘lgan (shartlangan) fikrni, doimiy,
o‘zgarmas chin fikr deb qabul qilish natijasida mantiqiy xatoga yo‘l
qo‘yiladi.
3. Xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
xatolar.
Do'stlaringiz bilan baham: