426
Entimema (qisqartirilgan qat’iy sillogizm)
Insonning fikr yuritish jarayoni ko‘proq entimema ko‘rinishida
amalga oshadi. Masalan, “U talaba bo‘lgani uchun, stipendiya oladi”,
“Birodarim e’tiqodda sobit, shuning uchun unga ishonsa bo‘ladi.”
Entimema deb, asoslaridan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan
sillogizmga aytiladi. Entimema so‘zi – aqlda, fikrda degan ma’noni
anglatadi. Entimemada sillogizmning tushirib qoldirilgan qismi
yodda saqlanadi. Zarur bo‘lganda uni topib, o‘rniga qo‘ygan holda
entimemadan to‘la sillogizmni tiklash mumkin.
Entimemalar uch turli bo‘ladi:
1- tartibli, ya’ni katta asosi tushirib qoldirilgan.
2- tartibli, ya’ni kichik asosi tushirib qoldirilgan.
3- tartibli ya’ni, xulosasi tushirib qoldirilgan.
1
Bizga quyidagi sillogizm berilgan bo‘lsin:
Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi.
Bu o‘quvchi matematikani biladi.
Bu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi.
Endi bu sillogizmni entimema ko‘rinishiga keltiramiz:
1. Bu o‘quvchi matematikani bilgani uchun, masalaning
javobini to‘g‘ri topadi (katta asos tushirib qoldirildi).
2. Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi,
shuning uchunbu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi (kichik
asos tushirib qoldirildi).
3. Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri
topadi, jumladan bu o‘quvchi ham (xulosa tushirib qoldirildi).
Entimemalar bahs-munozara yuritish jarayoni va notiqlik
san’atida keng qo‘llaniladi.
Murakkab mulohazalardan xulosa chiqarish.
Murakkab mulohazalarga asoslangan deduktiv xulosa chiqa-
rishda xulosa asoslariga mantiqiy bog‘lovchilar orqali bog‘langan
oddiy mulohazalar deb qaraladi. Xulosa asoslari yo shartli, yoki
ayiruvchi, yoki ham shartli, ham ayiruvchi mulohaza ko‘rinishida
bo‘lishi mumkin. Asoslardagi mulohazalarning turiga ko‘ra bunday
xulosa chiqarishning quyidagi shakllari mavjud:
1
Look:Morri s R . Cohen Ernes t N a g e l an introduction to logic ... New Dehli. 2007. p.78.
427
I. Shartli xulosa chiqarish.
II. Ayiruvchi xulosa chiqarish.
III. Shartli-ayiruvchi xulosa chiqarish.
I.Shartli xulosa chiqarish deb har ikki asosi yoki asoslaridan biri
shartli mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Ular sof shartli va
shartli-qat’iy turlarga bo‘linadi.
Sof shartli xulosa chiqarish deb, har ikki asosi va xulosasi shartli
mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Uning formulasi quyidagicha:
1- misol:
Agar fikr isbotlangan bo‘lsa, unda u chin bo‘ladi.
Agar fikr chin bo‘lsa, unda uni rad etib bo‘lmaydi.
Agar fikr isbotlangan bo‘lsa, unda uni rad etib bo‘lmaydi.
2- misol:
Agar havo yaxshi bo‘lsa, teatrga boramiz.
Agar havo yaxshi bo‘lmasa ham teatrga boramiz.
Teatrga boramiz.
Shartli-qat’iy xulosa chiqarish deb, katta asosi shartli mulohaza,
kichik asosi oddiy qat’iy mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi.
Bunday xulosa chiqarishning ikkita to‘g‘ri (aniq xulosa beradigan)
shakli mavjud. Uning formulasi quyidagicha:
Tasdiqlovchi modus –
modus ponens
Inkor etuvchi modus –
modus tollens
r →q
r
q
r →q
q
p
Do'stlaringiz bilan baham: