449
Cofizm so‘zi “ayyorlik”, “soxta donolik” degan ma’nolarni
bildiradi. Bunday ishlar bilan shug‘ullanuvchilar, ya’ni rostni
yolg‘on, yolg‘onni rost deb tasdiqlovchi, o‘zini dono, boshqalarni
esa nodon qilib ko‘rsatuvchi kishilar sofistlar-safsatabozlar deb
ataladi. Sofistlar chin fikrni xato, xato fikrni esa chin deb isbotlovchi
kishilar bo‘lib, o‘z maqsadlarini amalga oshirishda o‘ziga xos
isbotlash usullaridan foydalanadilar.
Forobiy “Falsafatu Aristutolis” nomli risolasida safsatabozlar
qo‘llaydigan quyidagi olti usulni ko‘rsatadi: “1) tanbeh berish; 2)
dovdiratish; 3) tuxmat qilish; 4) nutqda duduqlanishga majbur qilish;
5) be’mani narsalardan foydalanish, safsata; 6) suhbatdoshga so‘z
bermaslik”. Sofistik muhokamalarga chalkashtirish, yanglishtirish,
aldash, noto‘g‘rini to‘g‘ri, to‘g‘rini noto‘g‘ri deb bilish xosdir.
Sofistlar o‘z maqsadlarini amalga oshirishda insonning ruhiy
holatidan, tafakkurida o‘rnashib qolgan fikrlaridan, odatlaridan,
shuningdek, biror g‘oyaning tarafdori ekanligidan ustalik bilan
foydalanadilar. Masalan, . “Kal” sofizmi:
- Agar odamning boshidan bir dona soch tolasi to‘kilsa, u kal
bo‘ladimi?
- Yo‘q.
- O‘n dona to‘kilsa-chi?
- Kal bo‘lmaydi.
- Bittadan boshdagi hamma sochlar to‘kilgandachi?
- Unda kal bo‘ladi.
- Sen o‘z so‘zingga o‘zing qarshi chiqayapsan. Hozirgina bitta
sochi to‘kilsa kal bo‘lmaydi degan eding. Bu sofizmda bir dona soch
tolasining to‘kilishi bilan bittadan hamma soch tolasining to‘kilishi
bir hodisa deb ko‘rsatiladi.
Bahs-munozara
jarayonida
mantiqiy
qonun-qoidalarning
buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan va bilmasdan yo‘l qo‘yilgan mantiqiy
xato – paralogizmlar deb ataladi. Masalan: “Missioner” parologizmi.
Bir missioner (dinni targ‘ib qiluvchi odam) kannibal (odamxo‘r)lar
orasiga tushib qolibdi. Kanniballar uni qanday qilib yeyish
masalasida bahslashib qolishibdi. Ba’zilari qovurish kerak desa,
boshqalari qaynatish kerak debdi. O‘zaro kelisha olmay bir qarorga
kelishibdi. Ular missionerga: “Sen biror gap aytgin. Agar gaping
to‘g‘ri bo‘lsa, seni qaynatib, noto‘g‘ri bo‘lsa, qovurib yeymiz” -
450
deyishibdi. Missioner ularga “Meni qovurib yeysizlar”- deb javob
beribdi.” Missionerning javobi kanniballarning o‘zaro tortishuviga
sabab bo‘libdi. Chunki qovirib yesalar, u to‘g‘ri gapirgan bo‘ladi va
uni qaynatish kerak bo‘ladi. Agar qaynatib yesalar, unda noto‘g‘ri
gapirgan bo‘ladi va shartga muvofiq uni qovirish kerak bo‘ladi.
Kanniballarning tortishuvidan foydalangan missioner qochib
qutilibdi.
Chinligini ham, xatoligini ham birdek isbotlash mumkin bo‘lgan
fikrlarga esa paradoks deyiladi. Masalan, “Buning isboti yo‘qligi
isbotlangan”, “Hech qachon “hech qachon” so‘zini aytma”,
“O‘yinning faqat bitta qoidasi bor, u ham bo‘lsa, hech qanday qoida
yo‘q.”
Yuqorida qayd etilgan holatlarni bilib olish insonga bahs-
munozara jarayonida dadil ishtirok etib, o‘z qarashlarini himoya
qilishga, mustaqil nuqtai nazarga ega bo‘lishga va boshqalarning
zararli ta’sirlaridan saqlanishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: