Induktiv xulosa chiqarish
Yakka mulohazalarni umumlashtirib xulosa chiqarish kundalik
hayotda, ilmiy bilishda ko‘p qo‘llaniladi. Inson hayotiy tajriba
natijalarini, kuzatishlarini umumlashtirib, aynan shu usul asosida
xulosa chiqaradi. Fikrning yakkalikdan umumiylikka qarab
harakatlanishini ifodalovchi bunday xulosa chiqarish turi induksiya
(lot. “inductio” – yagona asosga keltirish) deb ataladi. Induktiv
xulosa chiqarishda kuzatish va tajriba natijalari muhim ahamiyatga
ega. Induktiv xulosa chiqarish balvosita xulosa hisoblanadi. Induktiv
xulosa chiqarish asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil
topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar
sinfining bir qismini ifoda qiladi. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga
mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy mulohaza
tarzidagi fikr hosil qilinadi.
Induktiv xulosa chiqarishda birorta belgining ma’lum bir sinfga
mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining
mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa
chiqariladi.
Induktiv xulosa chiqarishning tarkibi xulosa asoslari, tekshi-
rilayotgan belgi va xulosadan iborat. Induktiv xulosa chiqarishning
ikkita turi mavjud: to‘liq va to‘liqsiz induksiya.
To‘liq induksiyada birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub
har bir predmetga xosligi aniqlanib, shu belgining berilgan sinf
predmetlari uchun umumiy ekanligi haqida xulosa chiqariladi. To‘liq
induksiya miqdori cheklangan va aniq bo‘lgan (sanaladigan)
predmetlar sinfi haqida empirik materiallarni umumlashtirish yo‘li
bilan xulosaviy bilim olishning samarali vositasi bo‘lib, uning
xulosasi doimo aniq bo‘ladi.
To‘liqsiz induksiyada birorta belgining bir mantiqiy sinfga
tegishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki
xos emasligi) aniqlash asosida shu belgining berilgan sinfga mansub
barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa chiqariladi.
To‘liqsiz induksiyada fikrimiz, xuddi to‘liq induksiyadagidek,
harakat qiladi. Lekin unda, to‘liq induksiyadan farqli ravishda, xulosa
kuzatish, tajriba davomida qayd etilmagan, o‘rganilmagan
predmetlarga ham tegishli bo‘ladi. To‘liqsiz induksiya bo‘yicha
434
xulosa chiqarishda asoslardan xulosaning mantiqan kelib chiqishi
ko‘pincha kuchsiz bo‘ladi. Dastlabki kuzatish va tajriba natijalarini
tanlab olish usuliga ko‘ra to‘liqsiz induksiyaning ikki turi: sanash
orqali (enumerativ induksiya) va istisno qilish orqali to‘liqsiz
induksiya (eliminativ induksiya) ajratilishi mumkin.
Sanash orqali to‘liqsiz induksiya yoki ommabop induksiyada
(enumerativ induksiya) bir sinfga mansub predmetlar biror belgining
takrorlanishini kuzatish asosida, uning shu sinfga kiruvchi barcha
predmetlarga
xosligi
haqida
ehtimoliy
xulosa
chiqariladi.
Insonlarning ob-havoni uzoq yillar davomida kuzatishining natijasi
bo‘lgan fikrlar ham shunday xulasalarni ifodalaydi.
Istisno qilish orqali to‘liqsiz induksiyada tekshirilayotgan
sinfning bir qismiga o‘rganilayotgan belgining xos yoki xos emasligi
aniqlanib, xos bo‘lmaganlarini chiqarib tashlab, xulosa qilinadi.
Masalan, o‘rmondagi daraxtlarning bir qismi tekshirilib, kasal
bo‘lganlari aniqlanadi. Shu ma’lumotgaga asoslanib, o‘rmondagi
daraxtlarning qancha qismi kasallanganligi haqida tahminiy xulosa
chiqariladi. To‘lqsiz induksiyaning yana bir turi statistik
umumlashtirishdir.
Statistik umumlashtirish ommaviy tusga ega, keng ko‘lamda
sodir bo‘ladigan hodisalarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Iqtisodiy
rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘rganish, aholining tug‘ilishi va o‘lish
haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va shu kabi hollarda
statistik umumlashtirishdan foydalaniladi. Masalan, “Andijon
viloyatining aholi zich joylashgan Oltinko‘l tumanida 7 ta kasb-hunar
kolleji bor, ularni bu yil turli mutaxassisliklar bo‘yicha 2 ming 300
nafar bitiruvchi tamomlaydi. Tuman hududida 714 ta xo‘jalik
yurituvchi subyekt, jumladan, sanoatda – 371 ta subyekt, qurilishda –
167 ta subyekt, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida – 156 ta subyekt
va boshqa tashkilotlar faoliyat ko‘rsatadi.Tumandagi har bir xo‘jalik
subyektiga o‘rtacha 3 nafar bitiruvchi to‘g‘ri keladi,”
1
– deb
chiqarilgan xulosa statistik umumlashtirishning natijasidir.
Ilmiy induksiya
Ilmiy
induksiyada
bir
sinfga
mansub
predmetlarda
takrorlanuvchi belgining mavjudlik sababi o‘rganiladi. To‘liqsiz
1
Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bо‘lishi kerak.
435
induksiyaning bu turi hodisalarning sababini aniqlash va ularni ifoda
etuvchi qonunlarni ochishga qaratilgani uchun ham ilmiy induksiya
deb ataladi.
Sababiy aloqadorlikni aniqlash ilmiy induktiv xulosa
chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Sababiy aloqadorlikni aniqlash
va o‘rganishda quyidagilarga e’tibor beri zarur:
- Ikki hodisa o‘rtasidagi zaruriy aloqadorlik muayyan sharoitda
ularning biridan (sabab) ikkinchisini (oqibatni) keltirib chiqaradi.
Sabab-hodisaning yo‘qligi oqibat-hodisaning ham yuzaga chiqmas-
ligini bildiradi.
- Sabab-oqibat munosabatlari umumiy xarakterga ega, olamdagi
hech bir hodisa sababsiz mavjud bo‘lmaydi.
- Sabab va oqibat vaqtda ketma-ket keladi. Lekin, oldinma-ketin
kelgan hodisalarning hammasi ham sababiy aloqadorlikda bo‘la-
vermaydi.
- Sabab-oqibat munosabatlari bir ma’noli bo‘lib, muayyan
sabab o‘ziga muvofiq keladigan muayyan oqibatni keltirib chiqaradi.
Sababiy aloqadorlik murakkab strukturaga ega. Xususan, sabab-
hodisa turli xil sharoitlarda turli oqibatlarni keltirib chiqarishi yoki
aksincha, bir oqibat turli sharoitlarda har xil sabablar ta’sirida paydo
bo‘lishi mumkin.
Sababiy aloqadorlikni aniqlashning bir qancha metodlari
mavjud bo‘lib, ular ilmiy induksiya metodlari deb yuritiladi. Bularga
o‘xshashlik, tafovut, yo‘ldosh o‘zgarishlar va qoldiqlar metodlari
kiradi. Ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Yagona o‘xshashlik metodi. Unda o‘rganilayotgan hodisaning
sababi haqidagi xulosa shu hodisaning kuzatilayotgan tomonlarini
solishtirish, ularning o‘xshash tomonini aniqlash asosida hosil
qilinadi. Bu metoddan foydalanib xulosa chiqarilganda, hodisaning
kuzatilayotgan hollari uchun faqat bitta holatgina umumiy bo‘lsa, ana
shu holat mazkur hodisaning sababi deb olinadi.Yagona o‘xshashlik
metodining formulasi:
1.ABS __________ a
2. ADE__________ a
3. AGF__________ a
______________________
436
Demak, A holat ma’lum darajada a hodisaning sababidir.
Yagona tafovut metodi.Bu metod faqat ikki holatda, ya’ni
hodisaning vujudga kelgan va kelmagan hollarini taqqoslash asosida
hodisaning sababini aniqlash usuli bo‘lib, unda mavjud hollar bir-
biridan faqat bitta holati bilan farq qiladi. Shuning uchun ham mazkur
holat kuzatilayotgan hodisaning sababi bo‘lsa kerak, deb taxminiy
xulosa hosil qilinadi.
AVS________a
BC ________a emas._____________________________
Demak, A holat a hodisaning sababi bo‘lishi mumkin.
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi.
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodiga muvofiq, bir holatning
o‘zgarishi hodisaning o‘zgarishiga ham olib kelsa, shu holat
kuzatilayotgan hodisa o‘zgarishining sababidir.
1.AVS--------a
2.A
1
VS---------a
3.A
2
VS---------a
.....
N. A
n
BC-------a
n
_______________________________
Ehtimol, A holatning o‘zgarishi unga mos holda a ning
o‘zgarishiga sababchidir.
Qoldiqlar metodi. Bu metod tatbiq etiladigan obyekt murakkab
hodisadan iborat bo‘lib, bittasidan boshqa qismlarining sabablari aniq
bo‘lganda, ana shu qolgan qismni vujudga keltiruvchi sababni topish
maqsadida qo‘llaniladi.
ABC________abc
B___________b
C___________c
____________________________
Demak, a ning sababi A bo‘lishi mumkin.
Qoldiqlar metodiga ko‘ra, agar o‘rganilayotgan murakkab
hodisani tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisa qismining) bitta
437
holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi zaruriy tavsifga ega bo‘lmasa,
ana shu qoldiq holat mazkur hodisaning (hodisa qismining) sababi
bo‘lishi mumkin.
Ilmiy induksiyaning boshqa metodlari singari qoldiqlar metodi
ham ehtimoliy bilim olish vositasi hisoblanadi.
Analogiya – (grek. – moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa
chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiy-
likdan juz’iylikka qarab, induksiyada juz’iylikdan umumiylikka
qarab harakatlansa, analogiyada bir juz’iy holatdan boshqa juz’iy
holatga qarab harakatlanadi.
Analogiyada predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib
xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda obyektiv turli-tumanlik bilan
bir qatorda, obyektiv o‘xshashlik ham mavjud. Ular inson ongida o‘z
ifodasini topadi. Obyektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va
qoidalar tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lsa, ular aks ettirgan
voqelikdagi turli narsa va hodisalar ham ma’lum ma’noda o‘xshash
bo‘ladi.
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa
predmetga (prototipga) axborot o‘tkaziladi. Xulosa asoslari modelga,
xulosa prototipga taalluqli bo‘ladi. Masalan, Imom G‘azzoliy
“Kimiyoi saodat” asarida dil(ko‘ngil)ni badan mamlakatining
podshohi, aqlni esa uning vaziriga qiyoslab, “podshoh - Dil vazir -
Aqlning maslahati birla ish qilsa, shahvat va g‘azabni vazir Aqlga
bo‘ysundirsa, badan mamlakati (inson) saodatga erishadi. Agar Dil
vazir Aqlni shahvat va g‘azab ilgida asir qilsa, badan mamlakati
vayron bo‘lib, podshoh Dil ham asir bo‘lib, badbaxt va halok
bo‘lg‘usidir”
1
- deb yozadi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish
boshqa xulosa chiqarishlar kabi asos, xulosa va asos bilan hamda
xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi
ehtimoliy shaklda bo‘lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Aniq
asoslardan ba’zan aniq, ba’zan ehtimoliy xulosa chiqadi.
Analogiya o‘zining obyektiv asosiga ega. Bular predmetlar,
ularning xossalari o‘rtasidagi aloqa va munosabatlardir. Modeldan
prototipga o‘tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko‘ra analogiyaning
1
Abu Homid G‘azzoliy Kimiyoi saodat. T.: «Adolat», 2005. -37-b.
438
ikki turi farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar
analogiyasi.
Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi
ikki predmetlar sinfi o‘xshash belgilariga ko‘ra o‘zaro taqqoslanadi.
O‘xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bo‘lgan belgining
boshqasida ham bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa chiqariladi.
O‘xshatilayotgan predmetlarni A va V harflari bilan, belgilarni
a, v, s harflari bilan ifoda qilsak, xususiyatlar analogiyasini quyidagi
formula orqali ifodalash mumkin:
S
1
- P
1,
R
2,
R
3,
R
4,
belgilarga ega.
S
2
- P
1,
R
2,
R
3,
belgilarga ega.
____________________________
Demak, S
2
- R
4
belgisiga ega.
Misol:
Oiladagi kelishmovchiliklar mehrni yo‘qotadi, oila a’zolarini
beobro‘ qiladi, ro‘zg‘orni bebaraka qiladi, bolalar tarbiyasiga e’tibor
kamayadi.
Bu oila a’zolari bir-biri bilan doimo janjallashadi. Ular bir-
biriga mehrsiz, maxallada obro‘yi yo‘q, ro‘zg‘ori bebaraka.
Demak, ular bolalar tarbiyasiga e’tiborsiz.
Analogiya bo‘yicha chiqariladigan xulosaning aniqlik darajasini
oshirish uchun, ya’ni xulosaning chin bo‘lish ehtimolini oshirish
uchun ma’lum shartlarga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardan
iborat:
1. Taqqoslanayotgan predmetlarning o‘xshash belgilari imkoni
boricha ko‘proq aniqlanishi lozim. Shunda xulosaning chinlik
darajasi, chin xulosa chiqarish imkoni ortadi.
2. Taqqoslanayotgan predmetlarning o‘xshash belgilari pred-
metlar uchun muhim belgilar bo‘lishi kerak. Shunda xulosa chin
fikrga yaqinlashadi.
3. Taqqoslanayotgan predmetlarning ko‘chirilayotgan belgisi
bilan boshqa belgilari zaruriy aloqada bo‘lishi kerak. Shunda
xulosaning ishonarli, aniq bo‘lish shartlari bajarilgan bo‘ladi.
4. Taqqoslanayotgan predmetlarning ko‘chirilayotgan belgisi
bilan o‘xshash belgilari bir turda bo‘lishi kerak.
439
5. Taqqoslanayotgan predmetlarning farq qiluvchi belgilari
miqdori kam bo‘lishi va bu belgilar zaruriy, muhim bo‘lmasligi shart.
Agar predmetlar muhim, zaruriy belgilari bilan bir-biridan farq qilsa,
analogiyaning xulosasi xato bo‘ladi.
Yuqoridagi qoidalarning buzilishi analogiya usuli orqali
chiqarilgan xulosaning xato bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |