Ona (SANAMJON) zalga qarab:
Saroblarga sajda qildik yetmish yil biz,
Yo‘q Vatanni Vatan bildik yetmish yil biz.
Chin Vatanning poylariga cho‘kaylik tiz,
Sen yo‘l boshla, yo‘l och endi, O‘zbekmomo.
Qiz:
Ozod yurtda, obod yurtda bor kelajak,
Hur o‘lkaga mudom yo‘ldosh, yor kelajak.
Hali ne-ne Alpomishlar tug‘ilajak,
Baxting boshag gultoj endi, O‘zbekmomo.
To‘kilmasin sochingdagi bitta tolang,
Omon bo‘l sen, omon bo‘lsin dasht-u dalang.
Cho‘pon bolang, dehqon bolang, sulton bolang -
Keldi duoga qo‘l och endi, O‘zbekmomo!..
Parda yopiladi.
Kiyimlar
Ona (50-60 yoshlardagi) kiyimi – o‘zbekcha milliy chopon.
Onaga – atlas ko‘ylak (ichidan shoyi)
Yosh qiz kiyimi – ,
Tergovchi kiyimi – (chekis) ko‘ylak, kostyum-shim, furajka, trubka
(sigaret), etik.
Abdulla Qodiriy kiyimi – 1. chopon, taxya – tergovda
2. oppoq kiyim – jannatda.
Mahbuslarga eski kiyim ikkita
Do'stlaringiz bilan baham: |