Nazorat topshiriqlari
1.1.»O’zbek dialektologiyasi» darsligidan o’zbek shevalariaro farqlovchi so’zlarni aniqlash va amaliy mashg’ulot darslarida ishlab chiqish.
1.2.Shevalararo farqlanuvchi so’zlarni adabiy normadagi so’zlar bilan solishtirish.
1.3.Adabiy tilga kiritish lozim deb topilgan so’zlar turkumini aniqlab, kartotekalarga tushirish.
1.4.O’zbek shevalari leksikasiga aloqador adabiyotlar bilan tanishish va ular ro’yxatini to’plash.
O’zbek shevalaridagi leksik qatlamlar
1.O’zbek shevalarida mavjud keng qatlamga kiruvchi so’zla.
2.O’rta va tor qatlamga mansub so’zlar.
3.Adabiy normaga yaqin so’zlar.
Darsning maqsadi:O’zbek xalq shevalarida mavjud so’zlarni tarkibiy jihatdan aniqlab, undagi so’zlarni umumturkiy, o’zbek tilining o’ziga xos so’zlardan iborat ekanligini talabalar ongiga dalillar orqali singdirish.
Identiv o’quv maqsad:
2.1.O’zbek shevalarida mavjud keng qatlamga kiruvchi so’zlarni isbotlaydi.
2.2.O’rta va tor qatlamga mansub so’zlar chegarasini biladi.
2.3.Adabiy normaga yaqin so’zlarni adabiy tilga qabul qilish kriteriyasini isbotlaydi.
Tayanch tushunchalar va iboralar:
progressiv assimilyatsiya, regressiv assimilyatsiya, to’liq va to’liqsiz assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza, so’z shakllarining torayishi: spirantizatsiya, diereza sandxi xodisalari; birinchi bo’g’in, ikkinchi va ko’p bo’g’inli so’zlar.
Sheva va dialektlar leksikasi leksik materiallarning ommaviyligiga ko’ra uch qatlamga bo’linadi:
A) keng qatlam. bu qatlamga kiruvchi so’zlar shevalar uchun ham umumiy bo’lgan so’zlardir;
B) O’rta qatlam. Ushbu qatlamga mansub so’zlar asosan dialektlarga xos bo’lib, adabiy tilda ham ma’lum darajada uchrab turadigan, tilga olinadigan so’zlardir;
V) Tor qatlam. Bu qatlamga kirgan so’zlar faqat katta yoki kichik territoriyada yashovchi xalqlar, territorial shevada, dialektda ishlatilib ularning o’zlarigagina tushunarli bo’ladi.
O’zbek shevalarida dialektal so’zlarning fonetik, morfologik, leksik-morfologik leksik-semantik tiplari uchraydi. Masalan adabiy orfografik. Soch so’zi Toshkent choch, Andijonda va qipchoq shevalarida chech, adab.orfog. tuxum qorluq lahjasiga oid sheva va dialektlarning deyarli hammasida tuxum, qipchoq lahjasida mayek, o’g’izlarda yimirte kabi…
Keltirilgan misollarning strukturasi butunlay boshqa-boshqa bo’lishiga qaramay, mazkur shevalararo birgina predmet, narsa va hodisani bildiradi, bu dialektal so’zlar to’liq munosabatdosh bo’ladi. Ularning vazifasi ham bir xil. Bu munosabatdoshlik nisbiy bo’lishi ham mumkin. Masalan, Samarqand gruppa shevalarida qo’llanadigan nonper G’ nomper so’zi Toshkent gruppa shevalarida uchraydigan chekch-chekich so’ziga munosabatdoshdek ko’rinadi. Lekin bu ikki predmet vazifa jihatdan o’xshash bo’lsada, shakl jihatdan boshqa – boshqadir. Nonper- patdan yasaladi, chekich yog’och va simdan yasaladi. Keyinchalik nonper so’zi yog’ochga sim qadab yasalganpredmetga nisbatan ham qo’llanadi.
O’zbek shevalarida shunday so’zlar ham borki, shakl jihatdan bir xil bo’lsa-da shevalararo boshqa - boshqa ma’nolarni anglatadi.
Toshkent - aravaning qismi
Shet
Farg’ona – a) narvon, b)arava qismi;
Toshkent pashsha (muxa)
Pashsha
Farg’ona chivin (komar).
Do'stlaringiz bilan baham: |